BERUNIY_PRESS/RASMIY KANAL
8.12K subscribers
51.3K photos
6.23K videos
7 files
9.45K links
🌐Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati https://t.iss.one/Beruniytumanimurojaatbot
Download Telegram
Suvda cho'kkan kishiga qanday yordam beriladi?

#Ayni kunlarda harorat birmuncha ko'tarilib, cho'milishga ehtiyoj ortdi. Bu esa hushyorlikni talab etadi.
#Cho'kish – bo'g'ilishning mexanik turi hisoblanib, o'pkalarning suvga to'lishi natijasida rivojlanadi.
Xo'sh, suvda cho'kkan kishiga qanday yordam beriladi?
Suvda cho'kayotgan insonni olib chiqish juda xavfli holat. Odam cho'kayotgan vaqtda “o'lim qo'rqinchi” hisobiga uni qutqarayotgan insonni ham cho'ktirib yuborishi mumkin. Shuning uchun jismoniy quvvatingiz yetmasa, ikki yoki uch kishi bo'lib qutqarish kerak.
Masalan, favqulodda vaziyatlarda bolani tezroq suvdan chiqarib olish va tana haroratini saqlash uchun zudlik bilan adyolga o'rash muhim. Chunki suv harorati hatto +28°C bo'lganda ham bola sovqotib qolishi mumkin.
Agar u hushidan ketsa, zudlik bilan yonboshlab yotqizish va og'izdan og'izga yoki go'daklar uchun og'izdan burunga sun'iy nafas yuborish kerak. Tez yordam yetib kelguniga qadar galma-gal yurakni massaj qilish talab etiladi.

Beruniy tumani FVB bo'linma boshlig'i kapitan J. Salaev