#YORDAMINI AYAMAGAN HOKIM YORDAMCHILARI

Bugungi dam olish kunidan unumli foydalangan Beruniy tumanidagi 40 nafar hokim yordamchilari o'zlarining kuch-g'ayratlarini yaxshilik qilishga sarflashdilar.

Hususan, tuman markazidan olisda joylashgan "Biybozor" ovul fuqarolar yig'ini hududiga qarashli "Shuhrat-Ochil" fermer xo'jaligi dalalarida paxta hosilini yig'ib-terib olish ishlarida faollik ko'rsatishdi.

Fidoiylik ko'rsatib, o'z tashabbuslari bilan paxta terimida ishtirok etayotgan  hokim yordamchilari kun davomidagi mehnat haqlariga hududdagi MFY va OFY da istiqomat qiladigan, kam ta'minlangan va imkoniyati cheklangan 7 ta xonadonga un va yog' mahsulotlarini tuman hokimining birinchi órinbosari U.Matirzayev boshchiligida yetkazib berildi.

📌Hokim yordamchilarining bunday e'tiborga loyiq ishlari inson qadrini ulug'lash tamoyili asosida amalga oshirilayotgan amaliy harakatlarning yaqqol namoyon bólishidir.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maxsus videorolik

#YORDAMINI AYAMAGAN HOKIM YORDAMCHILARI
#Bir kunlik paxta terimi va bir dunyo savob. 7 oilaga berilgan holis yordam

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati