#Murojaatga rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqda e'lon qilingan Beruniy tumani Abay ovul fuqarolar yiǵini 81 aholi manziliga yaqin joylashgan hududda sement zavodi qurilishiga aholi óz noroziligini bildirgan.

#Holat bóyicha Beruniy tuman hokimligi va ekologiya qómitasi tuman bólimi hodimlari aholi bilan uchrashuvlar olib borgan.

#Aholiga bu qurilishning zararsiz bólishi, zamonaviy texnologiyalar asosida qurilish va ishlab chiqarish jarayoni tushuntirilgan. Yurtimizda qurilish ishlarining jadal suratlarda olib borilishi natijasida sifatli qurilish mahsulotlariga bólgan talabning ortib borishi bu boradagi jarayonlarga zamon talabi asosida yondashish zarurligini bildiradi.

Xozirgi kunda zavod qurilishi boshlanmagan. Quriladigan yer maydon auksionga qóyilganligini ma'lum qilib bildiramiz.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
#Murojaatga munosabat. Ichimlik suvida kelib chiqqan nosozlik bartaraf etildi

Antikorruz telegram ijtimoiy tarmog'ida, Beruniy tumani Amir Temur mahalla fuqarolar yig'ini hududidagi ichimlik suvi quvuri yorilishi oqibatida suv isrof bo'layotgani bo'yicha videopost joylangan. Beruniy tumani suv ta'minoti bo'limi ishchi hodimlari tomonidan, mazkur nosozlik bartaraf etildi.

Ma'lum bo'lishicha ichimlik suvi quvurining 1 metrlik quvuri oralig'ida 2 ta joyda yorilish bo'lgan, natijada, suv sizib chiqib shu hududdagi ariqqa oqib turgan. Ijtimoiy tarmoqda o'z vaqtida e'lon qilingan bu holat bartaraf etildi. Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram