BERUNIY_PRESS/RASMIY KANAL
8.12K subscribers
51.3K photos
6.23K videos
7 files
9.45K links
🌐Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati https://t.iss.one/Beruniytumanimurojaatbot
Download Telegram
#Maxsus
#Deputat nazorati

#Topshiriqlar ijrosi

#Qoraqalpoǵiston Respublikasi Jóqorǵi Kengesi Raisi A.Órinbayevning 10-sentyabr kungi qurilish masalalari bóyicha ótkazilgan videoselektor yiǵilishida hududlardan saylangan Jóqorǵi Kenges deputatlariga joylarga chiqib qurilish ishlarini órganish va deputatlik nazoratini órnatish bóyicha topshiriqlar bergan edi.

Jóqarǵi Kenges deputati Sayyora Imamova Beruniy tumani "Oltinsoy"OFY da qurilayotgan 39- maktabgacha ta'lim tashkilotini órgandi. "Bóstonobod-Maxsud" MCHJ tomonidan qurilish ishlari avgust oyida yakunlanishi belgilangan. Quruvchi tashkilot rahbari Zuxriddin Masharipovning bildirishiga kóra sentyabr yakuniga qadar barcha ishlar tugatilib, bino topshiriladi deya aytib ótgan.

#120 óringa móljallangan maktabgacha tálim tashkilotiga 3 mlrd 700 mln sóm mablaǵ ajratilgan, binoda hozirda 37 nafar ishchi va 3 ta texnikalar ish olib bormoqda. Binoda tashqi va ichki pardozlash va tozalash ishlari bajarilmoqda.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Beruniy tumani
#Topshiriqlar ijrosi

Qoraqalpoǵiston Respublikasi Jóqorǵi Kengesi Raisi Amanbay Órinbayevning Beruniy tumaniga tashrifi davomida paxta yiǵim terimida faol ishtirok etgan va ishsiz aholini terim jarayoniga jalb etgan mahalla raislari har 3 kunda 1 million sómdan pul mukofoti bilan taqdirlanishini bildirgan edi.

#Bugun Beruniy tumanidagi Oltinsoy, Mustaqillik, Qangshartol, Nayman mahallasining raislariga 1 million sómdan pul mablaǵlari topshirildi.

#Videoda Mustaqillik MFY raisi Tozagul Matnazarova óz minnatdorchiligini bildirdi.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
#Topshiriqlar ijrosi
#Beruniy tumanida aholiga xizmat kórsatish sohasi rivojlanmoqda

#Qoraqalpoǵiston Respublikasi Jóqari Kengesi Raisi A.Orinbayev joriy yilning 14-oktyabr kuni Beruniy tumaniga tashrifi davomida faollar va korxona-tashkilot raxbarlari bilan uuchrashib, bir qancha topshiriqlar bergan edi.

Mazkur topshiriqlar ijrosi yuzasidan Beruniy tumanida aholiga xizmat kórsatish sohasi bóyicha Amir Temur mahallasida tadbirkor Baxtiyor Matyakupov tomonidan, "DR AKROM DENTA" MCHJ stomatalogiya xizmati yangidan tashkil qilindi.

Loyiha qiymati 600 million sóm bólib, 4 nafar yangi ish órni yaratildi hamda sifatli stomotologiya xizmati kórsatish yólga qóyildi.

Zamon talablariga mos ravishda jihozlangan bino bugun Beruniy tumani nuroniylari va tuman hokimining birinchi órinbosari U.Matirzayev tomonidan tantanali ravishda ochildi va tadbirkorning ishiga rivoj tiladi.

Aholining tibbiy madaniyatini yanada oshirish, sifatli xizmat kórsatishni rivojlantirish borasidagi olib borilayotgan oqilona siyosat bugun odamlarning roziligiga sabab bólmoqda.

👉Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
#Topshiriqlar ijrosi nazoratda

#Beruniy tumani hokimi A.X.Saparbayev tomonidan, hokim o'rinbosarlariga berilgan topshiriqlar ijrosi va ularning nazorati bo'yicha yig'ilish bo'lib o'tdi. Asosiy masala bugungi kunda “Ayollar va yoshlar daftari” bo'yicha xatlov natijalari shuningdek, 40 ta mahallada obodonlashtirish ishlarini yo'lga qo'yish va bu ishlarni davom ettirish lozimligi bo'yicha berilgan vazifalar so'raldi.

“Ijtimoiy daftarlarga kiritilgan har bir fuqaroni kambag'allikdan chiqishiga, munosib turmush sharoitida yashashiga har bir rahbar mas'ul. Shunday ekan, faqatgina to'g'ri taqsimlangan ish, real o'rganishlar bilan yuqori natijaga erishamiz. Xato qilishga haqqimiz yo'q” deya ta'kidlab o'tdi tuman hokimi. Hozirgi kunda mahallalarda xotin-qizlar va yoshlar balansini shakllantirish hamda o'rganish bo'yicha ishchi guruhlarning faoliyati davom etmoqda. Beruniy tumani hokimligi Аxborot xizmati 📄
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Topshiriqlar ijrosi
#Tadbirkorlar faoliyatini órganish davomida...

#Bugun Beruniy tumani hokimi Atabek Saparbayev 1-sektor hududi Mustaqillik mahalla fuqarolar yiǵinidagi tadbirkorlarning ish faoliyati bilan tanishdi.

Tadbirkorlar-bu yangi davr yaratuvchilari desak adashmagan bólamiz. Ish faoliyati davomida nafaqat óz foydasiga balki,aholi farovonligi uchun xizmat qiladi. Qoraqalpoǵiston Respublikasi Jóqorǵi Kengesi Raisi A.Orinbaevning Beruniy tumaniga tashrifi davomida ham aynan aholiga xizmat kórsatish sohasini rivojlantirish bóyicha alohida topshiriqlar bergan edi. Bu bóyicha sektor rahbarlari bilan birga hududdagi hokim yordamchilarining yól xaritalari ishlab chiqilgan.

Mustaqillik mahallasida zamonaviy  stomotolgiya xizmatini yólga qóygan tadbirkor, endilikda aholining uzoǵini yaqin qilishni reǵa qilgan. Qóshimcha asbob uskunalar órnatib xususiy tibbiy klinika ochish uchun tuman hokimiga óz rejalarini bildirdi.
Tadbirkor murojaati shu yerning ózida hudud hokim yordamchisiga topshirildi va imtiyozli kredit asosida xizmat kórsatish sohasini kengaytirish uchun yordam beriladigan bóldi.

Maishiy xizmat kórsatish sohasining rivoji ayniqsa, tuman markazidan olis hududlarda aholi ehtiyoji uchun xizmat qiladi. Hududda avtomobil ehtiyot qismlarini sotish, shuningdek, boshqada xizmat kórsatish yónalishlari ish faoliyatini olib bormoqda.

Ózgarishlar, yangilanishlar bisyor. Tadbirkorga óz vaqtida berilgan yordam va e'tibor yana ónlab, yuzlab yangi ishbilarmonlarni yaratadi. Bu esa bugunning haqiyqati.

👉Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
#Topshiriqlar ijrosi

#Aholi va ulgurji iste'molchilarning  energiya resurslari va tabiiy gazdan debitor qarzdorligini tahlil qilib,ixtiyoriy undirish choralarini kórish maqsadida Beruniy tumani prokurori Muzaffar Atadjanov soha hodimlari bilan uchrashdi.

Tuman prokurori tomonidan, debitor qarzdorligi bólganlarni ixtiyoriy undirish, muddati ótgan qarzdorliklarni sektor va mahalla kesimida undirish bóyicha kórsatma va topshiriqlar berildi.

👉Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
#Topshiriqlar ijrosi bajarildimi? Yoshlar masalasida uchrashuvlar

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2023 yil 11 aprel kuni o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida har bir vazir, vazir o'rinbosarlari, viloyat, tuman va shahar hokimlari, sektor rahbarlari, davlat tashkilot va muassasa rahbarlariga e'tiborga muhtoj yoshlar nomma-nom biriktirilishi belgilangan edi.

Matn bilan to’liq tanishing Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram