Президент Шавкат Мирзиёев Уруш ва меҳнат фахрийлари учун республика пансионатини бориб кўрди. Бу ерда яратилган шароитларни кўздан кечирди, муассасада яшаётган фахрийлар билан суҳбатлашди.
Шу ернинг ўзида мамлакатимиздаги барча «Саховат» ва «Мурувват» уйларидаги шароитларни, тиббий-ижтимоий хизматларни яхшилаш масалалари муҳокамасига бағишланган учрашув ҳам бўлиб ўтди.
Мутасаддиларга тегишли топшириқлар берилди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил Республиканский пансионат для ветеранов войны и труда, где ознакомился с условиями проживания и лечения престарелых, побеседовал с ветеранами, проживающими в учреждении.
Здесь же состоялась встреча, посвященная обсуждению мер по улучшению условий, медицинского и социального обслуживания во всех домах «Саховат» и «Мурувват».
Ответственным лицам даны соответствующие поручения.

#Mirziyoyev #uchrashuv #nuroniylar #mehretibor

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Nuroniylar saboqlari


#Mahalla nuroniylarining yoshlar bilan uchrashuvi har tomonlama o'quvchilarga ma'naviy ozuqa bo'lishi bilan birgalikda, tarbiyaviy ahamiyati kuchlidir. Beruniy tumani mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash bo'limi bilan hamkorlikda mahalladagi ta'lim maskanlarida yoshi ulug', uzoq yillar mexnat qilgan tajribaga ega faxriylar bilan davra suhbatlari tashkil etilmoqda.


#Shimom ovul fuqarolar yig'ini hamda Jayxun mahallasidagi maktablarda o'tkazilgan uchrashuvlarda o'quvchilarga odob-ahloq, jamiyatimizda bo'layotgan ijobiy o'zgarishlar, bilim olishning ahamiyati nuroniylar tomonidan tushuntirildi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Nuroniylar salomatligi doimiy kuzatuvda

#Qizilqal'a ovul fuqarolar yig'ini hududidagi oilaviy shifokorlik punkti shifokorlari va mahalla ayol-qizlar faoli bilan hamkorlikda, nuroniy onaxonlar va chaqaloqlarni uy sharoitida tibbiy ko'rikdan o'tkazish ishlari tashkil etildi.

#Ko'rik natijalari bo'yicha kerakli tavsiyalar berildi. Mahallabay ishlar Beruniy tumani bo'ylab davom etmoqda. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Beruniy tumani
#Nuroniylar bilan uchrashuv

📌Faxriy nuroniylarni qadrlash ularga ehtirom kórsatish azal azaldan xalqimizga hos xusuiyat. Muborak rózai ramazon oylarida nuroniylar holidan habar olish borasida yoshlarga órnak bólish vazifamiz hisoblanadi.

📌Islom olamidagi qutluǵ oy Ramazon tuhfasi va 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Beruniy tumani 2-sektor hududidagi Lolazor mahallasida "Nuroniylarga ehtirom" nomli bayram tashkil etildi.

📌Bayramda yoshi uluǵ nuroniylar hududning hoji ona va hoji otalari ishtirok etdi. Bayram shukronalik ruhida bir piyola choy ustida, madaniyat hodimlarining konsert dasturlari bilan davom etdi.

👉2-sektor rahbari M.Atajanov, Lolazor MFY raisi O.Rajapbayev, hokim yordamchisi D.Abdullayev, yoshlar yetakchisi, mahalla ayol-qizlar faoli tadbir davomida nuroniylarning mazmunli dam olishida munosib hissa qóshdi.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
#Nuroniylar e'zozda

#Shu nomdagi tadbir bugun Beruniy tumanidagi 2-sektor hududi O'.Jumaniyozov mahalla fuqarolar yig'inida bo'lib o'tdi. Hududning yoshi ulug' nuroniy otaxonlari va onaxonlariga izzat-hurmat ko'rsatilib, bir piyola choy ustida faxriy nuroniylar bugungi kunga shukronaliklarini bildirdi.

#Inson qadri ulug' diyorda, nuroniylar e'zoz va hurmatdadir. Nuroniylarning duoga ochilgan qo'llari va pok niyatlari yurtimiz tinchligi, dasturxonimiz to'kin-sochinligi va shukronaligiga yo'g'irilganligi bilan ahamiyatli ekanligini yana bir bor isbotladi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maxsus viderolik
#Nuroniylar hamisha e'zozda
#1
-qism
#Beruniy tumanining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-ma'naviy hayotida fidokorona mexnat qilgan faxriylarning bugungi kunga shukronaligi.

Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maxsus viderolik
#Nuroniylar hamisha e'zozda
2-qism

#Beruniy tumanining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-ma'naviy hayotida fidokorona mexnat qilgan faxriylarning bugungi kunga shukronaligi.

Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
#Nuroniylar holidan xabar olindi.

#Beruniy tumani mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash tuman bo'limi tomonidan, mahalladagi nuroniylar holidan xabar olindi.

#Nuroniylar bo'yicha mas'ul F.Annasaparov qariyalarga oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib, ularning duolarini oldi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram |
#Beruniy_tumani
#Nuroniylar e'zozda

#Ko'p yillar sud huquq tizimida samarali faoliyat yuritgan Murod Tajibaev bugun nafaqada, nevaralari qurshovida izzat hurmatda.

O'zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo'llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg'armasi vasiylik kengashining 2022-yil 6-maydagi 2-sonli Qaroriga asosan Murod Tajibaev 1-darajali “Mexnat faxriysi” ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash vaziri o'rinbosari T.Abdijabbarov, Mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash tuman bo'limi rahbarlari bilan birgalikda M.Tajibaev xonadoniga tashrif buyurib yuksak unvonni egasiga topshirdi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram |
#Manaviyat_festivali_Beruniyda
#Online
#Nuroniylar e'zozda

Uzoq yillar yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga munosib hissa qóshgan Beruniylik mexnat faxriysi Baxtiyor Eschanov xonadonida bólgan festival ishtirokchilari Baxtiyor akaning faoliyati bilan tanishib, bugungi dorulomon kunlarga yetishish, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar borasida suhbatlashdi.

Tinchlik, shukuronalik bu sóz zamirida yotgan chuqur ma'no nuroniylar nigohida har bir sózida mujassam.

📌Suxbat davomida festival ishtirokchilari Beruniy tumanida yuz berayotgan ózgarishlar, bunyodkorlik ishlarini bugungi zamon bilan hamnafas amalga oshirilayotgani, buning asl mohiyatida esa inson qadr-qimmatini uluǵlash, fuqarolar bugun yaxshi yashashi kerak degan ǵoya yotishini yana bir bor suhbat davomida ta'kidlab ótdi.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
#Nuroniylar ko'hna Xiva tarixiy obidalariga sayoxat qildilar

#3-9-oktyabr kunlari mamlakatimizda “Keksalar xaftaligi” deb belgilangan. Nuroniylarni e'zozlash, ularga hurmat ko'rsatish, duolarini olib o'gitlariga quloq tutish yoshlarning vazifasi hisoblanadi. “Keksalar xaftaligi” doirasida bir qancha tadbirlar rejalashtirilgan.

#Xaftalik doirasida Beruniy tumani Mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash bo'limi tomonidan, 50 nafar faxriy nuroniylar ko'hna Xiva shaxriga sayohat qildilar. Qadim tarixdan so'zlovchi obidalar bilan tanishib, ziyorat qildi. Bugungi kunga shukronalar aytib, yurtimizning rivojini tilab duoga qo'l ochishdi. 🇺🇿 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati 📄
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Nuroniylar e'zozda

#Keksalar xaftaligi doirasida Mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash Beruniy tumani bo'limi tomonidan, nuroniylarning holidan xabar olindi.

#Xususan 1-sektor hududidagi Abay, Biybozor, Mustaqillik va Oltinsoy hududlarida Fozil Annsaparov keksalarga oziq-ovqat mahsulotlari berib, ularning duolarini oldi. Bugungi kunga shukronaliklarini bildirgan keksa avlod vakillarining ugit-nasihatlari barchamizga hayot saboqlarini berishi bilan ahamiyatlidir. 🇺🇿Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati 📄
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Onlayn
#Beruniy_tumani
#Nuroniylar haftaligi

#Bugun hamisha e'zozimizdagi faxriylar nuroniylar uchun alohida bayram tadbiri.

#Mamlakatimizda oktyabr oyining birinchi ón kunligi "Nuroniylar haftaligi" bólib, haftalik davomida faxriy nuroniylar holidan xabar, olindi tarixiy shaxarlarga sayoxatlar uyushtirildi.

#Ayni paytda Beruniy tumanidagi muhtasham "Registon" tantanalar uyida nuroniylar bir piyola choy ustida ózaro suhbatlashib, bugungi kunga shukronalar aytmoqda.

#Beruniy tumani hokimining birinchi órinbosari U.Matirzayev bugungi tadbirni ochib berdi.

#Qoraqalpoǵiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qóllab-quvvatlash vazirining órinbosari T.Abdujabbarov Beruniy tumanidagi nuroniylarni bayram bilan tabrikladi.

#Madaniyat hodimlarining kuy qóshiqlari bilan bayram tadbiri kótarinki ruxda ótmoqda.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
#Nuroniylar e'zozda

#Beruniy tumanida faxriy nuroniylar bilan o'tkazilayotgan tadbirlar bilan birga, ularning holidan xabar olish ayniqsa, tumanning rivojida o'z hissasini qo'shgan bugun qarilik gashtini nevaralari huzurida o'tkazayotgan nuroniy onaxonlar ko'pchilikni tashkil etadi. Mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash tuman bo'limi tomonidan, Navoiy mahallasida istiqomat qilayotgan 87 yoshni qarshi olgan Narjon momo Jumaniyazovaning holidan xabar olindi.

#N.Jumaniyozova 1946-yilda tashkil etilgan “Paxtakor” (hozirgi "Xalq minbari") gazetasining redaktori bo'lishi bilan bir qatorda uzoq yillar maktabda tarix fanidan o'qituvchi bo'lib faoliyat yuritgan. O'tgan kunlarni eslab bugungi kunga shukronaligini aytib, yoshlarning baxt iqbolini istab duoga qo'l ochgan momoning ezgu niyatlari ko'p. Bundan tashqari tumandagi Ibn Sino, Qiyot mahallasida istiqomat qilayotgan yoshi ulug' insonlarning holidan ham xabar olinib, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

#Ichki ishlar organlari faxriysi X.Aminov va Yu.Raximov xonadoniga ham, tizimda faoliyat yuritayotgan shogirdlari tashrif buyurib ular bilan ham suhbatlashdi. Ma'lumot o'rnida "Nuroniylar haftaligi" munosabati bilan tumandagi 100 nafar nuroniylarning holidan xabar olinib, ularga 15 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. 🇺🇿Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati 📄
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Nuroniylar e'zozda

#Yoshi ulug' insonlarni e'zozlash, ularga hurmat ko'rsatish, duolarini olish, ko'nglini ko'tarish har kungi vazifamizga aylanishi insoniylikning belgisidandir. Beruniy tumani Bunyodkor mahallasida istiqomat qilayotgan 96 yoshni qarshi olgan Maryam momo va Paxtakor mahallasidan 75 yoshli otaxon Nurmuxammad ota holidan xabar olinib, bugungi kunlarga shukronalar aytildi.

#Respublika Mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash Vazirining o'rinbosari, nuroniylar bo'limi boshlig'i T.Abdujabborov bilan birgalikda fahriylarning xonadonlariga tashrif buyurib, ular bilan mazmunli suhbat uyushtirildi. Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati 📄
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram