#Xayrli va savobli amallar yo'lida

#Beruniy tumani hokimi, 1-sektor rahbari A.Saparbaev tashabbusi bilan tumandagi
ziyoratgohlarni obod qilish, atrofini ko'kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda. Xususan Sulton Uvays Qorayniy va Shayxs Abbos Valiy ziyoratgohlari xalq hashar yo'li bilan obodonlashtirilib, aholi uchun bir qancha qulayliklar yaratildi, atrofi obod maskanga aylantirildi.

#Bu ishlarning davomi tumandagi 1-sektor hududi Guliston mahalla fuqarolar yig'inida joylashgan “Kechirmas bobo” ziyoratgohida ham boshlab yuborildi. Ziyoratgoh atrofidagi tashqi devorlari ta'mirlanib, holati yaxshilanmoqda. Endilikda tashqi devor tomonda kichik yo'lakchalar va tungi yoritgichlar qo'yildi. Bu xayrli va savob ishga mahalladagi tadbirkorlar, faollar ham o'zlarining hissasini qo'shmoqda.

#Ziyoratgohdagi ishlarga o'z hissasini qo'shish istagidagi fuqarolarni xayriya tadbirida ishtirok etishga chaqirib qolamiz. Zero obodlikni ko'ngil taskin topadigan joylardan boshlaylik.

https://t.iss.one/beruniy_news