#Oltinsoylik aholining bugunidan roziligi
#Sektor rahbarining xalq bilan uchrashuvidan

To'liq tanishing https://beruniy-tumani.uz/news/show/oltinsoylik-aholining-bugunidan-roziligi-sektor-rahbarining-xalq-bilan-uchrashuvidan


Beruniy tumani Oltinsoy ovul fuqarolar yig'ini tuman markazidan olisda hisoblanib og'ir hududga kiritilgan. Amaliy ishlarning bajarilishi natijasida hududda maktab filiallari qurilib, o'quvchilar uchun foydalanishga topshirildi. Xizmat ko'rsatish sohasi rivojlanib natijada tadbirkorlarning soni oshdi. Aholi murojaatlariga asosan ko'chalar tekislanib, infratuzilma ob'ektlari yangilandi.

Hududda 5 ta oilaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ishga tushirildi. Tashabbusli byudjet orqali 13 kilometr yo'llarga qum-shag'al aralashmasi to'kilib, holati yaxshilandi.175 ta chorva mollari Qirg'iziston davlatidan keltirilib chorva kompleksi ishga tushirildi va 7 ta ish o'rni yaratildi.22 ta tadbirkorlik sub'ekti tashkil etildi va ishga tushirildi.Aholiga 1 mlrd 328 mln so'mlik kreditlar ajratilib, 75 nafar aholining bandligi ta'minlandi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram