BERUNIY_PRESS/RASMIY KANAL
8.12K subscribers
51.3K photos
6.23K videos
7 files
9.45K links
🌐Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati https://t.iss.one/Beruniytumanimurojaatbot
Download Telegram
#Eski namunadagi texnik pasport va texnik guvohnoma, davlat raqami belgilari hamda traktorchi-mashinist guvohnomalari 2023 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi

#Eski namunadagi texnik pasport va texnik guvohnoma, davlat raqami belgilari, traktorchi-mashinist guvohnomasi 2023 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi. Bu haqda «O'zagroinspeksiya» Axborot xizmati xabar bermoqda.

#Ma'lum qilinishicha, 2020 yildan boshlab Qishloq xo'jaligi, melioratsiya va yo'l qurilishi texnikalari uchun hujjatlar va traktorchi mashinist guvohnomalarining ID-karta shaklidagi yangi namunalari berilmoqda.

#Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 apreldagi 325-sonli qarori asosida 2021 yil 1 yanvardan — 2022 yil 31 dekabrgacha eski namunadagi barcha texnik pasport va texnik guvohnoma, traktorchi-mashinist guvohnomasi, ularning berilgan sanasidan qat'i nazar, majburiy tartibda almashtirilishi belgilangan.

#Shuningdek, eski namunadagi texnik pasport va texnik guvohnoma, davlat raqami belgilari, traktorchi-mashinist guvohnomasi 2023 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.

«Hurmatli fuqarolar! Yuqoridagilardan kelib chiqib, eski namunadagi texnik pasport va texnik guvohnoma, davlat raqami belgilari hamda traktorchi-mashinist guvohnomalarini yangi namunadagi ID-kartalarga almashtirish uchun doimiy ro'yxatdan o'tgan manzildagi «O'zagroinspektsiya»ning xududiy organlariga murojaat qilishlarini so'rab qolamiz».
#Manzilli ijtimoiy yordam ko'rsatilmoqda
#Qaror va ijro

#Vazirlar Mahkamasining “Keksalar va nogironlarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va qo'llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga asosan Beruniy tumanida parvarishiga muhtoj keksalar, nogironlar va yakka-yolg'izlar ro'yxati shakllantirilgan va aynan shu ro'yxatga olingan shaxslar yil davomida to'liq dispanser ko'rigidan o'tkazilib tegishli muolaja va dorilar berilib, ularga tegishli xodimlar tomonidan namunali tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko'rsatilishi ta'minlanmoqda.

https://t.iss.one/Tibbiyot_birlashmasi2
https://instagram.com/beruniy_tibbiyot_birlashmasi?igshid=NTdlMDg3MTY=