#Natijada 20 nafar fuqarolarning ish bilan bandligi ta'minlandi. Asalari boqish, undan daromad olish istagini bildirgan fuqaro Dilshod Qurbanbaev hozirda o'z ishini boshlagan. Issiqxonaning daromadi ayniqsa janubiy tumanlar uchun foydali hisoblanadi. Tomorqadan yiliga 3 marotaba hosil olinadi.

#Hozirda 1 sotix maydonda tashkil etilgan issiqxonada bodiring yetishtirilmoqda. Naslli qoramol boqish, sut va sut mahsulotlarining mahalliy bozorda arzonlashuvini ta'minlaydi. Turon mahallasida chorvachilik yo'nalishida boshlangan ishlar yana davom etishi rejalashtirilgan.
#Nukus davlat pedagogika instituti tarix fakultetining geografiya kafedrasi o'qituvchilari bilan xamkorlikda, Beruniy tumani XTB ga qarashli 27-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida “Yosh geograf" ko'rik tanlovi noa'nanaviy tarzda o'tkazildi. Tanlovda maktabning 10 B, D, G sinf o'quvchilaridan tuzilgan 3 ta guruh bellashdi.

#Natijada 10 G sinfning "Everest" guruhi g'olib bo’lib, 1-o'rinni egalladi. Faol ishtirok qilgan 3 ta guruhga Nukus davlat pedagogika instituti, tarix fakul`teti dekani Maman Kitaybekovich Saribaev tomonidan, faxriy yorliq va qimmatbaxo sovg'alar topshirildi. Bu ko'rik-tanlov o'quvchilarda juda katta taa'ssurot qoldirdi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube