#Bugun
#Beruniy tumani
#Onalar boǵida yashil makon

Beruniy tumanida Yashil makon umummilliy harakati doirasida kóchat ekish ishlari davom etmoqda.

Qoraqalpoǵiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining órinbosari, Oila va xotin-qizlar qómitasi raisi M.Axmedova va ÓzXDP Qoraqalpoǵiston Respublikasi Kengashi raisi X.Yeshimbetov tumanda tashkil etilgan onalar boǵiga mevali daraxt kóchatlarini ekib, loyihaga óz hissasini qóshdi.

#Muqaddas qadamjolarni ziyoratchilar uchun yanada obod qilish maqsadida xalq hashar yóli bilan Beruniy tumanidagi Shayx Abbos Valiy ziyoratgohida bir qancha ishlar amalga oshirilgan edi. Endilikda obodonlashtirish va kókalamzorlashtirish ishlari davom etayotgan bólib mutasaddilar mazkur ishlar bilan ham tanishib ótdi.

#Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan biogumus yetishtirilib, kóchat ekish jarayonida qóllanilishi, shuningdek tashkil etilayotgan issiqlxonalarda foydalanilishi tushuntirildi.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati