#Bugun
#Beruniy tumanida
#Qomusiy alloma tavalludi nishonlanadi


#Buyuk qomusiy olim Abu Rayxon Beruniy tavalludining 1049 yilligiga bag'ishlangan tadbirlar 2022 yil 4-sentyabr kuni Beruniy tumanida bo'lib o'tadi. Kunning birinchi yarmida tuman hokimligi, nuroniylar va faollar ishtirokida Abu Rayxon Beruniy ramziy qabri hamda yodgorligi oldida tadbirlar tashkil etiladi.

#Kunning ikkinchi yarmida Beruniy tumani hokimligi, “Beruniy avlodlari” jamoat fondi, “Beruniy avlodlari” jamoat fondi huzuridagi Beruniyshunoslik ilmiy markazi hamkorligida “ABU RAYHON BERUNIY MEROSI VA HOZIRGI ZAMON SIVILIZATSIYASI RIVOJI” mavzuidagi ilmiy seminar ZOOM platformasi orqali Beruniyshunos olimlar ishtirokida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram