Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ўтаётган видеоселектор йиғилишида қишга тайёргарликда йўл қўйилган камчиликларни ҳал этиш масалалари танқидий таҳлил қилинмоқда.
– Менга баландпарвоз гаплар ва рақамлар керак эмас. Жойлардаги раҳбарларнинг ишлари натижасига ижтимоий тармоқларда халқимиз ўзи холис баҳо бермоқда, – деди Шавкат Мирзиёев.
Энергия ресурслари таъминотини яхшилаш чоралари белгиланди, талон-тарожликларга қарши курашиш масалалари муҳокама қилинмоқда.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева проходит видеоселекторное совещание по вопросам устранения недостатков, допущенных при подготовке к зиме.
- Мне не нужны высокопарные слова и цифры. Наш народ сам в социальных сетях дает объективную оценку работе руководителей на местах, - сказал Шавкат Мирзиёев.
На совещании определяются меры по улучшению энергоснабжения, обсуждаются вопросы противодействия хищениям энергоресурсов.

#Mirziyoyev #videoselektor #qish #tahlil

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#QISH FASLINING KO'RKI

O'lkamizda qish fasli hukmron. Qish o'zining ziynatli qori bilan inson va tabiatni siylamoqda. Qishning qirovli kunlarida ham ona shaxrimiz Beruniyning tarovati o'zgacha.
O'zingizni va yaqinlaringizni asrang!

Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maxsus videorolik

#Barchasi aholi farovonligi uchun

#Beruniy tumani 2-sektor faoliyati

#Qish faslidan betalofat chiqish uchun barcha imkoniyatlar safarbar etilgan. Beruniy tumani hokimligi Аxborot xizmati 📄
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram🥹
#Inson qadri ulug'
#Beruniy tumani 1-sektor faoliyati.

#Qish faslidagi sovuq ob-havo saqlanib qolar ekan, aholining issiqlikka bo'lgan talabi oshadi. Beruniy tumanida aholining barcha sohalarda murojaatlarini qabul qilish bo'yicha tashkil etilgan SHTAB faoliyatida tumandagi barcha korxona-tashkilot hodimlari faoliyat olib bormoqda. Natijada, fuqarolarning murojaatlari joyiga chiqqan holda o'rganiladi.

Shayx Abbos Valiy bobo jome' masjidi hududida tashkil etilgan Saxovat uyida esa, 40 ta mahallada aniqlangan 127 ta xonadon ya'ni, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim kechaklar tarqatiladi. Bugun Beruniy tumani hokimi Atabek Saparbayev, Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarma boshlig'i Islam Arziev, sektor rahbarlari va mahalla raislari boshchiligida sovuq ob-havo sharoitida ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarga Mehr harakati doirasida kerakli yordamlar berildi.

1-sektor hududi Abay OFY da 3 ta oila ijtimoiy yordamga muhtoj bo'lib, aynan o'rganishlar davomida uy ta'miriga muxtoj deb topilgan. Mazkur oilalarga qish faslidan betalofat chiqishlari uchun oziq-ovqat va ko'mir mahsulotlari berildi.
#Nosozliklar bartaraf etilmoqda

#Qish faslining qahratoni o'z hukmini o'tkazmoqda. Albatta, bu sharoitda tabiiy gaz va elektr energiyasidagi vaqtinchalik yetishmovchiliklar kuzatilmoqda. Joriy yilning 19-yanvar kuni ham tungi vaqtda Beruniy tumanidagi bir nechta mahallalardagi transformator punktlarida avariyalar kelib chiqdi. Tungi vaqtda tuman elektr tarmoqlari korxonasining maxsus brigadalar ta'mirlash ishlarini olib bordi va hududlar yana elektr energiyasiga ulandi.

#Shu o'rinda hurmatli yurtdoshlar kommunal sohadagi uzilishlar butun respublikamiz bo'ylab kuzatilmoqda. Bu vaqtinchalik holat bo'lib, yaqin kunlarda barchasi bartaraf etilishiga ishonamiz. Ammo, shunday sinovli kunlarda bir-birimizni qo'llab-quvvatlab, yelkadosh bo'lishlik sohada xizmat qilayotgan hodimlar uchun rag'bat bo'ladi. Beruniy tumani hokimligi Аxborot xizmati 📄
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram🥹
#Bugunning mavzusi
#Qish faslida issiqxonalarda yetishtirilayotgan mahsulotlar

To’liq tanishing👉👉 https://beruniy-tumani.uz

Har bir hududning iqtisodiy barqarorligi va rivojlanishi shu hududdagi tadbirkorlarning sog'lom raqobatiga bevosita bog'liq. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanayotgan fuqarolarning bugungi kundagi muommolari nimalardan iborat, ichki va tashqi eksport bozoriga yo'naltiriladigan mahsulotlarni tuman sharoitida yetishtirish qay darajada amalga oshirilayabdi?

Beruniy tumani hokimi Atabek Saparbayev “Kashfiyotchi yoshlar” hususiy korxonasiga qarashli gidroponika uslubidagi issiqxona bilan tanishdi. Qish faslida yetishtirilayotgan pomidor mahsuloti oldingi yillarda ichki bozorga yo'naltirilgan bo'lsa, 2023-yilda esa eksport qilish bo'yicha reja qilingan.
👉👉BATAFSIL
Beruniy tumani hokimligi Аxborot xizmati 📄
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#QISH ZIYNATI

Tun qorong'usini bezagan oppoq qor ijod ahlini yanada ruhlantirgan. Tungi Beruniyning betakror tasvirlari.