Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati
4.4K subscribers
35.4K photos
3.17K videos
3 files
9.74K links
Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Keksalar_uchun_turizm_oyligi

🔸Ma’lumki, joriy yilning noyabr oyi mamlakatimizda “Keksalar uchun turizm oyligi” deb e’lon qilindi.
🔹"Keksalar uchun turizm oyligi" doirasida “Nuroniy” jamg‘armasi Toshkent shahar bo‘limi va Bektemir tumani nuroniylar kengashi tomonidan tumanimizdagi front ortida mehnat qilgan faxriy otaxon va onaxonlar holidan xabar olindi.

Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati
👉https://t.iss.one/bektemirhokimligi
#Keksalar_uchun_turizm_oyligi

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 340-sonli qaroriga asosan har yili 1-noyabrdan 30-noyabrgacha “Keksalar uchun turizm oyligi”ni o‘tkazish belgilangan.
Muhtaram Prezidentimizning nuroniylarga ko‘rsatayotgan e’tibori va ichki turizmni yanada rivojlantirish bo‘yicha bergan ko‘rsatmalaridan kelib chiqqan holda Favqulodda vaziyatlar vazirligining tashabbusi bilan Bektemir tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi va tuman "Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash" bo‘limi hamkorlikda talaygina xayrli ishlarni amalga oshirishmoqda.
Xususan kuni kecha Bektemir tumani mahallalarida istiqomat qiluvchi nuroniy otaxon va onaxonlar ko‘hna va navqiron Xiva shahriga sayohat qilishdi.
Ziyorat soʻngida bir piola choy ustida qurilgan suhbat barchaga birdek manzur boʻldi.
👌Nuroniylar ularga koʻrsatilayotgan eʼtibordan mamnun boʻlib, sayohatdan bir olam taassurotlar bilan qaytishdi.

Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati
👉https://t.iss.one/bektemirhokimligi
#Keksalar_uchun_turizm_oyligi

📘Bektemir tumani “Rohat” mahallasi hududidagi Axborot-kutubxona markazida tuman “Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi” tomonidan "Keksalar uchun turizm oyligi" doirasida “Ilmdan boshqa najot yo‘q”, “Kitob o‘qish zavqi” mavzularida yoshlar bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.


Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati
👉https://t.iss.one/bektemirhokimligi
#Keksalar_uchun_turizm_oyligi

🔹Bektemir tumani “Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash” boʻlimi masʼullari boshchiligida “Keksalar uchun turizm oyligi” munosabati bilan tumanning nuroniy otaxon va onaxonlari uchun “Minor” va “Xasti Imom” ziyoratgohlari, "Shahidlar xotirasi" majmuasi, "Qatag'on qurbonlari xotirasi" davlat muzeyi va “Toshkent” teleminorasiga sayohatlari tashkillashtirildi.
🔹Sayohat davomida keksa otaxon va onaxonlarimiz muzey va ziyoratgohlarni tomosha qilib, mazmunli hordiq chiqarishdi.
🔹Barcha nuroniylar sayohatdan mamnun boʻlib qaytishdi.

Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati
👉https://t.iss.one/bektemirhokimligi
#keksalar_uchun_turizm_oyligi

💠"Keksalar uchun turizm oyligi" doirasida Toshkent shahar "Nuroniy" jamg'armasi tashabbusi bilan shahrimiz tumanlarida istiqomat qiluvchi bir guruh nuroniylarning qoʻshni Qozogʻiston Respublikasi hududida joylashgan ajoyib qadamjo ”Xoʻja Ahmad Yassaviy" ziyoratgohiga sayohatlari uyushtirildi.

💠Sayohatchilar tarkibida borgan bektemirlik ziyoratchilar ham bunday sayohatdan bir olam taassurot bilan qaytishdi.


Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati
👉https://t.iss.one/bektemirhokimligi
#Keksalar_uchun_turizm_oyligi

Muhtaram Prezidentimizning nuroniylarga ko‘rsatayotgan e’tibori va ichki turizmni yanada rivojlantirish bo‘yicha bergan ko‘rsatmalaridan kelib chiqqan holda Favqulodda vaziyatlar vazirligining tashabbusi bilan Bektemir tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi va tuman "Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash" bo‘limi hamkorlikda “Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida talaygina xayrli ishlarni amalga oshirishmoqda.
Kuni kecha tumandagi faol nuroniylar uchun Surxondaryo viloyati hududidagi Imom at-Termiziy ziyoratgohiga sayohat uyushtirildi.
Ham ziyorat, ham sayohat tarzida tashkil etilgan ushbu savobli tadbirdan keksalarning ko‘ngli shod bo‘ldi.

Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati
👉https://t.iss.one/bektemirhokimligi