#Shu o'rinda fuqarolarimizdan ham uy oldi begona o'tlarini chopib, tozalik ishlariga chiqishlarini so'rab qolgan bo'lar edik. Obodonlashtirish ishlarida birgina mahalla bilan cheklanmasdan, balki aholining jamoatchilik nazoratiga ham bog'liqdir. Fotolarda asosan yo'l chetlaridagi begona o'tlarning ko'pligi, bundan tashqari egasi yo'q uy oldilaridagi holatlar, ko'p qavatli uy-joylardagi achinarli ahvol, oilaviy maktabgacha ta'lim tashkilotining tashqi ko'rinishi, odamlarning yaxshi kunlarida xizmat qiladigan to'yxonaning old qismidagi holatlari aks etgan.

#Tozalik bor joyda baraka bo'ladi. Hurmatli eldoshlar eng aziz bayram mustaqilligimizning 31 yilligi oldidan bu kabi xashar ishlarida faol bo'laylik, zero tozalikni uyimizdan, faoliyat yuritayotgan ishxonamizdan, har kuni o'tadigan ko'chamizdan boshlasak biz atrofimizdagi befarq insonlarga ham o'rnak bo'lamiz.

#Shuning bilan birga postlarimiz davomida mahallalarda olib borilayotgan ishlarga ham to'xtalib o'tamiz. Kamchiliklar bilan birga hududlarda bajarilayotgan ishlarni ham yoritib boramiz. O'rganishlar davom etadi... 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram