Bir martalik moddiy yordam pulini olmagan oilalarga bepul un tarqatildi


#Prezidentimizning tegishli qaroriga asosan, Beruniy tumanida “Temir daftar” hamda "ijtimoiy himoya yagona reestri" orqali bir martalik moddiy yordam pulini olmagan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga “Sahovat va ko’mak” jamg’armasi mablag’lari hisobidan bepul un tarqatildi.

#Tumandagi kam ta’minlangan va ehtiyojmand 806 ta oilaning ro’yxati shakillantirilib, ushbu oilalarning 3528 nafar oila a’zolari mavjud bo’lib, har bir a’zosiga 20 kilagrammdan bepul un tarqatildi.