BERUNIY_PRESS/RASMIY KANAL
8.12K subscribers
51.3K photos
6.23K videos
7 files
9.45K links
🌐Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati https://t.iss.one/Beruniytumanimurojaatbot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌“Yoshlar kuni” munosabati bilan 25-iyun "Yoshlar festivali"bo'lib o'tadi

#Yoshlar bilan birga


#Yangi O'zbekiston va Uchinchi Renessans davrini yoshlar bilan birga quramiz.
#Yangi o'quv yiliga umumiy o'rta ta'lim maktablarining tayyorgarlik holati, 1-sinflarning jihozlanishini ko'zdan kechirdi. Bo'ston mahallasi hududidagi 59-son hamda Sarkop OFY dagi 48-sonli maktablarda bo'ldi.

#Tuman tibbiyot birlashmasi tug'ruq kompleksidagi onalar va bolalarning ahvoli o'rganilib, ularning murojaatlari ham deputat tomonidan tinglandi. 2-son Oilaviy poliklinikada yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishildi. Zamonaviy tibbiyot asosida aholiga ko'rsatilayotgan sifatli tibbiy muolajalar, tibbiy xizmat borasida mutaxassislar bilan suhbatlashildi.

Aholi murojaatlarini o'rganish bo'yicha Navoiy mahalla fuqarolar yig'inida bo'lib, shu yerlik aholi bilan ham uchrashib murojaatlarini o'rgandi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram
#Beruniy tumani
#Yangi o'quv yiliga bayramona tuhfa

#Beruniy tumani Xalq ta'limi bo'limiga qarashli 19-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabiga yangi bino qurilib, bayram arafasida ochilish tadbiri bo'lib o'tdi. Maktabdagi bayram tadbiridan fotolavhalar.
#Bugun “Bilimlar kuni”
#Olis Oltinsoy aholisiga bayramona tuhfa

#Bugun 5-sentyabr mamlakatimizdagi barcha umumiy o'rta ta'lim maktablarida yangi o'quv yili boshlanib, ta'lim dargohlari o'quvchilar bilan gavjum bo'ldi. Beruniy tumanidagi jami 72 ta umumiy o'rta ta'lim maktablarida 39.607 nafar o'quvchilar ta'lim tarbiya olayotgan bo'lsa, 2022-2023-o'quv yilida 4371 nafar o'quvchilar 1-sinfga qabul qilingan.

#Yangi o'quv yiliga tayyorgarlik jarayonida ya'ni maktablar dasturlar asosida ta'mirlandi. Shunga ko'ra, 2022 yilda 14 ta maktabda jami 16 mlrd 508 mln. so'mlik xususan Investitsiya va davlat dasturi asosida 19,55-maktablarda 7 mlrd 421.7 mln.so'mlik, respublika byudjeti hisobidan 55, 58-sonli maktab filiallarida 853.3 mln. so'mlik, “OPEN BUDGET” xisobidan 13, 36, 52, 29, 63-sonli maktablarda 3822.0 mln.so'mlik, “Maxalliy byudjet” mablag'lari hisobidan 32, 58, 4, 49, 64-sonli maktablarda 4411.8 mln.so'mlik qurilish ta'mirlash ishlari amalga oshirildi.
#Beruniy tumani
#Yangi o'quv yilidan yaxshi yangilik
#Olis hudud o'quvchilari uchun yangi imkoniyatlar

#Keyingi manzil Nayman mahallasi Xangeldi aholi manzilida bo'ldi. Bu yerda ham 55-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining filiali uchun yangi bino qurib berilgan bo'lib, o'quvchilar uchun zamonaviy turdagi ta'lim jarayonida qo'llaniladigan barcha sharoitlar yaratilgan.

#Tuman hokimi A.Saparbayev keng jamoatchilik bilan birgalikda yangi binoning ochilishida ishtirok etdi. O'quvchilar o'z partalarida o'tirib, 1-dars “Yangi O'zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida mustaqillik darsini o'tdilar. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Uchinchi_renessans
#Yangi_O'zbekiston
#Yoshlik_senga_qarz_berilgan

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tayyorlangan bu videorolikda qadim tarix, bugun va kelajak mujassam qilingan.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Beruniy tumani
#Yangi o'quv yilidan yaxshi yangilik
#Olis hudud o'quvchilari uchun yangi imkoniyatlar