#Bayramga bayramona tuhfa
#Beruniy tumanidagi og'ir hududda yana bir ta'lim-tarbiya maskani ishga tushdi

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim sifatiga e'tibor berish, ayniqsa, yaratilayotgan sharoitlardan kelib chiqib, tarbiya jarayonida yangi zamonaviy metodlarni qo'llash orqali sifat ko'rsatgichiga erishish bugungi kunning talabi hisoblanadi.

Qulay sharoit va kerakli vositalar ta'lim-tarbiya jarayonining uzluksiz davom etishini ta'minlaydi. Bugun Beruniy tumanida barcha sharoitlarga ega bo'lgan 42-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti ishga tushirildi.

Tadbirda Beruniy tumani hokimi A.X.Saparbaev, sektor rahbarlari, Davlat bojxona Qo'mitasi ma'muriyati, nuroniylar, Do'stlik OFY faollari va maktabgacha ta'lim tashkiloti a'zolari ishtirok etdi.
#Beruniy_tumani
#Obodonlashtirish ishlari

#Yurtimizda bayram shukuhi O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 31 yilligi keng nishonlashga tayyorgarlik boshlab yuborilgan.

#Bayramga munosib tayyorgarlik kórish va ótkazish maqsadida Beruniy tumanida obodonlashtirish ishlari keng kólamda olib borilishi rejalashtirilgan.

📌Tumandagi mahallalarda, kóchalarda tozalash va daraxtlarni oxaklash ishlari boshlab yuborilgan. Shunga qaramasdan ba'zi mahallalarda obodonlashtirish ishlariga xali qól urilmaganinig ham guvohi bólmoqdamiz.

Hurmatli yurtdoshlar obodlik kóngildan boshlanadi. Atrof-muhitni, xonadon atrofini toza saqlash har birimizning burchimizdir.

📌Fotolarda Beruniy tumanidagi Bóston va Bunyodkor mahallasida olib borilayotgan ishlar aks etgan.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
#Irodaning yutug'i
#Bayramga bayramona tuhfa

Yangi yil arafasida yana bir quvonchli yangilik. 6-son Bolalar musiqa va san'at maktabi tasviriy san'at mutaxassisligi sinfi o'quvchisi Iroda Allambergenova "Kamalak yulduzlari"bolalar ijodiyoti festivalining O'zbekiston respublikasi laureati diplomi va statuetkasiga sazovor bo’ldi.

Shu o'rinda Irodaning qobiliyatini o'z vaqtida sezib, uning ijodini qo'llab-quvvatlagan ota-onasiga va o'stozlariga tuman hokimligi nomidan chuqur minnatdorchilik bildiramiz. Haykaltaroshlik yo'nalishidagi ishlari bundanda yuksalaversin. Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati 📄
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram