#O'zbekiston_yoshlari_forumi_2021
#Bog'bonlik_sirlari
#Beruniy_yoshlari

"O'zbekiston Yoshlar forumi-2021" doirasida Yoshlar ishlari agentligining mahallalardagi vakillari va yoshlar uchun Sarkop OFY va Bo'ston MFYda "Bog'bonlik sirlari" o‘quv-amaliy seminari tashkil qilindi.

Seminar davomida ko'p yillik tajribaga ega bo'lgan bog'bonlar tomonidan yoshlarga mevali daraxtlarni parvarishlar, mahalliy issiqxonalarni tashkil qilish, ularda bozorbop sitrus mevalar va turli xil gullar yetishtirish bo'yicha bilim va ko'nikmalarini amaliyotda ko'rsatib berildi.

Katta taassurotlarga ega bo'lgan yoshlar vakillariga nomzodlar tomonidan kelgusida mahallasidagi ishsiz yoshlarni jalb qilgan holda issiqxonalarga sahoyat uyushtirib, reja asosida tomorqalarida bog' va issiqxonalar tashkil qilishni o'zlariga maqsad qilib olishdi.

👉 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
“E-ijro auksion” orqali 10 yilga shartnoma asosida fuqarolarga yer olish imkoniyati yaratildi. Asosan oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, bozorlarda sabzavot va poliz mahsulotlarining arzon bo'lishi, shuningdek, aholining yer olishi orqali ekinlarini ekish, qo'shimcha daromad topishi imkoniyati kengaydi. Beruniy tumanidagi Shabboz ovul fuqarolar yig'inida 10 nafar fuqaroga, 12 sotixdan 1.2 ga yer ajratilgan bo'lib, hozirda kartoshka ekilgan va qo'shimcha poliz ekinlari uchun joy hozirlanmoqda.

#Bog' orasiga ekish ishlarini ko'rish, bunday yerlardan unumli foydalanyotgan aholining ham ishlari tahsinga sazovor. Tumandagi Sarkop ovul fuqarolar yig'ini hududidagi 20 gektardan ortiq maydonda joylashgan bog'dorchilik fermer ho'jaligida, 38 nafar fuqaro doimiy ish bilan band. Bog' orasiga ekish ishlari davom etmoqda.
#Onlayn

#Tomorqadan unumli foydalanishda vodiy tajribasi o'rganilmoqda.

#Ayni vaqtda Beruniy tumani hokimi Atabek Saparbayev tomorqadan foydalanish tajribasini o'rganish va Beruniy tumaniga joriy qilish bo'yicha Farg'ona viloyatining bog'dorchilik fermer ho'jaliklari issiqxonalarda o'rganishlar olib bormoqda.

#Bog' qator oralarida yetishtirilayotgan poliz mahsulotlari issiqxonada tashkil etilgan limonariya oralarida qulupnay va karam yetishtirilayotgani undan tashqari ko'chat va atirgul yetishtiriladigan alohida tomorqalar bilan tanishmoqda.
“Prokuror va yoshlar bog'i” . Yana bir xayrli tashabbus va loyiha egasi prokurori..

“Yashil makon” umummilliy loyihasi jahon tan olgan va ayni vaqtlarda respublikamizni qamrab olgan eng yirik loyihalardan bo'ldi. Butun xalqimizni birlashtirgan va yashillikni yaratishga bo'lgan katta harakat natijasi, 7 yoshdan 70 yoshgacha bo'lgan barchani qamrab oldi.

#Beruniy tumanida yoshlar uchun yana bir bog' yaratildi. Tuman prokurori, 2-sektor rahbari tashabbusi bilan tuman markazida “Prokuror va yoshlar bog'i” tashkil etildi. Oldin bog' bor edimi? Haqli savol albatta, tumanda alohida yoshlar bog'i mavjud bo'lib, yana bittaga ko'payishi esa yoshlarning vaqtini mazmunli o'tkazishga xizmat qiladi. Bugun tuman prokurori M.Atadjanov, tuman hokimining o'rinbosari A.Qurbaniyazov, Yoshlar ishlari agentligi, mahalla yoshlar yetakchilari bilan birgalikda bog'da mevali daraxt ko'chatlari ekildi.

#Bog'da qo'shimcha tekislash va ko'kalamzorlashtirish ishlari Obodonlashtirish boshqarmasi ishchi-hodimlari tomonidan olib borilib, qo'shimcha qulayliklar yaratiladi. Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati 📄
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram