BERUNIY_PRESS/RASMIY KANAL
8.14K subscribers
51.7K photos
6.29K videos
7 files
9.55K links
🌐Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati https://t.iss.one/Beruniytumanimurojaatbot
Download Telegram
#Shu bilan birga hudud aholisining murojaatlari ham mahalla raisi va hokim yordamchisi tomonidan tizimli o'rganilmoqda.

#Qutimovlar oilasida aprel oyining boshida dunyoga kelgan 3 nafar egiziklar, Oisha va Omina Shukurlaeva, Muxammad Amin Shukurlaevlarning tibbiy holati, ona va bola salomatligini tekshiruvdan o'tkazish maqsadida hudud patronaji bilan birgalikda xabar olindi. Nuroniylarning salomatligi ham tekshirilib, kerakli dorilar tavsiya qilindi.

#Bu bo'yicha mahalla va tibbiyot birlashmasiga qarashli oilaviy poliklinika o'rtasida tizimli ishlar yo'lga qo'yilgan. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Nuroniylar e'zozda

#Shu nomdagi tadbir bugun Beruniy tumanidagi 2-sektor hududi O'.Jumaniyozov mahalla fuqarolar yig'inida bo'lib o'tdi. Hududning yoshi ulug' nuroniy otaxonlari va onaxonlariga izzat-hurmat ko'rsatilib, bir piyola choy ustida faxriy nuroniylar bugungi kunga shukronaliklarini bildirdi.

#Inson qadri ulug' diyorda, nuroniylar e'zoz va hurmatdadir. Nuroniylarning duoga ochilgan qo'llari va pok niyatlari yurtimiz tinchligi, dasturxonimiz to'kin-sochinligi va shukronaligiga yo'g'irilganligi bilan ahamiyatli ekanligini yana bir bor isbotladi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Ichki yo'llarda obodonlashtirish ishlari

#Beruniy tumanidagi O'.Jumaniyozoa mahalla fuqarolar yig'inidagi aholi murojaatiga asosan, ichki tuproq ko'chalar tekislanib, qum-shag'al aralashmasi (SHPS) to'kish ishlari boshlab yuborildi.

#Shu bilan bir qatorda obodonlashtirish ishlariga ham olib borilmoqda. Bu xaqda bizga hudud hokim yordamchisi Rashid Yakupov xabar bermoqda. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Sayyor sud majlisi

#Jinoyat ishlari bo'yicha Beruniy tuman sudi raisi R.N.Kamalova, “Xorazm” MFY binosida fuqarolar bilan uchrashuv o'tkazib, unda hozirgi davrda transport vositalari bilan bog'liq holda sodir qilinayotgan jinoyatlar, huquqbuzarliklarning soni keskin oshib ketayotganligi, fuqarolarning “Yo'l harakati qoidalari”ga og'ishmay rioya qilishlari, mast holatda transport vositalarini boshqarmaslik, kelgusida YTX natijasida insonlarning hayotdan bevaqt ko'z yumushlari va og'ir tan jaroxatlari olishlarining oldini olish maqsadida tushuntirishlar olib bordi.

#Shu yerning o'zida transport vositasida odamlarni tashish faoliyati bilan litsenziya olmasdan shug'ullanib yurgan shaxslarga nisbatan qo'zg'atilgan ma'muriy ishlarni ochiq sud majlisida ko'rib chiqdi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram |
#Yozgi ta'tilda kutubxona xizmati

#Yoshlarning yozgi dam olish kunlarini mazmunli o'tkazish maqsadida “Roxat” bolalar dam olish maskanida tumandagi Axborot kutubxona markazi hodimlari tomonidan, dam oluvchi yoshlarga muntazam ravishda kutubxona xizmatlari ko'rsatilib kelinmoqda.

#Shu bilan bir qatorda o'quvchilarni qiziqtirgan turli janrdagi asarlar bo'yicha o'yinlar tashkil qilinib, kutub[ona hodimlari tomonidan, yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishga xizmat qilinmoqda. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram |
#DIQQAT E'LON!!!

“Yoshlar festivali” munosabati bilan 25-iyun kuni ko'chalar yopiladi

#2022 yil 25-iyun kuni Beruniy tumanida “Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida yoshlar festivali bo'lib o'tadi.

#Shu munosabat bilan 25-iyun kuni tadbirni ko'tarinki ruxda o'tkazish, fuqarolar xavfsizligini ta'minlash, jamoat tartibini saqlash hamda yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash maqsadida 25-iyun kuni ertalab soat 06:00 dan 10:00 gacha Kat ko'chasi Suv ho'jaligi va melioratsiya kolleji oldidan, Kat ko'chasi bilan Xalqlar Do'stligi ko'chasi kesishgan chorraha (Amfiteatr oldi), 25-iyun kuni soat 15:00 dan 00:00 gacha X.Do'stligi ko'chasini 35-sonli maktab yonidan Kat ko'chasi bilan X.Do'stligi ko'chasi kesishgan chorraha, Beruniy va X.Do'stligi ko'chalari kesishmasidan hamda Quruvchilar ko'chasi va Shimom yab ko'chasi kesishmasidan vaqtinchalik beton to'siqlar bilan yopilishini e'lon qilib bildiramiz.
#Shu o'rinda fuqarolarimizdan ham uy oldi begona o'tlarini chopib, tozalik ishlariga chiqishlarini so'rab qolgan bo'lar edik. Obodonlashtirish ishlarida birgina mahalla bilan cheklanmasdan, balki aholining jamoatchilik nazoratiga ham bog'liqdir. Fotolarda asosan yo'l chetlaridagi begona o'tlarning ko'pligi, bundan tashqari egasi yo'q uy oldilaridagi holatlar, ko'p qavatli uy-joylardagi achinarli ahvol, oilaviy maktabgacha ta'lim tashkilotining tashqi ko'rinishi, odamlarning yaxshi kunlarida xizmat qiladigan to'yxonaning old qismidagi holatlari aks etgan.

#Tozalik bor joyda baraka bo'ladi. Hurmatli eldoshlar eng aziz bayram mustaqilligimizning 31 yilligi oldidan bu kabi xashar ishlarida faol bo'laylik, zero tozalikni uyimizdan, faoliyat yuritayotgan ishxonamizdan, har kuni o'tadigan ko'chamizdan boshlasak biz atrofimizdagi befarq insonlarga ham o'rnak bo'lamiz.

#Shuning bilan birga postlarimiz davomida mahallalarda olib borilayotgan ishlarga ham to'xtalib o'tamiz. Kamchiliklar bilan birga hududlarda bajarilayotgan ishlarni ham yoritib boramiz. O'rganishlar davom etadi... 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram
#Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Beruniyda

#O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis spiker o'rinbosari,Qonunchilik palatasi deputati Zuxra Ibragimova bugun Beruniy tumaniga tashrif buyurib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar va aholi murojaatlarini o'rgandi. Bo'ston mahallasi Yoshlik aholi manzilida bo'lib, bu yerda qad ko'tarayotgan 120 o'rinli maktabgacha ta'lim tashkiloti sharoiti bilan tanishdi.

#Shu yerlik aholi bilan uchrashuvlari davomida esa o'quvchilarning maktabga qatnashi uchun avtobus qo'yib berishni so'ragan bo'lib, yangi o'quv yilidan tuman hokimi kuniga 2 marotaba avtobus qo'yib berish ishini tashkil qilishga kelishib olindi. Murojaat joyida hal qilindi.
#Diqqat e'lon

#Hurmatli Beruniy tumani aholisi 30-avgust kuni Beruniy tumanida "Yangi Ózbekistonda el aziz, inson aziz" shiori ostida Davlat mustaqilligining 31 yillik bayrami keng nishonlanadi.

#Shu munosabat bilan Beruniy tumanidagi Xalqlar do'stligi kóchasi va unga qarama-qarshi kóchalar 30- avgust kuni 9:00 dan 24:00 gacha yopilishini ma'lum qilib bildiramiz.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
#Diqqat e'lon

#Hurmatli Beruniy tumani aholisi 30-avgust kuni Beruniy tumanida "Yangi Ózbekistonda el aziz, inson aziz" shiori ostida Davlat mustaqilligining 31 yillik bayrami keng nishonlanadi.

#Shu munosabat bilan Beruniy tumanidagi Xalqlar do'stligi kóchasi va unga qarama-qarshi kóchalar 30- avgust kuni 9:00 dan 24:00 gacha yopilishini ma'lum qilib bildiramiz.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
#Oǵir hudud ayollari bilan yaqindan hamkorlik

Ayollar bilan ishlash tizimida yangicha yondashish ayniqsa, Beruniy tumanidagi oǵir hudud toifasidagi Qizilqal'a, Dóstlik, Oltinsoy OFY dagi ayollar bilan yaqindan ishlashish, ular bilan birgalikda tadbirkorlikni rivojlantirish bóyicha hamkor tashkilotlar bilan tizimli ishlar bajarilishi belgilangan.

#Beruniy tumani hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlg'i S.Koziyeva bugun Qizilqal'a ovul fuqarolar yiǵiniga tashrif buyurib ushbu hudduda qo'shimcha ish o'rinlar yaratish, tadbirkorlik rivojlantirish maqsadida ayollar bandligini ta'minlash asosiy maqsad ekanligi sababli bu borada keng jamoatchilik fikrlari bilan ham yaqindan tanishdi.

#Shu bilan bir qatorda hamkor tashkilotlar hududdagi oilaviy shifokorlik punktida ham shifkorlarlar va hamshiralar bilan uchrashib, sog'lom turmush tarzinini keng targ'ib qilishda ularga taklif va tavsiyalar berdi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari va bu yerdagi rahbar ayol qizlarimiz ish faoliyatlari bilan ham yaqindan tanishdi.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
#Beruniy_tumani
#Paxta_mavsumi_2022
#Xayrli tashabbus bilan paxta dalasida

#Bugungi kunda dalalarda yetishtirilayotgan paxta hosilini yig'ib-terib olish ishlari qizg'in davom etmoqda.

#Shu o'rinda Beruniy tumanidagi paxta dalalarida ham o'z mehnatini ayamay hosilning kechiktirmay yig'im-terim ishlarida qatnashayotgan terimchilarimizga alohida e'tibor qaratilmoqda.

#Tumandagi 9.200 gektar yer maydoniga paxta hosili ekilgan bo'lib, hozirgi kunda paxta terimi olib borilmoqda. 4 sektor rahbarlari, tuman hokimligi va tashkilot rahbarlari tomonidan oppoq hirmonga o'z hissalarini qo'shayotganlarga katta minnatdorchilik bildirib va hormasin aytib, shuningdek, terim mavsumi boshlangandan buyon faollik ko'rsatib kelayotgan ilg'or terimchilarga qimmatbaho sovg'alar berildi.

#Tumandagi fermer xo'jaliklari hirmonning to'lishida o'z mehnatini ayamayotgan terimchilarga barcha shart-sharoitlar yaratib ularga qo'l-qanot bo'lmoqda.

#Terimchilarning kayfiyatini ko'tarish maqsadida tuman madaniyat bo'limi xodimlari tomonidan konsert dasturlari ham taqdim qilindi.

#Tumandagi barcha fermer xo'jaliklari va paxta hosilini yig'ib-terib olish ishlarida uyushqoqlik bilan qatnashayotgan terimchilarga kuch-quvvat tilaymiz.

#Shuningdek bugun tumandagi hokim yordamchilari óz tashabbuslari bilan chiqib, Biybozor OFY hududidagi "Shuxrat Achil" fermer xójaligida paxta terimida ishtirok etayotgan bólib, paxtadan tushgan 1 kunlik daromadni imkoniyati cheklangan oilalarga hayriya tarzda berishga kelishib olindi.

👉Ma'lumot uchun: Qo‘lda terilgan har kilogramm paxta xomashyosi uchun birinchi terimda 1500 so‘mdan, ikkinchi terimda 1800 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda haq to‘lanadi.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Beruniy tumani Davlat soliq inspeksiyasi xodimlari xayrli tashabbus bilan paxta dalasida

#Bugungi kunda dalalarda yetishtirilayotgan paxta hosilini yig'ib-terib olish ishlari qizg'in davom etmoqda.

#Shu o'rinda Beruniy tumanidagi paxta dalalarida ham o'z mehnatini ayamay hosilning kechiktirmay yig'im-terim ishlarida qatnashayotgan terimchilarimizga alohida e'tibor qaratilmoqda.

#Tumandagi fermer xo'jaliklari hirmonning to'lishida o'z mehnatini ayamayotgan terimchilarga barcha shart-sharoitlar yaratib ularga qo'l-qanot bo'lmoqda.

#Terimchilarning kayfiyatini ko'tarish maqsadida tuman madaniyat bo'limi xodimlari tomonidan konsert dasturlari ham taqdim qilindi.

#Tumandagi barcha fermer xo'jaliklari va paxta hosilini yig'ib-terib olish ishlarida uyushqoqlik bilan qatnashayotgan terimchilarga kuch-quvvat tilaymiz.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Bu yilgi paxta yig'im-terimi mavsumida paxta hosilini yig'ib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil qilinishi davom etmoqda.

#Jumladan, Beruniy tumani 2-sektor hududiga qarashli "Navoiy" ovul fuqarolar yig'inidagi "Islom Reyimboyev" fermer xo'jaligi bu yilgi umumiy yer maydoni 28 gektar paxta dalasidan 100 tonnadan ortiq qilib, paxta hosili yetishtirib, birinchilardan bo'lib shartnomaviy rejani bajardi.

#Shu munosabat bilan paxta dalasida katta bayram tashkil qilindi. Tuman prokurori, 2-sektor rahbari M.Atadjanov va qishloq xo'jaligi bo'yicha tuman hokim o'rinbosari S.O'rinbayev ishsiz hamda vaqtinchalik band bo'lmagan aholidan iborat terimchilarga o'z minnatdorchiligini bildirib, mavsum boshidan paxta terimidi faol ishtirok etib kelgan bir qator terimchilarni qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirladi.

#Terimchilarga qilgan mehnatlari e'tiborga sazovorligi va oppoq hirmonga o'z hissalarini qo'shganlari uchun fermer xo'jaligi raxbari U.Saparov o'z minnatdorchiligini bildirdi. Ularga yuqori kayfiyat ulashish maqsadida konsert dasturi tashkil qilindi va dala boshida dasturxon yoyib, ularga yaxshi kayfiyat ulashdi.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
“Akrom” fermer ho'jaligi oldingilar qatorida paxta topshirish shartnoma rejasini bajardi

#Erta bahordan dalaga ekilgan chigit unib chiqib, yoz faslida amalga oshirilgan agrotexnik tadbirlar natijasida kuzda oq oltin hirmonini yaratadi. Dehqonning mehnati o'z o'rniga tushib, daromadli bo'ladigan vaqti ham kuz oylaridir. Hirmonga baraka deya dala boshiga borar ekansiz, bekor yurgan biron insonni ko'rmaysiz, hamma ish jarayoni bilan band.

#2022-yil hosili uchun Beruniy tumanida 9.200 gektar yerga paxta ekilgan bo'lsa, bugun aholi hosilni yig'ib- terib olish ishlari bilan band. Beruniy tumani 1-sektor hududi Biybozor OFY “Akrom” fermer ho'jaligida bugun katta bayram. Fermer ho'jaligi 2022-yil hosili uchun 300 tonnadan ortiq paxta topshirib shartnoma rejasini muvaffaqiyatli bajardi.

#Shu munosabat bilan mavsum davomida faol ishtirok etgan va yig'im-terim jarayoniga yaqindan yordam bergan barcha terimchilar, fermer ho'jaligi ishchilari munosib taqdirlandi. Bayram dasturxoni yozildi. Beruniy tumani hokimi A.Saparbayev barcha terimchilarga o'z minnatdorchiligini bildirib, sovg'alarni topshirdi. Madaniyat hodimlari ishtirokidagi kontsert dasturi barchaga hush kayfiyat ulashdi. Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati 📄
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Beruniy tumani
#Paxta mavsumi

#Beruniy tumani Shabboz OFY “Urazimbetov Ne'matjon” fermer ho'jaligida paxta yig'im-terim jarayoni ayni avj pallada. Bir tekis ochilgan paxta, bugungi kunda fermer ho'jaligi ishchilari hamda mavsumiy paxta yig'im-terimida ishtirok etayotgan terimchilar tomonidan terilib, hirmonga yetkazilmoqda.

#Shu o'rinda qo'shimcha daromad topishni istagan, ishsiz fuqarolarni hududlardagi paxta dalalarida terimga ko'maklashib, daromad topishga hamda qo'shimcha rag'batlantirishlarga ega bo'lishga chaqirib qolamiz.
Hosilning barakasini bersin! Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati 📄
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Beruniy tumani
“Yashil makon” umummilliy harakati

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida e'lon qtsilingan dolzarb 40 kunlik davomida Mudofaaga ko'maklashuvchi Vatanparvar tashkiloti Beruniy tuman O'quv Sport texnika klubi ishchi xodimlari ham faol ishtirok etmoqda. Iqlim o'zgarishi, ekologik muammolarga qarshi kurashish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.

#Shu sababdan, respublikamiz bo'ylab yashil maydonlarni yanada ko'paytirish orqali ekologik barqarorlikka erishish eng ustuvor vazifadir. Tashkilot hodimlari tomonidan ta'lim maskani atroflariga 300 –tup ko'chat ekildi. Asosan iqlim sharoitiga to'g'ri keladigan tut,olma, ko'p yillik o'rik, uzum ko'chatlari ekilishiga alohida e’tibor berilgan. Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati 📄
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Nosozliklar bartaraf etilmoqda

#Qish faslining qahratoni o'z hukmini o'tkazmoqda. Albatta, bu sharoitda tabiiy gaz va elektr energiyasidagi vaqtinchalik yetishmovchiliklar kuzatilmoqda. Joriy yilning 19-yanvar kuni ham tungi vaqtda Beruniy tumanidagi bir nechta mahallalardagi transformator punktlarida avariyalar kelib chiqdi. Tungi vaqtda tuman elektr tarmoqlari korxonasining maxsus brigadalar ta'mirlash ishlarini olib bordi va hududlar yana elektr energiyasiga ulandi.

#Shu o'rinda hurmatli yurtdoshlar kommunal sohadagi uzilishlar butun respublikamiz bo'ylab kuzatilmoqda. Bu vaqtinchalik holat bo'lib, yaqin kunlarda barchasi bartaraf etilishiga ishonamiz. Ammo, shunday sinovli kunlarda bir-birimizni qo'llab-quvvatlab, yelkadosh bo'lishlik sohada xizmat qilayotgan hodimlar uchun rag'bat bo'ladi. Beruniy tumani hokimligi Аxborot xizmati 📄
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram🥹
#Shu munosabat bilan aholi, ayniqsa, yoshlar o'rtasida Beruniy bobomizning siymosini yanada chuqur anglash, uning ilmiy merosini yaqindan tanishtirish maqsadida Beruniy tumani Sarkop ovul fuqarolar yig'ini hududida joylashgan 48-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida “Biz Beruniy avlodimiz” shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.


Tadbir doirasida “Abu Rayxon Beruniyning jahon ilm-fan sivilizatsiyasigi qo'shgan hissasi” mavzusida ma'naviyat soati tashkil etildi. Ma'naviyat soatida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Beruniy tuman bo'linmasi rahbari P.Razzakova hamda “Beruniy avlodlari” jamoat fondi raisi Q.Shoniyazovlar Beruniyning hayoti va ijodi, avlodlarga qoldirgan ilmiy merosi yuzasidan ma'lumotlar berib o'tdi.