#Sóngi yillarda sohada yaratilayotgan imkoniyatlar va jahon tajribasining qóllanilishi natijasida katta yutuqlarga erishib kelinmoqda. Sohada amalga oshirilgan tizimli islohotlar natijasida xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, zamonaviy moddiy texnik vositalar bilan ta'minlangan, yuksak bilim va professional ko'nikmalarga ega vatanparvar kadrlarni o'zida jamlagan, eng asosiysi, mamlakatimizdagi tinchlik va osoyishtalikning kafolati bo'la oladigan yangi tizim yaratildi.

#Tinchlik qaror topgan yurtda xotirjamlik hukm suradi, jamiyatda har tomonlama yuksalish va rivojlanish ro'y beradi. Odamlarning o'zaro bir-birlariga bo'lgan ishonch va sadoqatlari, mehr va muruvvatlarining samimiy bo'lishi ham asosan xotirjamlikka bog'liqdir deya ta'kidlab o'tdi tuman hokimi.

#Bayram tadbiri davomida yuqori natijalarga erishgan bir guruh ichki ishlar hodimlari munosib taqdirlandi. Bayram munosabati bilan tuman madaniyat hodimlari ishtirokida kontsert dasturi tashkil etildi.

Bayramingiz muborak aziz ichki ishlar organlari hodimlari! Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati 📄
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram