#SHU O'RINDA

Shu o'rinda bir narsani ta'kidlab o'tishni lozim topdik. Nega bu oila shu kungacha mahallaning ko'ziga tushmaganmi yoki, mahalla o'z ishiga sovuqqonlik bilan qaraganining natijasimi bu holat. "Inson qadri uchun" tamoyili asosida ish sur'atini o'zgartirib, sohangizga fidoiylik bilan yondashsangiz, odamlarga baliq emas qarmoq bersangiz oilalar bu holatdan o'zlari chiqib ketadi. Buning uchun avvalo o'rganish, izlanish va xalq bilan yaqin bo'lishi shart.

Fotolarda uyning oldingi va hozirgi holati aks etgan.

🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
#ANONS

#Hokim yordamchisining bir kuni turkumidan


#Beruniy tumani 1-sektor hududidagi Biybozor ovul fuqarolar yig'ini hamda Mustaqillik mahalla fuqarolar yig'inidagi 5 juftlik mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, mahalla ayol-qizlari faoli hamda hudud inspektori tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar nimalardan iborat?

#Biybozor OFY hokim yordamchisi Usmon Djabbarov
Mustaqillik MFY hokim yordamchisi Oybek Mambetsaburov


#Tadbirkorlik sub'ektlariga e'tibor qay darajada?

#Bir erkakka 40 hunar ozmi yoki ayolga? Hududdagi xonadonlardan lavhalar.

#Mustaqillik mahallasining mustaqil tadbirkorlari qanday faoliyat bilan mashg'ul?

#Hokim yordamchisi Davlat rahbarining ishonchini oqlaydimi?

#Shu va boshqa xabarlar bilan qisqa fursatda kanalimizda tanishtirib boramiz. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Shu kunning o'zida tumandagi Qizil-qal'a, Ozod, Maxtumquli, Do'stlik OFY da yashovchi fuqarolarning huquqiy mavzulardagi muammolarini o'rganib, ularga tushuntirishlar berish yuzasidan sayyor qabullar o'tkazdi.

#Tumandagi 44-sonli maktab o'quvchilari va o'qituvchilari bilan “Korruptsiyaga qarshi kurash” “Odam savdosi” to'g'risidagi Qonunlarning mazmun mohiyatini tushuntirish, yoshlarning o'qib bilim olishlari uchun Prezidentimiz tomonidan tashkil etilgan, “El yurt umidi” jamg'armasi orqali chet ellarda o'z bilimlarini oshirish imkonyatlari yuzasidan tushuntirishlar berdi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Shu bilan birga hudud aholisining murojaatlari ham mahalla raisi va hokim yordamchisi tomonidan tizimli o'rganilmoqda.

#Qutimovlar oilasida aprel oyining boshida dunyoga kelgan 3 nafar egiziklar, Oisha va Omina Shukurlaeva, Muxammad Amin Shukurlaevlarning tibbiy holati, ona va bola salomatligini tekshiruvdan o'tkazish maqsadida hudud patronaji bilan birgalikda xabar olindi. Nuroniylarning salomatligi ham tekshirilib, kerakli dorilar tavsiya qilindi.

#Bu bo'yicha mahalla va tibbiyot birlashmasiga qarashli oilaviy poliklinika o'rtasida tizimli ishlar yo'lga qo'yilgan. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Nuroniylar e'zozda

#Shu nomdagi tadbir bugun Beruniy tumanidagi 2-sektor hududi O'.Jumaniyozov mahalla fuqarolar yig'inida bo'lib o'tdi. Hududning yoshi ulug' nuroniy otaxonlari va onaxonlariga izzat-hurmat ko'rsatilib, bir piyola choy ustida faxriy nuroniylar bugungi kunga shukronaliklarini bildirdi.

#Inson qadri ulug' diyorda, nuroniylar e'zoz va hurmatdadir. Nuroniylarning duoga ochilgan qo'llari va pok niyatlari yurtimiz tinchligi, dasturxonimiz to'kin-sochinligi va shukronaligiga yo'g'irilganligi bilan ahamiyatli ekanligini yana bir bor isbotladi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Ichki yo'llarda obodonlashtirish ishlari

#Beruniy tumanidagi O'.Jumaniyozoa mahalla fuqarolar yig'inidagi aholi murojaatiga asosan, ichki tuproq ko'chalar tekislanib, qum-shag'al aralashmasi (SHPS) to'kish ishlari boshlab yuborildi.

#Shu bilan bir qatorda obodonlashtirish ishlariga ham olib borilmoqda. Bu xaqda bizga hudud hokim yordamchisi Rashid Yakupov xabar bermoqda. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Sayyor sud majlisi

#Jinoyat ishlari bo'yicha Beruniy tuman sudi raisi R.N.Kamalova, “Xorazm” MFY binosida fuqarolar bilan uchrashuv o'tkazib, unda hozirgi davrda transport vositalari bilan bog'liq holda sodir qilinayotgan jinoyatlar, huquqbuzarliklarning soni keskin oshib ketayotganligi, fuqarolarning “Yo'l harakati qoidalari”ga og'ishmay rioya qilishlari, mast holatda transport vositalarini boshqarmaslik, kelgusida YTX natijasida insonlarning hayotdan bevaqt ko'z yumushlari va og'ir tan jaroxatlari olishlarining oldini olish maqsadida tushuntirishlar olib bordi.

#Shu yerning o'zida transport vositasida odamlarni tashish faoliyati bilan litsenziya olmasdan shug'ullanib yurgan shaxslarga nisbatan qo'zg'atilgan ma'muriy ishlarni ochiq sud majlisida ko'rib chiqdi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram |
#Yozgi ta'tilda kutubxona xizmati

#Yoshlarning yozgi dam olish kunlarini mazmunli o'tkazish maqsadida “Roxat” bolalar dam olish maskanida tumandagi Axborot kutubxona markazi hodimlari tomonidan, dam oluvchi yoshlarga muntazam ravishda kutubxona xizmatlari ko'rsatilib kelinmoqda.

#Shu bilan bir qatorda o'quvchilarni qiziqtirgan turli janrdagi asarlar bo'yicha o'yinlar tashkil qilinib, kutub[ona hodimlari tomonidan, yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishga xizmat qilinmoqda. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram |
#DIQQAT E'LON!!!

“Yoshlar festivali” munosabati bilan 25-iyun kuni ko'chalar yopiladi

#2022 yil 25-iyun kuni Beruniy tumanida “Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida yoshlar festivali bo'lib o'tadi.

#Shu munosabat bilan 25-iyun kuni tadbirni ko'tarinki ruxda o'tkazish, fuqarolar xavfsizligini ta'minlash, jamoat tartibini saqlash hamda yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash maqsadida 25-iyun kuni ertalab soat 06:00 dan 10:00 gacha Kat ko'chasi Suv ho'jaligi va melioratsiya kolleji oldidan, Kat ko'chasi bilan Xalqlar Do'stligi ko'chasi kesishgan chorraha (Amfiteatr oldi), 25-iyun kuni soat 15:00 dan 00:00 gacha X.Do'stligi ko'chasini 35-sonli maktab yonidan Kat ko'chasi bilan X.Do'stligi ko'chasi kesishgan chorraha, Beruniy va X.Do'stligi ko'chalari kesishmasidan hamda Quruvchilar ko'chasi va Shimom yab ko'chasi kesishmasidan vaqtinchalik beton to'siqlar bilan yopilishini e'lon qilib bildiramiz.
#Shu o'rinda fuqarolarimizdan ham uy oldi begona o'tlarini chopib, tozalik ishlariga chiqishlarini so'rab qolgan bo'lar edik. Obodonlashtirish ishlarida birgina mahalla bilan cheklanmasdan, balki aholining jamoatchilik nazoratiga ham bog'liqdir. Fotolarda asosan yo'l chetlaridagi begona o'tlarning ko'pligi, bundan tashqari egasi yo'q uy oldilaridagi holatlar, ko'p qavatli uy-joylardagi achinarli ahvol, oilaviy maktabgacha ta'lim tashkilotining tashqi ko'rinishi, odamlarning yaxshi kunlarida xizmat qiladigan to'yxonaning old qismidagi holatlari aks etgan.

#Tozalik bor joyda baraka bo'ladi. Hurmatli eldoshlar eng aziz bayram mustaqilligimizning 31 yilligi oldidan bu kabi xashar ishlarida faol bo'laylik, zero tozalikni uyimizdan, faoliyat yuritayotgan ishxonamizdan, har kuni o'tadigan ko'chamizdan boshlasak biz atrofimizdagi befarq insonlarga ham o'rnak bo'lamiz.

#Shuning bilan birga postlarimiz davomida mahallalarda olib borilayotgan ishlarga ham to'xtalib o'tamiz. Kamchiliklar bilan birga hududlarda bajarilayotgan ishlarni ham yoritib boramiz. O'rganishlar davom etadi... 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram