#Beruniy tumani
#Paxta mavsumi
#Maxtumquli OFY

#Beruniy tumani 3-sektor hududi Maxtumquli ovul fuqarolar yig'inidagi โ€œBegijon Saidbekโ€ fermer ho'jaligida 2022 yil hosili uchun ekilgan paxta terim jarayonida. Fermer ho'jaligi paxta dalasida terimchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

#Terimchilarga fermer ho'jalik rahbari tomonidan, mehnat haqlari o'z vaqtida berilib qo'shimcha ravishda sovg'alar ham berilishi tashkil etilgan. El oqsoqollari bilan birgalikda dala boshida paxta hirmoni mo'l bo'lsin deya duoga qo'l ochildi. Bir piyola choy ustida terimchilar birgalikda madaniyat hodimlarining kuy-qo'shiqlaridan baxramand bo'ldi. Terim jarayonida ishtirok eting va daromadli bo'ling.

๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati ๐Ÿ“„
๐ŸŸข Web sayt | ๐Ÿ”ด YouTube | ๐ŸŸ  Instagram | ๐Ÿ”ต Facebook | ๐ŸŸค Telegram
Bu yilgi paxta yig'im-terimi mavsumida paxta hosilini yig'ib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil qilinishi davom etmoqda.

#Jumladan, Beruniy tumani 2-sektor hududiga qarashli "Navoiy" ovul fuqarolar yig'inidagi "Islom Reyimboyev" fermer xo'jaligi bu yilgi umumiy yer maydoni 28 gektar paxta dalasidan 100 tonnadan ortiq qilib, paxta hosili yetishtirib, birinchilardan bo'lib shartnomaviy rejani bajardi.

#Shu munosabat bilan paxta dalasida katta bayram tashkil qilindi. Tuman prokurori, 2-sektor rahbari M.Atadjanov va qishloq xo'jaligi bo'yicha tuman hokim o'rinbosari S.O'rinbayev ishsiz hamda vaqtinchalik band bo'lmagan aholidan iborat terimchilarga o'z minnatdorchiligini bildirib, mavsum boshidan paxta terimidi faol ishtirok etib kelgan bir qator terimchilarni qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirladi.

#Terimchilarga qilgan mehnatlari e'tiborga sazovorligi va oppoq hirmonga o'z hissalarini qo'shganlari uchun fermer xo'jaligi raxbari U.Saparov o'z minnatdorchiligini bildirdi. Ularga yuqori kayfiyat ulashish maqsadida konsert dasturi tashkil qilindi va dala boshida dasturxon yoyib, ularga yaxshi kayfiyat ulashdi.

๐Ÿ‘‰Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
#Ilg'or terimchilar rag'batlantirildi

#Beruniy tumani fermer ho'jaliklari dalasida ayni kunlarda paxta yig'im-terim jarayoni avj pallada. Ayniqsa, uyida ishsiz o'tirgan ayollar va yoshlar terim jarayoniga ko'mak berib, oilasiga qo'shimcha mablag' ishlab topmoqda. Mehnatning noni shirin deb xalqimiz bekorga aytmagan.

#Terimchilarga o'z vaqtida sharoitlar yaratilib tushlikda issiq ovqat va terim pullari berilib kelinmoqda. Paxtakor mahallasidan terim jarayonida ishtirok etayotgan ayol-qizlarga mahalla hokim yordamchisi va Tinchlik OFY Toshxirmon aholi manzilidagi "ZILOLA 11"MCHJ fermer ho'jaligi rahbari birgalikda ilg'or terimchilarni rag'batlantirdi. ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟBeruniy tumani hokimligi axborot xizmati ๐Ÿ“„
๐ŸŸข Web sayt | ๐Ÿ”ด YouTube | ๐ŸŸ  Instagram | ๐Ÿ”ต Facebook | ๐ŸŸค Telegram