Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati
4.4K subscribers
35.4K photos
3.17K videos
3 files
9.75K links
Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati rasmiy telegram kanali
Download Telegram
Биринчи Тошкент халқаро инвестиция форуми ўз ишини бошлади. Форумнинг ялпи сессиясида Президент Шавкат Мирзиёев иштирок этди.
Давлатимиз раҳбари ўз нутқида кейинги йилларда мамлакатимизда амалга оширилган ислоҳот ва янгиланишлар тўғрисида сўзлаб берди ҳамда галдаги устувор йўналишларни белгилаб берди.
Сессия давомида халқаро молиявий институт ва ташкилотлар раҳбарлари сўзга чиқиб, Ўзбекистоннинг ривожланиш истиқболлари юзасидан ўз фикр-мулоҳазаларини билдирдилар.

Стартовал первый Ташкентский международный инвестиционный форум, открывшийся пленарным заседанием, в котором принял участие Президент Шавкат Мирзиёев.
Глава государства в своей речи рассказал о реформах и преобразованиях в стране, проведенных в последние несколько лет, а также обозначил приоритетные направления ее дальнейшего развития.
Также выступили руководители международных финансовых институтов и организаций, высказав свое видение перспектив развития Узбекистана.

#Mirziyoyev #forum #TXIF

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🚧Bir necha kundan buyon tinimsiz yogʻayotgan yomgʻir oqibatida koʻchalarda toʻplanib qolayotgan yomgʻir suvlar aholiga bir muncha noqulayliklar yaratmoqda.
🚧Bektemir tumani Gulbogʻ MFYga qarashli Turkiston (eski Buzovchi) ichki koʻchalariga aholining ogʼirini yengil qilish, odamlarning harakatlanishini qulaylashtirish maqsadida uzunligi 200кv.metr yer maydoniga sheben yotqizildi.

Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati.
👉https://t.iss.one/bektemirhokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Bektemirda Navroʻz shukuhi “Toshkent” telekanali "Poytaxt reportaj" dasturi nigohida.

Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati.
👉https://t.iss.one/bektemirhokimligi
Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati
Photo
#rasmiy_munosabat

✔️Joriy yilning 16-mart kuni HUMAN.UZ saytining “Youtube”dagi sahifasida “Mendan ketguncha... Chala yoʻllar, chala amallar” sarlavhasi ostida eʼlon qilingan tanqidiy videoda Bektemir tumani Rohat koʻchasining taʼmirtalab holatidan shikoyat mazmunidagi eʼlon qilingan video murojaatga nisbatan Bektemir tumani “Bektemir oqava suv tarmoqlari” boʻlimi masʼullaridan quyidagi mazmunda rasmiy javob olindi.
✔️Unda maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ 4040-sonli hamda Toshkent shahar hokimining 2021-yil 3-fevraldagi 105-sonli qarorlariga asosan buyurtmachi “Koʻp xonadonli uylarni mukammal va joriy taʼmirlash hamda issiqlik taʼminoti obyektlari qurish boʻyicha injenering kompaniyasi” DUK etib belgilangan. “Obi hayot injenering” MCHJ tomonidan Bektemir tumani “Majnuntol” mahallasiga 500 mm diametrli 1030 p/m uzunlikdagi yangi oqava suv tarmogʻi quvurini yotqizish ishlari amalga oshirilganligi bois yoʻllarning ayrim qismida nosozliklar yuz bergan. Hozirda quvur yotqizish ishlari oʻz yakuniga yetkazilgan boʻlishiga qaramasdan buyurtmachi “Koʻp xonadonli uylarni mukammal va joriy taʼmirlash hamda issiqlik taʼminoti obyektlari qurish boʻyicha injenering kompaniyasi” davlat unitar korxonasi zimmasidagi vazifasini poyoniga yetkazmaganligi sababli yoʻllarning koʻrinishi shu holatda qolmoqda.
Video lavhadagi muammoni hal qilish buyurtmachi vakolatlariga kirishi hamda masʼul idora oʻz zimmasidagi vakolatni oxirigacha ado etishi zarur deb oʻylaymiz.

Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati.
👉https://t.iss.one/bektemirhokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏃‍♀“Navroʻz” umumxalq bayrami munosabati bilan Bektemir tuman hokimligi va tuman sportni rivojlantirish boʻlimi tashabbusi bilan tuman Milliy gvardiya qoʻriqlash boʻlimi, Mahalla xayriya jamoat fondi, tuman Madaniyat markazi bilan hamkorlikda “Sogʻlom hayot sari 5000 qadam” shiori ostida yurish marafoni oʻtkazildi.

🏃‍♂Unda tuman mutasaddilari boshchiligida tuman ahlining turli yoshdagi jami 1500 dan ortiq vakillari ishtirok etishdi.

🏃‍♀️Ishtirokchilar H.Bayqaro shoh koʻchasi boʻylab jami 4 km yo'lni bosib o'tishdi.

Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati.
👉https://t.iss.one/bektemirhokimligi
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг биринчи Тошкент халқаро инвестиция форумининг очилиш маросимидаги нутқи

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на открытии первого Ташкентского международного инвестиционного форума

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter