#Sektorlar faoliyatidan
📌Aholi va yoshlar bilan uchrashuv. Murojaatlar o'rganilmoqda.

Beruniy tumani 2-sektor rahbari tomonidan cektor hududidagi Lolazor mahallasida aholi va yoshlar bilan sayyor qabul bo'lib o'tdi. Qabul davomida aholidan kelib tushgan murojaatlar o'rganildi. 2022 yil “Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yilida” fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimining yangi bosqichga ko'tarilishi shuningdek, har bir murojaatga individualyondoshgan holda o'rganish bo'yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.

📌Beruniy tumani hokimligining rasmiy veb sayti
👇👇
Matn bilan to'liq tanishish https://beruniy-tumani.uz/
#Sektorlar faoliyatidan
1-sektor rahbarining aholi va yoshlar bilan sayyor qabuli bo'lib o'tdi.

📌Ahoi bilan uchrashuvlar tashkil qilish, ularning murojaatlarini o'rganish orqali hududdagi kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan Beruniy tumani sektor rahbarlari tomonidan sayyor qabullar o'tkazilmoqda.
Beruniy tumani hokimi, 1-sektor raxbari A.Saparbayev Nayman MFY da aholi va yoshlar bilan sayyor qabul o'tkazdi. Qabul davomida aholidan uyali aloqa sifatini yaxshilash, elektr transformatorlarini ta'mirlash, ichki yo'llarni ta'mirlash va tadbirkorlik uchun imtiyozli kredit ajratish masalalarida murojaatlar bo'ldi. Murojaatlar nazoratga olinib, tegishli mas'ullarga topshiriqlar berildi.

👉Beruniy tumani hokimligining rasmiy veb sayti

Matn bilan to'liq tanishish👇👇
https://beruniy-tumani.uz/
#Sektorlar faoliyatidan
Aholi murojaatlarini o'rganish

Bugun Beruniy tumani 3-sektor Do'stlik OFY hududida tuman hokimi Atabek Saparbayev va sektor rahbarlarining aholi bilan sayyor qabuli bo'lib o'tdi. Qabul davomida fuqarolardan 8 ta murojaat kelib tushgan bo'lib, shundan 3 ta murojaat joyida hal qilindi. Abay va Do'stlik OFY hududida aholi harakatlanishi uchun ko'prik qurish lozim bo'lib, bu masaladagi murojaat ijobiy hal qilindi qurilish ishlari ertangi kundan boshlanadigan bo'ldi. Shuningdek, aholini ko'mir bilan ta'minlash bo'yicha fuqarolardan kelib tushgan murojaat ham joyida yechim topdi.

Tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun yer ajratish hamda oqava suvning yetib kelishi masalasiga esa tushuntirishlar berildi. Xalq murojaatlari bilan ishlash, muommolarni joyida hal qilish bu har rahbarning asosiy vazifasidir. Shundagina biz yangi O'zbekistonni qurish yo'lida, inson qadrini ulug'lash tamoyilining amaldagi natijasini isbotlagan bo'lamiz. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Sektorlar faoliyatidan
SPORTGA OSHNO YOSHLAR

Hududlarda yoshlar yetakchilarining faolliyati asosan maktab o'quvchilari va yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, ularning ma'naviyatini yanada rivojlantirishdan iborat. Sog' tanda sog'lom aql mazkur shiorga amal qilgan holda besh tashabbusning ikkinchi yo'nalishi bo'yicha, Beruniy tumani 4-sektor hududi Shimom OFY da joylashgan 52-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining sport zalida og'ir atletika bo'yicha o'g'il va qiz bolalar o'rtasida musobaqa bo'lib o'tdi. Turli vazn toifasida bellashgan yoshlar sektor rahbari tomonidan medal va qimmatbaxo sovg'alar bilan taqdirlandi.

🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Sektorlar faoliyatidan
📌Beruniy tumani hokimi boshchiligida sayyor qabul

🔻Aholi murojaatlari bilan tizimli ishlash jarayonining natijasi murojaatlarning o'z vaqtida hal etilishi bilan bog'liqdir. Bu borada tuman sektor rahbarlarining sayyor qabullari alohida ahamiyat kasb etadi. Beruniy tumani hokimi A.Saparbayev rahbarligidagi 1-sektor hududi Abay OFY da aholi bilan sayyor qabul bo'lib o'tdi.

🔻Eng avvalo 2021 yilgi “Obod qishloq” davlat dasturi asosida Abay OFY dagi 24 sonli umumta'lim maktabiga qo'shimcha bino qurilgan, bu ham aholining qabul jarayonidagi murojaatlarining natijasidir. Fuqarolardan turli mazmundagi murojaatlar kelib tushdi. Kredit va yer ajratish bo'yicha tushuntirishlar berildi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Mobil intervyu
#Sektorlar faoliyati

📌Beruniy tumani 4-sektor rahbari tomonidan hududdagi ehtiyojmand va ijtimoiy daftarda turgan oilalarga parranda kópaytirish inkubatorlari berildi.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati

https://t.iss.one/beruniy_news
#Sektorlar faoliyatidan
Saroyko'l aholisining murojaatlari tinglandi

Aholining murojaatlari bilan tizimli ishlash borasida Beruniy tumani sektor rahbarlarining sayyor qabullari o'z natijasini bermoqda. 4-sektor hududidagi Saroyko'l mahallasida yoshlar va aholi bilan bugun shunday qabul jarayoni bo'lib o'tdi. Sektor rahbarlari mahalladagi hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi, aholidan kelib tushgan murojaatlar bo'yicha tushuntirish berib o'tdi. Jami 12 ta murojaat o'rganildi.
2 ta masala elektr energiyasi, 2 ta ichki yo'llarni ta'mirlash, subsidiya asosida uy-joy olish tartibi tushuntirilgan bo'lsa, kadastr hujjatlarini to'g'irlash, yer ajratish va kredit olish tartibi atroflicha tushintirildi. Bundan tashqari doimiy ish bilan bandligini ta'minlashni so'ragan 1 nafar yoshning muammosi ijobiy hal etilib,Obodonlashtirish korxonasiga ishga joylashtirildi. Ochiq byudjet loyihasida ishtirok etish tartibi ham tushuntirildi.
🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
#Sektorlar faoliyatidan

Beruniy tumani 2-sektor U.Jumaniyozov mahallasi hududidagi uzunligi 1 kilometr bólgan, Tulpor kóchasiga aholi murojaatiga asosan, sektor rahbari tomonidan qum-shaǵal aralashmasi tókib berilib murojaat ijobiy hal qilindi va shu yerlik fuqarolar óz minnatdorchiligini izhor etdi.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
https://t.iss.one/beruniy_news
#Sektorlar faoliyatidan
📌Xonadonlarda o'rganishlar natijasi
📌Murojaatlar o'rganildi.

🔻Oilalarning yaxshi yashashiga sababchi bo'lish, oz bo'lsada yordam berish insoniy fazilatlarning biridir. Ayniqsa bu borada sektor rahbarlarining ishlarini alohida aytib o'tishni lozim topdik. Beruniy tumani 4-sektor hududidagi mahallalarda o'tkazilgan o'rganishlar natijasida ehtiyojmand oilalarning murojaatlari o'rganilgan edi.

🔻Shabboz OFY da istiqomat qilayotgan, boquvchisini yo'qotgan oila holidan xabar olinib, yangi eshik berilgan bo'lsa, Bunyodkor mahallasi va Shimom ovul fuqarolar yig'inida yashovchi bemorlarning murojaatiga ko'ra shifokorlar tekshiruvidan o'tishi uchun sharoit yaratib berildi. Sektor kotibi Otabek Xaytov xonadon egalari bilan suhbatlashib, o'z o'rnida muammolarini ham o'rgandi. 👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati

https://t.iss.one/beruniy_news
#Sektorlar faoliyatidan
#Aholi va yoshlar murojaati

Beruniy tumani 4-sektor hududi, Obi-Hayot mahalla fuqarolar yig'inida sektor rahbarining aholi va yoshlar bilan sayyor qabuli bo'lib o'tdi. Qabul davomida 11 ta murojaat kelib tushgan bo'lsa, ichki yo'llarni ta'mirlash, elektr energiya liniyalarini yangilash, shuningdek, 4 nafar yoshlarga mexnat qurollari berish va doimiy ish bilan ta'minlash masalalari ko'rib chiqildi. Tadbirkorlik qilish maqsadida yer o'rni ajratish va kredit olish masalalari atroflicha tushintirildi.

🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#JARAYON
#Beruniy tumani 2-sektor faoliyati


#Sektorlar kesimida ish faoliyatini olib borish aholi murojaatlarining o'z vaqtida hal bo'linishiga sabab bo'ladi. Beruniy tumani 2-sektor hududida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishar ekanmiz so'zimiz o'z isbotini topdi.

#Beruniy tumani 2-sektor hududida 3 ta OFY va 7 ta MFY (Navoiy, Tinchlik, Sarkop OFYlar va Lolazor, Bo'ston, Birlik, Paxtakor va Navro'z MFYlar) jami 10.269 ta xonadonlarda 52. 990 nafar aholi istiqomat qilib, shundan 23.881 nafarini hotin-qizlar va 10.872 nafarini yoshlar (18-30 yoshgacha) tashkil qiladi.


#Hozirgi kunga kelib “Temir daftar”da 480 ta oilalarning 2196 nafar a'zolarining 645 nafarining bandligi ta'minlangan hamda 602.8 mln so'mlik har xil turdagi yordamlar ko'rsatilib daftardan chiqarilgan. Hozirda mavjud 26 ta oila moddiy qo'llab-quvvatlanib kelinmoqda.
#Beruniy tumani
#Yashil makon
#Dolzarb 40 kun
#Sektorlar faolligi

#Yashil makonlarni yaratish, tabiatni asrash har birimizning burchimizdir. Shu o'rinda davlat rahbarining bu boradagi tashabbusini qo'llab-quvvatlagan xalqimiz, yaxshidan bog' qoladi deya ko'chat ekish ishlariga kirishib ketdi. Dolzarb 40 kun davomida Respublikamizning har bir joyida yashil makon umummilliy harakati olib boriladi.

#Bugun Beruniy tumanidagi 4 sektor rahbarlari hududlarda yashil makon yaratish ishlariga o'z hissalarini qo'shdi. 2-sektor rahbari M.Atadjanov Palvosh MFY hududida ko'chat ekish ishlarini olib borgan bo'lsa, 3-sektor rahbari M.Muratov Ozod OFY hududidagi 15-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida yoshlar uchun yaratilayotgan bog'da yashil makon yaratishga o'z hissasini qo'shdi. Ko'chat ekish ishlari 20-oktyabrda boshlangan bo'lib, 1-dekabrgacha ya'ni 40 kun davomida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati 📄