Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati / Пресс-служба Хокимията Бектемирского района
4.4K subscribers
35.3K photos
3.16K videos
3 files
9.71K links
Download Telegram
❇️ Bektemir tumani Abay MFYda o‘tkazilgan sayyor qabul mobaynida 2-sektor rahbariga murojaat bilan chiqqan yoshlarning masalalari ijobiy hal qilindi.
❇️Fuqarolar bilan o‘tkazilgan yuzma-yuz muloqot davomida uy-joy bilan bog‘liq, kadastr, kredit, ichki yoʻllarni taʼmirlash va asfaltlash, ichimlik suvi ta’minoti, tadbirkorlikni boshlash, elektr energiyasi tizimidagi mavjud muammolar, moddiy yordam koʻrsatishga oid va boshqa ko‘plab masalalar koʻrib chiqildi.
❇️Sayyor qabul davomida Abay mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlari mas’ullar tomonidan bevosita tinglandi.
❇️Murojaatlarning ayrimlari shu joyning oʻzida hal etildi. Soha masʼullariga fuqarolarning murojaatlariga yechim topish, har bir mutasaddi oʻzi masʼul boʻlgan sohaga oid muammolarni manzilli hal etilishiga shaxsan javobgarligi taʼkidlandi.

Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati.
👉https://t.iss.one/bektemirhokimligi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PF-81-son Farmoni va PQ-146-son qarori ijrosini samarali tashkil etish boʻyicha Toshkent shahar hokimligida tashkil etilgan shtab aʼzolari hamda tuman shtabi aʼzolari bilan birgalikda tumandagi 18 ta mahalla kesimida “Xotin-qizlar faoli” lavozimiga nomzodini koʻrsatgan xotin-qizlar bilan ochiq tanlov asosida suhbat oʻtkazilgan edi.

Bugun Bektemir tumanidagi 5 ta MFY “Xotin-qizlar faoli” lavozimiga qaytadan suhbat oʻtkazildi. Suhbatda jami 15 nafar xotin-qizlarning nazariy bilim va amaliy koʻnikmalari, ish tajribalari va shaxsiy fazilatlari bilan namuna koʻrsatgan, fidoiy va sadoqatli nomzodlar lavozimga tavsiya etiladi.

Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati.
👉https://t.iss.one/bektemirhokimligi
🤹‍♀️ Bugun Bektemir tumani AKM xodimlari hamda tumandagi 580- va 582-DMTTlari bilan hamkorlikda bolajonlar uchun "Ertaklar olamiga sayohat" nomli musiqali teatr uyushtirildi.
🤹‍♂️ Teatrga tashrif buyurgan har bir kichkintoyning bu yerda o'zining sevimli ertak qahramonlari bilan uchrashuvi ularni iliq taassurotlarga oshno qildi.
👌Sarguzashtlarga boy spektakl tomoshasi esa bolajonlarga yanada quvonch ulashdi.

Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati.
👉https://t.iss.one/bektemirhokimligi
❇️Bektemir tumani hokimi T.R.Maxamadziyayev 1-sektor hududidagi mahallalarni aylanish davomida mahalla faollari bilan yaqindan tanishib, hokim yordamchilarining faoliyatiga eʼtibor qaratdi.
Sektor rahbari aholi bilan qilingan suhbat chogʻida ularni koʻproq bezovta qilayotgan masalalar bilan qiziqdi.
❇️Kelgusida mahallalarni yanada obodonlashtirish yuzasidan aholi fikrlari oʻrganilib, tadbirlar rejalari belgilab olindi.
Shuningdek, sektor rahbari 578-sonli DMTTga ham tashrif buyurib, bu yerdagi shart-sharoitlarni oʻrgandi.
❇️Tuman hokimi mazkur maktabgacha taʼlim tashkilotida aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish va bolalar bogʻchasi hovlisini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berdi.

Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati.
👉https://t.iss.one/bektemirhokimligi