#Xalq dardi bilan yashash...

#Yaxshilik va ezgulikning chegarasi yo'q. Insoniylikning eng katta ko'rinishi bu o'zaro yordamdir. Beruniy tumani Navoiy OFY da istiqomat qilayotgan S.Yusupovning yashayotgan xonadonida baxtsiz hodisa sabab, yong'in kelib chiqqan. Yong'in oqibatida uyning katta qismiga zarar yetgan.

#Tuman hokimi A.Saparbayev va 2-sektor rahbari M.Atadjanov uy egalirining holidan xabar olib, ularga 20 mln so'm miqdordagi mablag'ni uyni tiklab olish uchun yordam tariqasida berdi. Bundan tashqari homiylar tomonidan ham yordamlar berilib, hozirda imorat tiklash ishlari olib borilmoqda.

#Uy egalari o'zlariga ko'rsatilatgan yordam qo'llaridan minnatdorligini bildirib, rahbariyatning g'amho'rligidan ko'ngli to'lganini yashirib o'tirmadi. Xalq ichida yurish, ularning dardini his qilish har bir rahbarning vazifasi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram
#Yaxshilik va savob ishlarda birdam bo'laylik.
“Mehr harakati” davom etmoqda
#3-sektor hududi

#Beruniy tumanida ijtimoiy yordamga muhtoj, ehtiyojmand xonadonlarni o'rganish, ularga yaqindan har tomonlama yordam berish bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasidan biriktirilgan ishchi guruh bilan birgalikda o'rganish ishlari olib borildi. Avval bu borada tumanda 74 uy aniqlangan bo'lsa, hozirda bu ko'rsatgich 127 tani tashkil etdi.

#Har bir xonadonda qurilish-ta'mirlash ishlari olib borish zarurligi, o'rganishlar natijasida aniqlandi. Beruniy tumani 3-sektor rahbari M.Muratov sektor hududidagi Yangiobod mahallasi hamda Mahtumquli ovul fuqarolar yig'inidagi xonadonlarni o'rganib, uy-joy ta'miri bo'yicha tushuntirish ishlarini olib borgan bo'lsa, har bir xonadonga oziq-ovqat mahsulotlari va ko'mir yetkazib berildi. Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati 📄
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Yaxshilik va savob ishlarda birdam bo'laylik.
#Hurmatli beruniyliklar!

#Savob ishlar sirasiga yaxshi va ezgu ishlar, ya'ni jamiyatga foydasi tegadigan amallar kiradi. Yaxshilik va savob ishlarda birdam bo'lish beruniyliklarga xos fazilatlardan va yurtning og'izbirchiligidan darak. Beruniylik sahovatpesha yurtdoshlar, joriy yilning 28 dekabr kuni soat 9:00 da Shayx Abbos Valiy jome' masjidi yonidagi Saxovat uyida “Mexr harakati” yana davom etadi. “Mehr harakati” davomida ko'plab oilalarning ehtiyojiga zarur mahsulotlar va kiyim-kechaklar yetkazib berildi.

Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar agar sizda, imkoniyatingiz darajasida ehson qilinadigan buyumlar, kiyim-kechaklar yoki oziq-ovqat mahsulotlari bo'lsa, ehson qilish orqali tumandagi muxtoj oilalarga yetkazib beriladi. Savob ishni har kim har kun qilishi lozim.

Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati