#Maktab ta'limini rivojlantirish bo'yicha yig'ilish bo'lib o'tdi.

#Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o'rinbosari A.Daniyarov va QR Xalq ta'limi vaziri R.Reymov Beruniy tumanidagi XTB ga qarashli 72 ta umumiy o'rta ta'lim maktablarining direktorlari bilan uchrashib, suhbatlashdi.

#Davlat rahbarining maktab ta'limini isloh qilish bo'yicha o'tkazgan videoselektor yig'ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini o'z vaqtida bajarish lozimligi aytib o'tildi. O'qituvchilarning ilmiy salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan hamda o'quvchilarni fan olimpiadalariga tayyorlash masalalari ko'rib chiqildi.

#Maktablardagi ta'lim sifati, ma'naviy muhitni tubdan yaxshilash masalasi Prezident diqqat e'tiboridagi masala bo'lib, bugun maktablarda yetarli darajada ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o'tkazish uchun shart-sharoit yaratilgan. Mutasaddilar tomonidan tuman Xalq ta'limi bo'limi rahbariyatiga va maktab direktorlariga topshiriqlar berildi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube