#Tadbir

"Buyuklarni yod etib"

Beruniy tumani XTB ga qarashli 49- uumumiy órta ta'lim maktabining ona tili va adabiyoti fani óqituvchilari tomonidan Alisher Navoiy va Zaxiriddin Muxammad Bobur tavalludiga baǵishlangan tadbirlar bólib ótdi. Óquvchilar tomonidan shoirlar ijodiga oid ǵazal,ruboiylar aytilib, sahna kórinishlari namoiyish etildi.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
#Tadbir

Buyuk shoir va mutafakkir ǵazal mulkining sultoni Alisher Navoiy, shox va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan Beruniy tumani 2-sektor hududidagi Navruz va Paxtakor mahallasi bilimdon yoshlari órtasida sektor rahbari hamda mahalla yoshlar yetakchisining tashabbusi bilan Zakovat inttelektual óyini bólib ótdi.

Qiziqarli mantiqiy savollar bilan bólib ótgan óyin yakunida dóstlik ǵalaba qozondi. Ishtirokchi yoshlarning barchasi faxriy yorliq va sektor rahbari tomonidan badiiy asarlar bilan taqdirlandi.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati

https://t.iss.one/beruniy_news
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tadbir

#Beruniy tumani

1979-1989 yillarda Afǵonistondagi urush harakatlari tugatilganligining 33 yilligi munosabati bilan ótkazilgan bayram tadbirlari

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
#Diqqat, diqqat!!!
#Tadbir-tanlov...

#Tumanimizdagi umumta'lim maktablarida “Kitob markazi-kitob dunyosi” TSM xamda tuman Xalq ta'limi bo'limi tomonidan “Eng kitobxon maktab” tanlovi e'lon qilindi. Tanlov 23 aprelgacha davom qiladi.
Tanlov 2 ta nominatsiya bo'yicha tashkil qilinadi:
1. Eng ko'p kitob xarid qilgan maktab...
2. O'quvchi va o'qituvchilari jon boshiga hisoblaganda eng ko'p kitob xarid qilgan maktab.

(Bunda har bir o'quvchiga o'rtacha hisobda kamida 3 tadan to'g'ri kelishi kerak. Bu holatda o'quvchilari kam bo'lgan maktablar xam tanlov g'olibi bo'lish imkoniyati mavjud).

Tanlov g'oliblari “Kitob markazi-kitob dunyosi” TSM va tuman Xalq ta'limi bo'limi tomonidan 27 aprel kuni qimmatbaxo sovg'alar bilan taqdirlanadi.
Tanlovni yaxshi, uyushqoqlik bilan tashkil qilib 1, 2, 3, 4, 5-o'rinni egallagan maktab raxbarning shaxsan o'ziga TELEVIZOR (har biriga bittadan) va keyingi o'rin (6, 7, 8, 9, 10-o'rin) soxiblariga xam qimmatbaxo sovg'alar beriladi.

#Shoshiling! Harakat qiling va tanlovda g'olib bo'ling!
“Vatanimga tayanchman” shiori ostida “Harbiy vatanparvarlik “ tadbiri oʼtkazildi.


#Oʼzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʼmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Beruniy tuman Oʼquv sport texnika klubida “Vatanimga tayanchman” shiori ostida Beruniy tuman xalq taʼlimi boʼlimiga qarashli №46-umum taʼlim maktab oʼquvchilari uchun Jismoniy tarbiya fani oʼqituvchisi Yuldashev Izzat boshchiligida “Ochiq eshiklar” harbiy vatanparvarlik tadbiri oʼtkazildi.
#Tadbirni "Vatanparvar" tashkiloti Beruniy tuman oʼquv sport texnika klubi boshligʼi Sh.Matsapaev ochib berdi va tashkilot faoliyati, uning rivojlanish yoʼllari, jamiyatda tutgan oʼrni va ommaviy texnik kasblarga oʼqitish kurslari faoliyati toʼgʼrisida tadbir ishtirokchilariga tushuncha berdi.

#Tadbir qatnashchilariga tashkilot avtomototransport haydovchilarini tayyorlash boʼyicha kurslar oʼquv xonalari, trenajerlari, oʼquv avtomobillari, sport seksiyalari, sport velosipedlari, kartinglar, havo bosimli qurollar namoyish qilindi.

#Oʼquvchilarga oʼtgan qisqa davrda yangi Mudofaa doktrinasi qabul qilingani, harbiy tuzilmalarning tarkibi va vazifalari chuqur qayta koʼrib chiqilgani, qoʼshinlarni boshqarish tizimi takomillashtirilgani, milliy armiyamizni zamonaviy qurol-yarogʼ va texnika vositalari bilan taʼminlash boʼyicha oʼta muhim loyihalar amalga oshirilgani aytib oʼtildi.

🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan joylarda tadbirlar tashkil etildi

#9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Beruniy tumanidagi 33-sonli davlat
maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalarni majburiy boshlang'ich ta'limga bepul tayyorlov
guruhida tadbir tashkil etildi.

#Tadbir davomida tarbiyalanuvchilar tomonidan vatanni ulug'lash, ota-onani qadrlash, ona tabiatga to'g'ri munosabatda bo'lish mavzusidagi she'rlar aytilgan bo'lsa, turli millat vakillarining qo'shiqlariga ijro etilgan raqslar tadbir ishtirokchilarini yanada xursand qildi.
“Besh tashabbus san'at bilan” shiori ostidagi musiqali tadbir, san'atga qiziquvchi yoshlarning bu sohaga ilk qadam bilan kirib kelishida katta rol o'ynadi.

#Tadbir yakunida maktab direktori Nazira Shamuratova XTB tomonidan tashakkurnoma va maxsus sovg'a bilan taqdirlandi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Tadbir davomida oromgohdagi yoshlar o'rtasida “MEN SEVGAN ADIB” shiori ostida insholar tanlovi o'tkazildi. Oromgohdagi yoshlar yurtimizning atoqli insonlari “Ernazar alako'zning kurashi” mavzusida sahna ko'rinishlarini namoyish qildi.


#G'olib bo'lgan va o'z san'atini ko'rsatib bilgan yoshlar Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Beruniy tumani bo'linmasi tomonidan, diplom va kitoblar to'plami bilan taqdirlandi. O'quvchilarning yozgi dam olish maskanlaridagi teatrlashgan sahna ko'rinishlari ma'naviy muhitning yanada yaxshilanishiga sabab bo'ladi.

🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram |
#IIB YXXB xabarnomasi
Qonuniy talabga bo'ysunmagan avtomobil boshqaruvchisiga ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi

#Beruniy tumanida Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV YXXB 2-safarbarlik guruxi YPX inspektorlari hamda Beruniy tumani IIB YXXB xodimlari bilan birgalikda tuman hududida yo'l transport xodisalarining oldini olish maqsadida tadbir olib borildi.

#Tadbir davomida Beruniy tumanida yashovchi M.M ismli shaxs o'zining boshqaruvidagi Lasetti rusumli 95W333KA davlat raqamli avtomashinasini boshqarish jarayonida YPX xodimlarining qonuniy talablariga bo'ysinmasdan xarakatlanganligi sababli avtomashina to'xtatilib, vaqtinchalik jarima maydonchasiga qo'yildi hamda ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Hurmatli avtomashina boshqaruvchilari, yo'l harakati qoidalariga amal qiling. Sizning nojo'ya harakatlaringiz insonlarning hayotiga xavf tug'dirishi mumkin.

Beruniy tumani IIB YXXB
#Bugun
#Bilimlar kuni

#Beruniy tumani Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i, tuman hokimining o'rinbosari Sayyora Kozieva Tinchlik OFY hududidagi XTB ga qarashli 60-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida, yangi o'quv yilining boshlanishi va birinchi qo'ng'iroq tadbirida ishtirok etdi.

#Tadbir davomida tuman hokimining bayram tabrigini o'qib eshittirdi. 1-sinflar uchun maxsus Prezident sovg'alarini o'quvchilarga topshirib o'qishlarida omad tiladi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram
#Tadbir doirasida o'quvchilarning ijodiy ishlaridan ko'rgazmalar tashkil etilib, tomashabinlar uchun konsert dasturlari namoyish etildi. “Ochiq eshiklar” kuniga tashrif buyurgan mehmonlarga to'garak rahbarlari tomonidan master klasslar tashkillashtirildi.

#Tadbirda to'garak a'zolarining maxoratlari bilan tayyorlangan ijodiy ishlar ko'rgazmasi tashkil etildi. 2021-2022 o'quv yil davomida o'tkazilgan tadbirlarda yosh avlodga ta'lim-tarbiya berishda mexnatlarni ayamagan uslubchi va bir guruh to'garak rahbarlari maktab ma’muriyati tomonidan taqdirlandi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram
#Beruniy_tumani
#1-oktyabr "Óqituvchi va murabbiylar" kuni

"Bilaǵon Bolajon" nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotida 1-oktyabr "Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan bayram tadbiri bólib ótdi.

#Tadbir davomida bolajonlarning tabrigi va kuy qóshiqlari ustoz va tarbiyachilari uchun  ijro qilindi.

Kótarinki ruhda ótkazilgan bayram bolajonlarning quvnoqligi va xush kayfiyati bilan davrani yanada chiroyli qildi.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
#Bugun
#Beruniy tumanida
#Yil ayoli milliy tanlovi
#Hunarmandlar kórgazmasi

#Bugun bólib ótgan tanlovlarda ayol- qizlarning jamiyatda, oilada va bósh vaqtlarida nimalar bilan shuǵullanishining guvohi bóldik. Bekorga ayolning qirq joni bor deb aytilmas ekan.

#Har sohada ilǵor, chaqqon va zukko ayollarning bilimlari sinovdan ótkazilib, munosib taqdirlandi.

#Ózaro hurmat, dóstlik va birdamlik ishtirokchilarda mujassam bóldi.

#Tadbir yakunida turli nominatsiya egalariga tuman hokimining tashakkurnomasi ǵoliblarga esa diplomlar topshirildi va keyingi respublika bosqichiga yóllanmani qólga kiritdi.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
#Bugun
#Shuxrating porlasin toki bor jahon

10-dekabr Ózbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Beruniy tumanidagi XTB ga qarashli 48-60- sonli umumiy órta ta'lim maktablarida bayram tadbirlari tashkil etildi.

#Tadbir davomida madhiya qabul qilinishi jarayonlari haqida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bólinmasi rahbari P.Razzakova tóxtalib ótdi.

Maktab óquvchilari tomonidan Zakovat intellektual óyini hamda ochiq dars  tashkil etildi.

👉Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati