#Davra suhbati

📌“Vatanimiz mustaqilligi-biz uchun kuch- qudrat va ilhom manbai, taraqqiyot va faravonlik asosi”

♦️O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yillik bayramiga bag’ishlangan tadbirdagi nutqida keltirilgan g’oyaviy yo’nalishlarni o’rganish maqsadida O’zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko’maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Beruniy tuman O’quv sport texnika klubida “Vatanimiz mustaqilligi- biz uchun kuch – qudrat va ilhom manbai , taraqqiyot va faravonlik asosi ” mavzusida haydovchilik kursida o’qiyotganlar , sportchilar va ishchi xodimlar o’rtasida ma’naviy –ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi .

📌To'liq o'qish uchun👉👉https://beruniy-tumani.uz/?p=1760
#Erta turmushning salbiy oqibatlari
#Davra suhbati

Erta turmushning salbiy oqibatlari nafaqat odam organizmiga, uning ruhiy dunyosiga ham ta'sirini o'tkazmasdan qolmaydi. Ayol-qizlar o'rtasida zo'ravonlik holatlarining yuz berishi, jamiyatdagi qonun-qoidalarga to'g'ri kelmasligi va qonuniy jazoga tortilishiga sabab bo'ladi.

Bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida Beruniy tumanidagi 1-son kasb-hunar maktabida “Erta turmushga qarshimiz” mavzusida tegishli soha mutahassislari, tumandagi psixolog inspektorlar bilan birgalikda davra suhbati o'tkazildi.

Kasb-hunar maktabi direktori SH.Yangabaev o'z so'zida qizlarimizning tarbiyasida juda e'tiborli bo'lish bo'yicha to'xtalib o'tgan bo'lsa, psixolog inspektorlar tomonidan huquqbuzarlik sodir bo'lishining oldini olish bo'yicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek shifokorlar erta turmushning zararli oqibatlari bo'yicha ham qizlar bilan savol-javoblar o'tkazdi. Davra suhbati davomida qisqa videoroliklar orqali erta turmushning zararli oqibatlari namoyish etildi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Davra suhbatidan keyin maktabda sportning karate WKF turi bilan shug'ullanib, yuqori natijalarga erishib kelayotgan yoshlarning yutuqlari bilan ham targ'ibotchilar tanishib, ularga muvaffaqiyat tiladi. Sport murabbiysi Azimjon Kenjaev bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan xursand ekanligini, sport to'garaklari tashkil etib yoshlarni jalb qilish bo'yicha o'z rejalari bilan tanishtirdi.

#Targ'ibot tadbirida
Beruniy tumani hokimi maslahatchisi S.Yusupova, tuman hokimligi Axborot xizmati rahbari A.Urazova,Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi rahbari P.Razzakova hamda maktab jamoasi qatnashdi.

Beruniy tumani hokimligi Аxborot xizmati 📄                                              🟢 Web sayt | YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook Telegram
#Davra suhbati

Beruniy tumani Shabboz MFYda joylashgan 50-maktab xodimlari  hamda mahalla aholisi ishtirokida "Jaholatga qarshi ma'rifat" va "Millatlararo totuvlik" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Uchrashuvda Din ishlari bo'yicha qo'mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasining Beruniy tumani bo'yicha bosh mutaxassisi S.Abdullayev, Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi deputati, tuman targ'ibot guruhi rahbari R.Yuldasheva, tuman bosh imomi A.Tagayevlar ishtirok etdilar.

Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Veb sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Davra suhbati

Beruniy tumanidagi 1va 2-sonli politexnikum o'quvchi qizlari ishtirokida tuman hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i S.Kozieva boshchiligida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Suhbat davomida “Voyaga yetmagan yoshlar o'rtasida erta tug'ruq va erta turmush qurishning oldini olish”, "Voyaga yetmagan yoshlar o'rtasida jinoyatchilik va turli huquqbuzarliklar sodir qilinishining oldini olish", “Missionerlik va prozelitizmning salbiy oqibatlari”, “Milliy libos - ma'naviyat ko'zgusi”, “Jaholatga qarshi – ma'rifat” mavzularida ma'naviy-ma'rifiy uchrashuv tuman targ'ibotchilari bilan o'tkazildi. Bundan tashqari yakka tartibdagi suhbatlar ota-onalar bilan ham bo'lib o'tdi.
Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Veb sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram