#Korxona-tashkilotlar faoliyati
#Joriy ta'mirlash ishlari

Beruniy tumani yo'llardan foydalanish unitar korxonasi ishchilari tomonidan, xalqaro ahamiyatga ega A380 yo'lining 627-628-kilometrlarida joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Joriy yilning 15-aprel kuni Nukus shaxrida "Yosh qutqaruvchi" musobaqasining Qoraqalpoǵiston Respublikasi bosqichi bólib ótdi.

#Beruniy tumanidan musobaqada ishtirok etgan XTB ga qarashli 54- umumiy órta ta'lim maktabi jamoasi faxrli 3-órinni qólga kiritdi.
Jamoani tabriklaymiz!

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
#ELON
#Hurmatli tadbirkorlar va tadbirkorlikni yangidan boshlash istagi bo'lgan fuqarolar!

#Joriy yilning 25-27-aprel kunlari Toshkent shaxrida "UzEkspomarkaz" AJ hududida "INNOPROM Markaziy Osiyo" xalqaro ko'rgazmasi o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Ko'rgazmada 200ga yaqin chet el korxonalari o'zlari ishlab chiqaradigan asbob-uskunalari bilan qatnashadi.
Ko'rgazmada ishtirok etishni istasangiz ushbu elektron tizimdan https://innoprom22.ruwidgets.ru/form/visitor orqali ro'yhatdan o'tishingizni so'raymiz.
Qo'shimcha ma'lumotlar uchun telefonlar:

+998615241551, +998913742722
Beruniy tumani Investitsiyalar va tashqi savdo bo'limi
#Joriy yilning 26-aprel kuni Ma'naviyat oyligi doirasida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Beruniy tumani bo'limi, Ichki ishlar bo'limi, Xalq ta'limi bo'limi va Axborot kutubxona markazi bilan hamkorlikda "Zakovat" intellektual musobaqasi o'tkazildi.

👉Musobaqa davomida fahrli:
1-o'rinni Ichki ishlar bo'limining "Vatanparvar" jamoasi;

2-o'rinni Ichki ishlar bo'limining "Yoshlar" jamoasi;

3-o'rinni 1-sonli umumta'lim maktabining "Navoiy" jamoasi egalladi.

📌Fahrli o'rinni egallagan jamoalarga Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Beruniy tumani bo'limi tomonidan diplom va esdalik sovg'alari topshirildi.

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube | Twitter
#G'alla o'rim-yig'imiga texnikalar tayyorgarligi


#Beruniy tumani “Beruniy don” filialida 2022 yil G'alla o'rim-yig'imi mavsumida ishtirok etadigan kombaynlarni ta'mirlash va sertifikat asosida qabul qilinishini tashkil etish bo'yicha ko'rgazmali seminar bo'lib o'tdi.


#Seminarda Beruniy tumani hokimining qishloq va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosari S.Urunbaev, O'zagroinspeksiyaning Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari B.Ismailov, O'zagroinspeksiyaning Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi bosh inspektori A.Aytjanov, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

#Joriy yil boshoqli don hosilini o'rib-yig'ib olish bo'yicha tumanda 14 ta otryad shakllantirildi. Mazkur otryadlarga g'alla hosilini nes-nobud qilmasdan o'rib-yig'ib olinishini tashkil etish maqsadida 56 nafar mas'ul xodimlar, shundan 8 nafar IIB va 6 nafar Milliy gvardiya xodimlari jalb qilinadi.
#Beruniy tumanida 40 ta ovul va mahalla fuqarolar yig'inlarida 37 046 ta xonadonda 47 500 ta oila istiqomat qiladi. Jami aholi soni 197 770 nafarni tashkil etadi. Har bir mahallaning sharoitini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta'minlash bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

#Joriy yilning yanvar` oyida ish faoliyatini boshlagan hokim yordamchilari tomonidan o'tkazilgan xatlovga asosan aholining ish bilan band bo'lmagan qismi aniqlanib, ularning bandlik masalasiga alohida e'tibor qaratildi.
#O'quv seminari bo'lib o'tdi

#Bugun Beruniy tumanidagi 40 ta mahallalardagi xotin-qizlar faollari uchun "Ehtiyojmand aholining ijtimoiy himoyasi va mahallada ijtimoiy xizmatlarni yuritish" bo'yicha o'quv seminari boshlandi.

#Joriy yilning 23-27 may kunlari tashkil etiladigan mazkur o'quv seminarlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoev rahbarligida joriy yil 29 aprel kuni “Ehtiyojmand aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 36-son Bayoni hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 2022 yil 3 maydagi topshiriq xatiga muvofiq o'tkazilmoqda. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#DALA MADANIYATI – FERMER DAROMADI !


#Joriy yil 25-may kuni O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari Sh.M.G’aniyev rahbarligida Beruniy tumani “Shobboz” OFY hududidagi “Yakubov Jonibek” fermer xo’jaligida “Dala madaniyati – fermer daromadi” shiori ostida ko’rgazmali seminar bo’lib o’tdi.

Seminarga O’zbekiston Respublikasi #Qishloq xo’jaligi vaziri birinchi o’rinbosari Sh.Teshayev, Suv xo’jaligi vaziri Sh.Xamrayev, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o’rinbosari D.Qaypov, Ellikqal’a, To’rtko’l va Beruniy tumanlari 4 ta sektor rahbarlari, tuman hokimlarining qishloq va suv xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosarlari, qishloq xo’jaligi bo’limi, irrigatsiya bo’limi va melioratsiya bo’limi boshliqlari, boshqa tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari va fermer xo’jaliklari qatnashdilar.
#Joriy yil hisobidan 58-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining boshlang'ich sinflar uchun filiali ham qurilish ishlarini boshlagan.


“Obod qishloq” dasturi. 2022 yilda tumanda Bo'ston mahallasidagi Yoshlik aholi manzili va Palvosh mahallasi kiritilgan. Hozirda infratuzilma ob'ektlarida ishlar boshlab yuborilgan.
#Sport yangiliklari

#Joriy yilning 23-26 iuyl kunlari sportning "Usmanov Kombat Sistems" turidan Qirǵiziston Respublikasida Jaxon chempionati bólib ótgan edi.

Mazkur musobaqada Qoraqalpoǵiston Respublikasidan 15 nafar sportchi ishtirok etdi. Beruniy tumanidan ishtirok etgan 13 sportchidan 9 nafari 🥇-órin, 2 nafari 🥈-órin yana 2 nafari 🥉-órinni egallab ǵalaba bilan qaytdi.

👉Sportchilar órtasida
📌Nurlibek Shukurullayev
📌Dilnoza Aminova
📌Farangiz Maqsudova jaxon chempionati kamariga ega bóldi.

Ǵoliblar bugun tantanali ravishda ota-onalar va sport bólimi rahbarlari, hodimlari bilan birgalikda kutib olindi.
📌G'alaba muborak sportchi yoshlar!!!

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
#Sport yangiliklari

#Joriy yilning 11-14 avgust kunlari Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz tumanida sportning "Usmanov kombat sistems" turi b'oyicha O'zbekiston Kubogi musobaqasi bo'lib o'tdi.

#Mazkur sport musobaqasida Qoraqalpog'iston Respublikasi Beruniy tumani Bolalar-O'smirlar sport maktabi sportchilari faol ishtirok etib

🥇 15-oltin
🥈 7-kumush
🥉 11-bronza

jami 33-ta medalga ega bolishdi va sentabr oyida bo'lib otadigan Osiyo chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.

Trenerlar: Otajon Davletyarov,
Hamdam Sherimbetov,
Saparmurod Saxiyev.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati