BERUNIY_PRESS/RASMIY KANAL
8.12K subscribers
51.3K photos
6.23K videos
7 files
9.44K links
🌐Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati https://t.iss.one/Beruniytumanimurojaatbot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Senator Beruniy tumanida

Ózbekiston Respublikasi Oliy Majlis senatori B.Matmuradov Beruniy tumanida
#2022 yil 10 iyun kuni senator M.A.Salimova “Shabboz dehqon bozori”da bo'lib bozordagi narx-navo hamda aholi va tadbirkorlar bilan uchrashib, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun bozorda yaratilgan shart sharoitlarni o'rgandi. Beruniy tumani «Shabboz dexqon bozori» ma`suliyati cheklangan jamiyatida jami savdo o'rinlari 766 ta. Shundan 350 ta qishlok xo'jaligi, oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarni sotishga mo'ljallangan rastalar va 416 tasi hususiy do'konlarni tashkil qiladi.

#Hozirgi kunda aholini arzon qishloq xo'jaligi mahsulotlari bilan ta'minlash maqsadida bozor xududida 2ta arzonlashtirilgan mahsulotlar yarmarkasi tashkil qilingan bo'lib, fermer xo'jaliklari bilan tuzilgan shartnomaga asosan mahsulotlar yetkazib berilmoqda. Jumladan “Mavlenov Kudrat”, “Nafisaxon-Mahliyo” fermer xo'jaliklari arzon narxda ya'ni 1kg mol go'shtini 50-60 ming sumdan sotmoqda.

#Senator aholi va tadbirkorlarga aholini arzon qishloq xo'jaligi mahsulotlari bilan ta'minlash, Davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek barcha harakatlar inson qadri uchun qilinishi kerakligi to'g'risida aytib o'tdi va tegishli ko'rsatmalar berdi.
#Senator tuman hokimi A.Saparbayev boshchiligida tuman markazida tashkil qilinayotgan yirik savdo majmuasi “AST LIDER” MCHJ faoliyati bilan tanishdi. “Savdo majmuasi” qurilishi uchun tuman markazida joylashgan SH.A.Valiy ko'chasi bo'yidagi hududdan 2.4 gektar yer maydoni ajratilib berilgan.

#Savdo majmuasi uch qavatdan iborat bo'lib, savdo shaxobchalari, ko'ngil ochar joylar, kinoteatr, kafe va restoranni o'z ichiga oladi. “AST LIDER” MCHJ tomonidan bugungi kunga qadar 37 milliard so'mdan ortiq qurilish ishlari amalga oshirilgan, jumladan:
- ikki qavatli savdo majmuasi binosi tomi bir-biriga yopishgan holda qurilgan;
- tarmoqlarning tashqi kommunikatsiyalari yotqizilgan;
- savdo majmuasi binosi atrofiga zamonaviy ko'chalarni yoritish ustunlari o'rnatildi;
- 4 dona zamonaviy favvoralar qurilgan.
Savdo majmuasi hududida:
- elektr energiyasi bilan ta'minlash transformator punkti uchun bino qurilgan;
- tashqi qismiga metall rom konstruktsiyalari qurilib, fasad plitalar o'rnatilmoqda.

Senator “AST LIDER” MCHJ bilan tashkil qilinayotgan savdo majmuasi yuzasidan quruvchilar bilan muloqot qilib, kelgusida faoliyatini kengaytirish bo'yicha takliflar berdi.
#Senator aholini uy-joy bilan ta'minlash masalalarini o'rgandi

#To'qimachi MFY hududida ko'p qavatli uy-joylarning qurilishi bilan tanishdi. Qurilish ishlarining sifatli olib borilishi, loyihalarning vaqtida amalga oshirilishi hamda mazkur uy-joylarda yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham tanishdi.

#Beruniy tumanida 4 ta 110 xonadonga ega bo'lgan shundan, 2 tasi arzonlashtirilgan, 2 tasi yangi tartib asosidagi uy-joylar qurilib topshirilish arafasida. 2022 yilda esa 6 ta yangi tartibda ya'ni tadbirkor o'z mablag'i va bank krediti asosida uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan. Hozirgi kunda 3 ta uy-joylarning qurilish ishlari boshlab yuborilgan. #Tadbirkorlar tomonidan jami 7 ta, 2 ta 7 qavatli va 5 ta 5 qavatli yangi tipdagi uy-joylar qurilishi ham boshlandi. Mazkur uy-joylarning qurilishi tumanda aholining uy-joyga bo'lgan ehtiyojini qondirish va bu boradagi murojaatlarning kamayishiga sabab bo'ladi.
#Sayyor qabullar davomida aholining murojaatlarini o'rganish, bu yo'nalishda yangi tizim asosida mahallada murojaatlarni hal qilish bo'yicha ham ilk namuna Beruniy tumanida boshlandi. Unga ko'ra tumandagi 40 ta mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli har xaftaning juma kuni sayyor qabul tashkil etib, fuqarolarni qabul qiladi. Masalalar shu yerning o'zida hal qilinishi bo'yicha barcha choralar ko'riladi.

#Senator M.Salimova bu tizim o'zini oqlashi hamda respublikaga tatbiq etish borasida o'z fikr va tavsiyalarini berib o'tdi. Ko'p yillardan buyon infratuzilma ob'ektlari bo'yicha murojaat qilib kelayotgan bo'lib, elektr toki, yo'l masalasi aholini qiynab kelayotgan edi. Tuman hokimi va senator bu masalada o'z takliflarini bildirdi. Jami kelib tushgan 36 ta murojaatdan 11 tasi joyida hal qilinib, tushuntirish berilgan bo'lsa, mablag' talab qilinadigan masalalar nazoratga olindi.
#Senator M.A.Salimova Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashi doimiy komissiyalari faoliyatini o'rgandi. Kengash faoliyati bilan tanishib, doimiy komissiya raislari bilan suhbat o'tkazdi. Aholi yashash sharoitini yaxshilash maqsadida ularning o'z oldiga qo'ygan vazifalari bilan tanishdi va o'z takliflarini bildirdi.

#Doimiy komissiyalar ish rejalarini birma-bir ko'rib o'rgandi va ayrim qo'shimchalar kiritish kerakligi to'g'risida aytib o'tdi. Amalga oshirayotgan barcha ishlarimizning bosh maqsadi inson qadri uchun g'oyasi ostida olib borilishi, xalq roziligi yurt farovonligi eng oliy qadriyat bo'lishini ta'kidlab o'tdi.

#Xotin-qizlar Jamoatchilik Kengashi faoliyatining 2022 yildagi rejalari bilan tanishib chiqdi hamda bu yo'nalishda ham senator o'z takliflarini bildirdi.

🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram |
#Senator targ’iboti
#Prezident qarorlarining mazmun-mohiyati tushuntirildi

#O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi "Mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-408-sonli qarori ijrosi hamda O'zbekiston Respublikasining yangi mehnat kodeksining mazmun- mohiyatini tushuntirish va targ'ib qilish yuzasidan Beruniy tumaniga O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Orolbo'yi mintaqasini rivojlantirish masalalari qo'mitasi raisi o'rinbosari, senator Botir Matmuratov hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi deputati Xalilla Yeshimbetov tashrif buyurdi.

#Matn bilan to’liq tanishing https://beruniy-tumani.uz Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati 📄
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Senator B.Matmurodov Beruniy tumanida “Yashil makon” aktsiyasiga o'z hissasini qo'shdi.

#Beruniy tumani markazida joylashgan Shayx Abbos Valiy ziyoratgohiga tashrif buyuruvchilar uchun qulayliklar yaratilgan. Ziyoratgoh dala maydoniga manzarali daraxt ko'chatlarini ekish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida e'lon qilingan dolzarb 40 kunlikda davom etmoqda. 20-oktyabrdan 1-dekabrgacha ko'chat ekish ishlariga senator B.Matmurodov va QR Jo'qori Kengesi deputati X.Yeshimbetov hamda bir guruh mas'ul rahbarlar o'z hissasini qo'shdi.

#Ziyoratgoh maydonidagi yerning ahvolini yanada yaxshilash maqsadida Obodonlashtirish korxonasi tomonidan organik biogumus yetishtirish yo'lga qo'yilgan. Shu bilan bir qatorda ko'chatlarni parvarishlash hamda suvg'orish tizimiga ham e'tibor berilgan. Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati 📄
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Senatorning aholi bilan uchrashuvi

#Senator B.Matmurodov va QR Jo'qori Kengesi deputati X.Yeshimbetov, Beruniy tumani 2-sektor hududi Sarkop ovul fuqarolar yig'ini aholisi bilan uchrashib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi PQ-408-sonli qarorini aholiga keng tushuntirdi. Unga ko'ra hududda mahalla infrastrukturani yanada yaxshilashga qaratilgan bir qancha ishlar olib boriladi.

#Bo'ston mahallasi Yoshlik aholi manzili joriy yilda “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan bo'lib bu yerda 120 o'ringa mo'ljallangan maktabgacha ta'lim tashkilotining qurilish ishlari olib borilmoqda. Qurilish ishlari bilan tanishgan senator yaqin vaqt ichida bolalarga bu maskanni topshirish lozimligini quruvchi tashkilotga tushuntiridi. Dastur loyihasi bo'yicha boshqa ishlarni ham ko'zdan kechirdi. Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati 📄
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Senator Beruniy tumanidagi investitsiya loyihalari bilan tanishdi

#O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Orolbo'yi mintaqasini rivojlantirish masalalari qo'mitasi raisi o'rinbosari, senator Botir Matmuratov Beruniy tumanidagi investitsiya loyihalari bilan tanishdi. Senator tumandagi Abay OFY hududida joylashgan un zavodining faoliyati va respublika iqtisodiyotida tutgan o'rni bilan tanishdi.

Beruniy tumani markazida “Ast Lider” MCHJ tomonidan qurilayotgan eko bozor loyiha rejasini (gippermarket) qurilishini ko'zdan kechirdi va mavjud muammolar bilan tanishdi.

Senator “Beruniy apparel” yangi 500 ishchi o'ringa mo'ljallangan tikuv fabrikasining faoliyatini o'rgandi. Loyihaga muvofiq bu yerda tayyor kiyim mahsulotlari ishlab chiqariladi va eksportga yo'naltiriladi. Germaniya, Turkiya va Yaponiya texnologiyasi asosida barcha jihozlar o'rnatilgan va loyiha yaqin kunlar ichida ishga tushishi rejalashtirilgan. Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati 📄
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Senator B.Matmuradov Beruniy tumanida o'rganishlar olib bordi

Bugun, Beruniy tumani hokimligida   O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi "Mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-408-sonli qaroriga asosan, 2022-2023 yillarda Qoraqalpog'iston Respublikasida mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida Beruniy tumanida amalga oshirilgan ishlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Orolbo'yi mintaqasini rivojlantirish masalalari qo'mitasi raisi o'rinbosari, Senator Matmuratov Batir Joldasovich boshchiligida yig'ilish bo'lib o'tdi. Yiǵilishda Beruniy tumani hokimi A.X.Saparbayev, sektor rahbarlari, tuman kengashi deputatlari hamda tegishli tashkilotlar ishtirok etdi.

Yiǵilishda belgilangan vazifalar yuzasidan Beruniy tumani hokimi A.X.Saparbayev, Senator B.Matmuratov hamda tuman Kengashi deputatlari bilan birgalikda Amir Temur MFY da ishlanayotgan salomatlik yo'lakchalari hamda Maxtumquli OFYdagi toza ichimlik suvi quvuri tortilishi ishlari bilan tanishdi.
#Senator Beruniy tumanidagi tibbot birlashmasida bóldi

Yurtimizda tibbiyot sohasiga berilayotgan katta e'tibor sabab, bugun insonlar salomatligini asrash, soǵlom turmush tarziga riyoa qilish borasida keng tarǵibot va amaliy harakatlar olib borilmoqda.

Xar bir oilani órganish jarayonida esa shu hududdagi oilaviy poliklinikalarga biriktirilgan patronajlar ish faoliyati alohida e'tiborga molik. Ta'kidlash joizki Davlat rahbarining tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqotida bir qancha topshiriqlar berilib tibbioyatda inson qadri ǵoyasi asosida ish yuritish lozimligi belgilangan edi.
Soǵlom millat vakillari bilangina biz óz maqsadimizga erishamiz.

Bugun senator B.Matmuradov Beruniy tumani Tibbiyot birlashmasining ish jarayonlarini órganib, shifokorlar bilan suhbatda bóldi. Shuningdek 62 nafar tibbiyot xodimlariga tuman hokimligi tomonidan homiylik asosida patronaj sumkalari topshirildi. Patronaj sumkalarida 10 xil asosiy turdagi tibbiyot anjomlari mavjud.

👉Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati