BERUNIY_PRESS/RASMIY KANAL
8.14K subscribers
51.7K photos
6.29K videos
7 files
9.54K links
🌐Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati https://t.iss.one/Beruniytumanimurojaatbot
Download Telegram
“Oila ma'naviyati” mavzusida ochiq dars bo'lib o'tdi

#Yoshlarni kelajak hayotga tayyorlash, oila muqaddasligini tushuntirish bugungi kundagi ta'lim-tarbiya jarayonidagi muhim masaladir. Beruniy tumani 1-son kasb-hunar maktabi psixologi Yulduz Urazbaeva tarbiya fani doirasida “Oila ma'naviyati” mavzusida ochiq dars soatini o'tdi.

#Oilada ota-ona munosabati, farzand tarbiyasida muomala, tarbiya va ma'naviyatning o'rni to'g'risida keng tushuncha berdi. Har bir guruhda savollar orqali jamoa tarzda umumlashtirilgan javoblarda oila to'g'risidagi o'quvchilarning erkin fikrlari tinglandi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Har qanday jamiyatning yoshi ulug' odamlarga bo'lgan e'tibori va g'amxo'rligi uning madaniy darajasini belgilaydi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Soddagina, o'zbekona qilib aytganda, keksalarga hurmat-ehtirom, mehr-oqibat ko'rsatish ma'naviy hayotimizning tom ma'noda ajralmas qismiga aylangan.

#Oilada katta hayot tajribasiga ega bo'lgan ota-bobolarimiz, onaxonlarimizning o'giti, pand nasihatlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Oqni qoradan, yaxshini yomondan farqlashda, odob-ahloq sirlarini o'rganishda, xalqimiz hayotida asrlardan buyon saqlanib, davom etib kelayotgan rasm-rusum va urf-odatlarni o'rganishda ular yaqin maslahatchiga aylanishgan.