“Oila ma'naviyati” mavzusida ochiq dars bo'lib o'tdi

#Yoshlarni kelajak hayotga tayyorlash, oila muqaddasligini tushuntirish bugungi kundagi ta'lim-tarbiya jarayonidagi muhim masaladir. Beruniy tumani 1-son kasb-hunar maktabi psixologi Yulduz Urazbaeva tarbiya fani doirasida “Oila ma'naviyati” mavzusida ochiq dars soatini o'tdi.

#Oilada ota-ona munosabati, farzand tarbiyasida muomala, tarbiya va ma'naviyatning o'rni to'g'risida keng tushuncha berdi. Har bir guruhda savollar orqali jamoa tarzda umumlashtirilgan javoblarda oila to'g'risidagi o'quvchilarning erkin fikrlari tinglandi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#YOSHLAR SIYOSATI AMALDA

#Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va ularning bandligini ta'minlash sohasida. Oliy o'quv yurtiga kirib, talabalik baxtiga erishgan yoshlarning “Yoshlar jamg'armasi” hisobidan 18 nafariga jami 76 mln 927 668 so'm kontrakt pullari to'lab berildi.

#Hozirgi kunda 2022 yil “Yoshlar daftari”ga kiritilganlar 274 nafar bo'lib, shundan 41 nafariga turli yordamlar ko'rsatilgan va natijada ijtimoiy daftardan chiqarildi.

“Yoshlar daftari” platformasida onlayn murojaatlar qabul qilinib, o'rganib hal qilish choralari ko'rilmoqda. Beruniy tumanida 2022 yilning yanvar oyida “Ayollar daftari”ni shakllantirish maqsadida 33.051 nafar xotin-qizlar bilan suhbatlar o'tkazildi va uning yakunlari bo'yicha 2.002 nafar, shundan 2-sektor hududida 842 nafar xotin-qizlar 6 ta muhim toifalar bo'yicha ayollar daftariga kiritildi.


#Bundan tashqari, joriy yil 2-sektor hududida yettita loyiha, qiymati 31.0 mlrd so'mlik hisoblangan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi natijasida, 199 ta yangi ish o'rinlarini yaratish ko'zda tutilgan.
#Onlayn
#Yoshlar festivali
#Beruniy tumani


#Mahalla yoshlari o'rtasida “Yoshlar kuni” munosabati bilan armresling, tosh ko'tarish musobaqalari tashkil etilib, ochiq osmon ostida o'yinlar davom etmoqda.

#Yoshlarni sportga oshno etish maqsadida yoshlar oyligi doirasida sport musobaqalarining hudud bosqichlari o'tkazildi.
Finalga yetib kelgan yoshlar bellashuvlari qiziqarli bo'lib o'tmoqda. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram |
#Harbiy vatanparvarlik tadbiri o'tkazildi

#Yoshlarni sportga jalb etish, sog'lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan ishlar o'quvchilarning yozgi dam olish paytini mazmunli o'tkazishga xizmat qilmoqda.

📌Matn bilan to'liq tanishing👉👉
https://beruniy-tumani.uz/ 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram |
#Beruniy tumani
#Yoshlarni oilaviy xayotga tayyorlash

#Hamkorlikdagi ishlar samarasi bugun óz natijasini berar ekan yoshlarning turmush qurushi, xayotga tayyorgarligi muhim vazifa hisoblanadi.

Ózbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy xayotga tayyorlash chora- tadbirlari tóǵrisida" gi 820-sonli qarorining ijrosi yuzasidan Beruniy tumanida hamkor tashkilotlar bilan yosh oilalarga óquv kurslari ótkazilmoqda.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati