#Sayyor qabul jarayonida tumandagi tegishli korxona, tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Qabul davomida tuman aholisining huquqiy masalalardagi murojaatlari tinglanib, ularning ayrimlari joyida hal qilindi.

#Jumladan, qabul davomida 20 ga yaqin fuqarolar ishga joylashish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, tug'ilganlik haqida guvohnoma olish va boshqa masalalarda murojaat qildi.Kelib tushgan murojaatlarning 10 tasi joyida hal qilindi, shundan 8 tasi qanoatlantirilib, 2 tasiga tushuntirish berildi.
Tumandagi yoshlar o'rtasida sportning yengil atletika, mini futbol, voleybol, stol tennis, stritbol, shaxmat, shashka va workout sport turlari bo'yicha musobaqalar o'tkazilib, musobaqalarda jami 26 ming 916 nafar yoshlar qamrab olindi.


#Jumladan, 7-10 yosh toifasida jami ishtirokchilar soni 2 286 nafar, 11-15 yosh toifasida jami ishtirokchilar soni 9 093 nafar, 16-21 yosh toifasida jami ishtirokchilar soni 7953 nafar, 22-26 yosh toifasida jami ishtirokchilar soni 4 196 nafar, 27-30 yosh toifasida jami ishtirokchilar soni 2 348 nafar hamda 16-30 yosh toifasida sportning mini-futbol va futbol turlaridan O'zbekiston Respublikasi “Davlat Xavfsizlik xizmati kubogi” o'tkazilib, musobaqalarga jami 1 040 nafar yoshlar jalb qilindi.


#Bugun tumanda mazkur sport tadbirlari ishtirokchilarini taqdirlash bo'lib o'tdi. Tuman hokimining sportchilarga tabrigini, tuman hokimining o'rinbosari A.Qurbaniyazov o'qib
eshittirdi. Tuman hokimligi, Sport bo'limi, Mudofaa bo'limi, Milliy gvardiya tuman bo'limi birgalikda yosh sportchilarga kuboklarni topshirib, munosib rag'batlantirildi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
Bu yilgi paxta yig'im-terimi mavsumida paxta hosilini yig'ib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil qilinishi davom etmoqda.

#Jumladan, Beruniy tumani 2-sektor hududiga qarashli "Navoiy" ovul fuqarolar yig'inidagi "Islom Reyimboyev" fermer xo'jaligi bu yilgi umumiy yer maydoni 28 gektar paxta dalasidan 100 tonnadan ortiq qilib, paxta hosili yetishtirib, birinchilardan bo'lib shartnomaviy rejani bajardi.

#Shu munosabat bilan paxta dalasida katta bayram tashkil qilindi. Tuman prokurori, 2-sektor rahbari M.Atadjanov va qishloq xo'jaligi bo'yicha tuman hokim o'rinbosari S.O'rinbayev ishsiz hamda vaqtinchalik band bo'lmagan aholidan iborat terimchilarga o'z minnatdorchiligini bildirib, mavsum boshidan paxta terimidi faol ishtirok etib kelgan bir qator terimchilarni qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirladi.

#Terimchilarga qilgan mehnatlari e'tiborga sazovorligi va oppoq hirmonga o'z hissalarini qo'shganlari uchun fermer xo'jaligi raxbari U.Saparov o'z minnatdorchiligini bildirdi. Ularga yuqori kayfiyat ulashish maqsadida konsert dasturi tashkil qilindi va dala boshida dasturxon yoyib, ularga yaxshi kayfiyat ulashdi.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
#Prezident Qarorining targ'iboti
#Xalq roziligi yo'lida

#O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023 yillarda mahalla infratuzilmasini yana yaxshilash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-408-son Qarori bo’yicha, Beruniy tumani hokimi A.Saparbayev 1-sektor hududidagi Guliston va Qiyot mahalla fuqarolar yig'inida aholi bilan uchrashib, joriy yil yakunigacha ishlanishi lozim bo'lgan yo'l masalalarini soha mutahassislari bilan birgalikda tushuntiridi.

#Jumladan Guliston mahallasida 1.3 kilometr tuproq yo'llarga qum-shag'al aralashmasi yoyilib, ko'chalarning ahvoli yaxshilanadi. Qiyot mahallasida esa 400 metr ko'cha asfaltlanib, 600 metrga qum-shag'al aralashmasi yotqiziladi. Mazkur jarayonlar tumandagi bir nechta mahallalarda amalga oshiriladi. Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati 📄
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Prezident Qarorining targ'iboti
#Ichki yóllar obod bóladi

#O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023 yillarda mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-408-son Qarori bo’yicha, Beruniy tumani IIB boshliǵi, 3-sektor rahbari M.Muratov hududdagi Navoiy mahallasi va Mahtumquli ovul fuqarolar yig'inida aholi bilan uchrashib, joriy yil yakunigacha ishlanishi lozim bo'lgan yo'l masalalarini soha mutahassislari bilan birgalikda tushuntiridi.

#Jumladan Navoiy mahallasida 3.4 kilometrda asfaltlash ishlari olib borilsa,  Mahtumquli OFY da 9 kilometr qum-shaǵal aralashmasi yotqizilib, tekislash ishlari olib boriladi. Mazkur jarayonlar tumandagi bir nechta mahallalarda amalga oshiriladi.                                                  Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati  📄
#Prezident Qarorining targ'iboti
#408-PQ ning mazmun mohiyati va aholiga yaratilayotgan qulayliklar
#Ichki yóllar obod bóladi

#O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023 yillarda mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-408-son Qarori bo’yicha, Beruniy tumani hokimi A.Saparbayev  1-sektor hududidagi  Oltinsoy va Biybozor ovul fuqarolar yig'inida aholi bilan uchrashib, joriy yil yakunigacha ishlanishi lozim bo'lgan yo'l masalalarini soha mutahassislari bilan birgalikda loyiha asosida tushuntiridi.

#Jumladan Oltinsoy ovul fuqarolar yiǵinida 8.1 kilometr tuproq yóllarga qum-shaǵal tókish ishlari olib borilsa,  Biybozor OFY da 5.7 kilometr ichki yóllarga qum-shaǵal aralashmasi yotqizilib, tekislash ishlari olib boriladi. Mazkur jarayonlar tumandagi bir nechta mahallalarda amalga oshirilishi aholiga tushuntirildi.

#Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati  📄
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Beruniy_tumani
#Yoshlar_ishlari_agentligi
#Xatlov_jarayoni

#Beruniy tumanida 14-30 yoshli yoshlar o'rtasida xatlov ishlari olib borilmoqda.

#Jumladan, Jayxun va Qiyat mahallalarida yoshlar yetakchilari tomonidan xatlov ishlari to'g'risida qisqacha video lavha.

(xatlov jarayonida migratsiyada yurgan yoshlarning ma'lumotlari ota-onalaridan olinmoqda)

👉Ijtimoiy tarmoq sahifalarimizda bizni kuzatib borish uchun👇
Telegram | Instagram | Facebook