#Qishloq ho'jaligida amalga oshirilayotgan ishlar
#Bahorda Beruniyga keling. Qishloqning tarovati o'zgacha

#Tumanimizda yildan-yilga aholi sonining o'sib borishi natijasida oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan talabning yanada oshayotganligi, buning uchun esa birinchi navbatda aholi tomorqalari va barcha toifadagi qishloq xo'jaligi korxonalari tomonidan yerdan samarali foydalanishini tashkil etish, aholining ishsiz qatlamini ish bilan ta'minlash choralarini ko'rish lozim.

#Hisob-kitoblarga ko'ra, tuman aholisining 2022 yilda oziq-ovqat mahsulotlariga (aholi soni 197,4 ming nafar) bo'lgan talabi quyidagicha:
Jumladan, meva 14,1 ming tonna, uzum 3,3 ming tonna, kartoshka 10,2 ming tonna, piyoz 3,9 ming tonna, sabzi 5,1 ming tonna, poliz 3,4 ming tonna, guruch 18,6 tonna, bug'doy 11,4 ming tonna, o'simlik yog'i 1,7 ming tonna, mol go'shti 3,7 ming tonna, sut mahsulotlari 22,3 ming tonna, baliq mahsulotlari 1,4 ming tonna va tuxum 42,2 mln. donani tashkil qiladi.
Tumanimiz bo'yicha 2022 yil hosili uchun 23 ta ovul va mahalla fuqarolar yig'ini hududlarida faoliyat yuritayotgan qishloq xo'jaligi korxonalarida jami 915 gektar asosiy maydonlarga sabzavot ekinlarini ekish rejalashtirilgan bo'lib, shundan 281 gektariga sabzi, 163 gektariga piyoz, 163 gektariga pomidor, 111 gektariga bodring, 48 gektariga sarimsoq-piyoz, 19 gektariga baqlajon va 20 gektariga bulg'or qalampiri tashkil qiladi.