#Sport yangiliklari
#Joriy yilning 11-14 avgust kunlari Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz tumanida sportning "Usmanov kombat sistems" turi b'oyicha O'zbekiston Kubogi musobaqasi bo'lib o'tdi.
#Mazkur sport musobaqasida Qoraqalpog'iston Respublikasi Beruniy tumani Bolalar-O'smirlar sport maktabi sportchilari faol ishtirok etib
🥇 15-oltin
🥈 7-kumush
🥉 11-bronza
jami 33-ta medalga ega bolishdi va sentabr oyida bo'lib otadigan Osiyo chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.
Trenerlar: Otajon Davletyarov,
Hamdam Sherimbetov,
Saparmurod Saxiyev.
👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati

“TADBIRKOR – TARAQQIYOT TAYANCHI”
#Joriy yil 22 avgust kuni Respublikamiz Prezidenti SH.Mirziyoev ikkinchi marotaba tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi. Bu uchrashuvda sohadagi muammo va vazifalar tahlil qilindi, biznes vakillarining taklif va tashabbuslari o'rganilib, yangi yechimlar ko'rsatildi, tadbirkorlik rivojiga xizmat qiladigan qarorlar qabul qilindi.
Matn bilan to'liq tanishing https://beruniy-tumani.uz/

#Joriy yilning 10-11-sentyabr kunlari sport maktablari o'rtasida voleybol bo'yicha Qoraqalpog'iston kubogi bo'lib o'tdi. Mazkur sport musobaqasida Beruniy tuman sport maktabi jamoasi chempion bo'lib, O'zbekiston kubogiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram

#Sport xabarlari
#Joriy yil 18 sentyabr kuni Nukus shahrida “Umid nihollari - 2022” sport musobaqasi respublika final bosqichida g'olib va sovrindor bo'lgan o'quvchilarni tantanali ravishda taqdirlash marosimi “Yoshlik va sport bayrami” sifatida o'tkazildi.
#1-o'rinni egallagan Beruniy XTB Yengil atletika jamoasi o'quvchilarning har biri noutbuk, 2-o'rinni egallagan 38-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi voleybolchi qizlar jamoasi o'quvchilarning har biri televizor, 3-o'rinni egallagan 27-maktab Futbol jamoasi o'quvchilarning har biri velosiped va 1-2-3-darajali medal, diplom shuningdek, ularni musobaqalarga tayyorlagan jismoniy tarbiya fani o'qituvchi-trenerlari sport ekipirovkalari bilan taqdirlandi.
#Sportchilarimizni munosib g'alaba bilan tabriklaymiz. Yutuqlaringiz bardavom bo'lsin! 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati

“Birinchi Orolbo'yi xalqaro forumi”
#Joriy yilning yakunigacha Nukus shaxrida “Birinchi Orolbo'yi xalqaro forumi” o'tkazilishi rejalashtirilgan.Bu xaqda O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov N`yu-York shaxrida bo'lib o'tayotgan BMT Bosh assambleyasining 77-sessiyasida ma'lum qildi.
https://t.iss.one/karakalpakstantravel

#Jarayon
#Yashil makon
#Dolzarb 40 kunlik
#Yashil makonlarni tobora ko'paytirish, ularning ekologiyaga ijobiy ta'sirini keng targ'ib qilish bo'yicha Davlat rahbari tomonidan boshlangan “Yashil makon” umummilliy aksiyasi doirasida dolzarb 40 kunlik tadbirlari e'lon qilindi.
#Joriy yilning 1-dekabriga qadar yurtimizning barcha hududlarida mazkur aksiya bo'yicha ko'chat ekish ishlari olib boriladi. Bugun Beruniy tumani Mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash bo'limi tomonidan, bir qancha hududlarda mevali va manzarali daraxt ko'chatlari ekildi. Jarayonlar davom etmoqda. Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati 📄
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram

#Keksalar oyligi doirasida
#Joriy yilning 1-30 noyabr kunlari mamlakatimizda keksalar turizm oyligi munosabati bilan, Mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash bo'limi tomonidan Beruniy tumani bir guruh nuroniylari Buxoro viloyatidagi tarixiy obidalarga borib, ziyorat qilib qaytdilar. Ichki turizmni rivojlantirishga qaratilgan keng harakatlar ayniqsa qarilik gashtini surayotgan keksalar uchun yana bir imkoniyat yaratdi. Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati 📄

#BERUNIY TUMANI
#RAQAMLARGA E'TIBOR
#YOSHLARGA BERILGAN IMKONIYATLAR
#Joriy yilda YE-auksion tizimi orqali dehqon xo'jaligi tashkil qilish maqsadida Beruniy tumanidagi 814 nafar yoshlarga 347,03 gektar yer maydoni ajratildi. Shundan “Yoshlar daftari” imtiyozlaridan foydalangan yoshlar soni esa 426 nafarni tashkil qilib, 188,98 gektar yer maydoni ajratilgan.
Bundan tashqari bug'doydan bo'shagan yerlarda takroriy ekin ekish hamda qo'shimcha daromad olish maqsadida 1143 nafar yoshlarga 182,7 gektar yer maydoni ajratildi.
#Matn bilan to’liq tanishing https://beruniy-tumani.uz Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati 📄

#Sayyor qabul
#Kadastr hujjatlari o'rganildi. Amaliy yordam va qonunchilikdagi o'zgarishlar
#Joriy yilning 14-oktyabr kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi A.Orinbaev Beruniy tumaniga tashrif buyurib, tumanda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, keng jamoatchilik bilan uchrashuv o'tkazganidan xabaringiz bor.
Uchrashuv davomida aholi bilan sayyor qabullar ótkazish, muammolarini joyiga chiqqan holda órganish ishlarini óz vaqtida bajarilmayotgani tanqid ostiga olingan edi.
To’liq tanishing: https://beruniy-tumani.uz/

#Beruniylik Sardor Besh tashabbus olimpiadasining ǵolibi
#Joriy yilning 2-5 dekabr kunlari Andijon shaxrida "Besh tashabbus" olimpiadasining 2 mavsum Respublika bosqichi oyinlari bólib ótmoqda. Street-warkaut yónalishi bóyicha 16-21 yosh toifasida "A" ligada qatnashayotgan beruniylik sportchi Yuldashev Sardor 2-órinni egalladi va kumush medal sohibi bóldi.
G'olibga asosiy sovǵa Beruniy tumanidagi ózi yashayotgan Mustaqillik mahallasiga universal sport maydonchasi qurib beriladigan bóldi. G'olibni tabriklaymiz, yutuqlar bardavom bólsin.
👉Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati

#Xalq ta'limi tizimini isloh qilish bo'yicha Beruniy tuman kengashi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda sohada olib borilayotgan islohotlarning ijrosini ta'minlashda maktab rahbarlarining mas'uliyatini oshirish bo'yicha tuman hokimi boshchiligida yig'ilish bo'lib o'tdi.
#Joriy yilning 01-fevral kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi raisi Amanbay Tileubaevich tomonidan ta'lim sohasi bo'yicha o'tkazilgan yig'ilishda tumanda bir qator kamchiliklarga yo'l qo'yilganligi ta'kidlab o'tildi.
Bugun Beruniy tumani hokimi A.X.Saparbayev boshchiligida o’tkazilayotgan yig'ilish davomida Xalq ta'limi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar va kelgusidagi vazifalar bo'yicha so'z etildi.
#Batafsil tanishtirib boramiz. Beruniy tumani hokimligi Аxborot xizmati 📄

#Navro'z_kubogi
#Beruniy_tumani
#Joriy yilning 23 mart kuni Beruniy tumanida mahalla aholisi o'rtasida "Futbol" sport turi bo'yicha "Navro'z kubogi" musobaqasining tuman bosqichi bo'lib o'tdi. G'olib bo'lgan yoshlar keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritishdilar.
Musobaqa 18-45 yoshli aholi vakillaridan iborat jamolar o'rtasida o'tkazildi.
👉Ijtimoiy tarmoq sahifalarimizda bizni kuzatib borish uchun👇
Telegram | Instagram | Facebook

#G'alla o'rim-yig'imiga texnikalar tayyorgarligi
#Beruniy tumani “Beruniy don” filialida 2023 yil G'alla o'rim-yig'imi mavsumida ishtirok etadigan kombaynlarni ta'mirlash va sertifikat asosida qabul qilinishini tashkil etish bo'yicha ko'rgazmali seminar bo'lib o'tdi.
#Seminarda Beruniy tumani hokimining qishloq va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosari A.Kazakbayev, O'zagroinspeksiyaning Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari B.Ismailov, O'zagroinspeksiyaning Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi bosh inspektori A.Aytjanov, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
#Joriy yil boshoqli don hosilini o'rib-yig'ib olish bo'yicha tumanda 17 ta otryad shakllantirildi. Mazkur otryadlarga g'alla hosilini nes-nobud qilmasdan o'rib-yig'ib olinishini tashkil etish maqsadida 35 nafar mas'ul xodimlar jalb qilinadi.
#Shuningdek, otryadlarga 17 dona kombayn, 64 dona yuk avtomobillari, 45 dona traktor tirkamalari, 17 dona ko'chma ustaxonalar va 17 dona yoqilg'i tashish vositalari biriktirildi hamda g'alla hosilini o'rish, yanchilgan donni tashish, somonni yig'ish uchun talab etiladigan moddiy resurslar hisob-kitobi hamda o'rib-yig'ib olish grafiklari qishloq xo'jaligi korxonalari kesimida ishlab chiqildi.
#Bugungi kunda g'alla o'rim yig'imida ishtirok etadigan kombaynlar to'liq ta'mirdan chiqarilib, mavsumga shay holatga keltirilgan. Bundan tashqari, 1 ta don qabul qilish shahobchasi mavsumga tayyor. Seminarda bajarilishi lozim bo'lgan masalalar belgilab olindi. Seminar yakunida kombayn operatorlariga (yordamchisi bilan birga) bir qop un, 5 litrdan o'simlik yog'i va avans pul mablag'lari tarqatib berildi.