#Parrandachilik sohasining rivoji
#Oila daromadining asosiy manbaasi

#Parranda yetti xazinaning biri sifatida e'tirof etiladi. Bu yo'nalishda beruniylik parranda boquvchi xonadonlarda alohida sharoitlar mavjud.

#Beruniy tumanidagi Tinchlik ovul fuqarolar yig'inida aholining asosiy daromad manbai qishloq ho'jaligi sohasi bo'lib, bu yo'nalishda parrandachilikning o'rni yuqori. Deyarli hududdagi barcha xonadonlarda parranda boqiladi.

#Tadbirkorlik qilishni boshlagan xonadonlar soni esa kundan-kunga ortib bormoqda. "Tinchlik" ovul fuqoralari yig'ini hokim yordamchisi tavsiyanomasi bilan hududda istiqomat qiluvchi tadbirkor ayollardan biri Zulxumor Yusupovaga mart oyida 33 mln.so'm kredit berilgan edi.

Tadbirkor ayol imtiyozli kreditdan unumli foydalanib, o'z ishini boshlab yubordi. Daromad esa ko'ngildagidek. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Beruniy_tumani
#Parrandachilik rivoji

Daromadli sohaning bugungi rivoji. Beruniy tumani "Eko Agro Kapital" MCHJ da amalga oshirilayotgan ishlar.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
#Parrandachilik rivoji jo'jadan kurkagacha.

Parranda yetti xazinaning biri. Shu jihatdan aytish mumkinki parranda boqqan inson ham naq xazinaga egalik qiladi desak mubolag'a emas. Ichki bozorda tuxum va parranda go'shtiga bo'lgan ehtiyoj yuqori. Shu sababdan tuxum va go'sht yo'nalishida boqilayotgan parrandalarni turli kasalliklardan asrash va davolash bo'yicha seminarlar tashkil etilib, tegishli tavsiyalar berib borilmoqda. Beruniy tumanida parrandachilikka ihtisoslashgan 37 ta fermer ho'jaliklari mavjud.

Beruniy tumanida 2018 yilda tashkil etilgan “Qo'ng'irot-Qiyot” fermer ho'jaligi Xitoy davlatidan 73 ming AQSH dollari hisobiga inkubator, omuxta yem ishlab chiqarish mini zavodi, sholi va bug'doy tegirmoni, tok ishlab chiqarish ggeneratori olib kelib 2019-yilda kichik sanoat zonasida ish boshlagan. Bir so'z bilan aytganda tadbirkor parrandachilikda yetarli tajribaga ega. Hozirda 45 kunlik jo'jadan 10 ming bosh, 1 xaftalik jo'jadan 6 ming bosh parvarishlanmoqda. Shuningdek, inkubatorga 6 ming dona tuxum qo'yilgan bo'lib, bosqichma-bosqich yani 2023-yilda 120 ming bosh jo'ja chiqarish rejalashtirilgan. Bu esa o'z navbatida ichki bozorda parranda go'shti va tuxumiga bo'lgan aholi iste'molini qondirishga xizmat qiladi.