Forwarded from Beruniy tumani adliya boβ€˜limi. Adliya yangiliklari (Saltanat Raimbekova)
#Ijtimoiy_aksiya

βœ… Maktab bitiruvchilarining OTMga o'qishga kirish hamda ishga joylashish ko'rsatkichlari asosida har yili 1-fevralgacha o'tgan yilgi erishilgan natijalardan kelib chiqib maktablarning rahbar xodimlari rag'batlantiriladi.

πŸ”°Rag'batlantirish BHMning quyidagi miqdorlarida belgilanadi:

βž–o'quvchilarining 90 foizi va undan ortiq qismi o'qishga kirsa va (yoki) ishga joylashsa maktab direktorlari – 12 baravar (3 mln 240 ming so'm), direktori o'rinbosarlari – 6 baravar (1 mln 620 ming so'm);

βž–o'quvchilarining 85–89 foizi o'qishga kirsa va (yoki) ishga joylashsa maktab direktorlari – 9 baravar (2 mln 430 ming so'm), direktor o'rinbosarlari – 4,5 baravar (1 mln 215 ming so'm);

βž–o'quvchilarining 80–84 foiz qismi o'qishga kirsa va (yoki) ishga joylashsa maktab direktorlari – 6 baravar (1 mln 620 ming so'm), direktor o'rinbosarlari – 3 baravar (810 ming so'm).

Kanalga ulanishπŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡
@beruniytumanadliya