Baxtiyor Saidov
8.78K subscribers
2.17K photos
52 videos
865 links
O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri
——
Министр иностранных дел Республики Узбекистан
——
Minister of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan

www.mfa.uz
fb.com/FMSaidov
twitter.com/FM_Saidov
instagram.com/fm_saidov/
Download Telegram
Rimda Qishloq xo'jaligini rivojlantirish xalqaro jamg'armasi (IFAD) bosh qarorgohiga tashrif buyurdik va fond Prezidenti Alvaro Lario janoblari bilan uchrashdik. Suhbatimiz mobaynida yaqin hamkorlikni davom ettirish, ilg‘or tajriba va ko‘nikmalarni mamlakatimizga olib kirish, O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo‘jaligi sanoatini rivojlantirish, 2023-2027-yillarga mo‘ljallangan IFAD mamlakat strategiyasini amalga oshirish e'tiborimiz markazida bo‘ldi.
***
Visited the International Fund for Agricultural Development (IFAD) HQ in Rome and met with its President H.E. Alvaro Lario. Maintaining close cooperation, bringing the best global expertise and experience to our country, food security and industrial agriculture development in Uzbekistan, implementation of IFAD country strategy for 2023-2027 were among key topics of our conversation.
***
Посетили штаб-квартиру Международного фонда сельскохозяйственного развития (МФСР) в Риме и встретились с Президентом фонда Е.П. Альваро Ларио. Среди ключевых тем нашего разговора были поддержание тесного сотрудничества, привлечение лучших мировых знаний и опыта в нашу страну, продовольственная безопасность и промышленное развитие сельского хозяйства в Узбекистане, реализация страновой стратегической программы МФСР на 2023-2027 годы.

X | Facebook | Instagram | Telegram
Rim shahrida bo‘lib o‘tgan "Italiya – Markaziy Osiyo" vazirlar konferensiyasida hamkasblarimiz bilan ishtirok etishdan mamnunmiz. Italiya Bosh vaziri o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani janoblari va uning jamoasining mehmondo‘stligi uchun minnatdormiz. Markaziy Osiyo va Italiya oʻrtasida "yashil" energiya, transport, savdo, investitsiya, oliy taʼlim, xalq diplomatiyasi kabi bir qancha yoʻnalishlar boʻyicha amaliy hamkorlikni kengaytirishni taklif qildik.
***
Pleased to participate at Italy – Central Asia Ministerial Conference together with my colleagues in Rome. Appreciate the hospitality of Deputy Prime Minister and Minister of Foreign Affairs H.E. Antonio Tajani and his team. We proposed expanding practical cooperation between Central Asia and Italy across several areas — green energy, transport connectivity, trade, investments, higher education, people-to-people ties, and more.
***
Рады принять участие в министерской конференции «Италия – Центральная Азия» в Риме вместе с нашими коллегами. Выражаем признательность за теплое гостеприимство заместителю премьер-министра и министру иностранных дел Италии Е.П. Антонио Таяни и его команде. Рассмотрели предложения по расширению практического сотрудничества между Центральной Азией и Италией в ряде направлений — «зеленая энергетика», транспортное сообщение, торговля, инвестиции, высшее образование, народная дипломатия и другие сферы.

X | Facebook | Instagram | Telegram
Hamkasblarimiz – Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu janoblari, Qirg‘iziston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev janoblari va Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin janoblarini ko‘rganimizdan xursandmiz. Muloqotimiz kun tartibi doimgidek sermazmun va dolzarb mavzularga boy bo‘ldi. Biz xalqlarimiz uchun yagona mintaqa sifatida Markaziy Osiyoning umumiy farovonligi yo‘lida birgalikda harakat qilamiz.
***
Glad to see my colleagues – Foreign Ministers of Kazakhstan H.E. Murat Nurtleu, Kyrgyzstan H.E. Jeenbek Kulubaev, and H.E. Sirojiddin Muhriddin of Tajikistan. Our agenda is always rich and full of acute topics. We are committed to the common prosperity of Central Asia as one region for all of our people.
***
Рады видеть своих коллег – министров иностранных дел Казахстана E.П. Мурата Нуртлеу, Кыргызстана E.П. Жээнбека Кулубаева и Таджикистана E.П. Сироджиддина Мухриддина. Наша повестка дня всегда плодотворна и насыщена актуальными темами. Мы привержены общему процветанию Центральной Азии как единого региона для всех наших народов.

X | Facebook | Instagram | Telegram
Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti bosh direktori Salim bin Muhammad al-Malik janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz. Hamkorligimizda ulkan salohiyat mavjudligi hamda uni nafaqat O‘zbekistonda, balki mintaqaviy va jahon miqyosida ham istiqbolli loyihalar orqali ro‘yobga chiqarish zarurligini ta’kidladik. Doktor Salim Al-Malik janoblarining mintaqamiz allomalarining insoniyat taraqqiyotiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqidagi samimiy so‘zlarini yuksak qadrlaymiz.
***
Glad to meet with H.E. Dr. Salim bin Mohammed Al-Malik, the Director-General of the Islamic World Educational, Scientific and Cultural Organization. Underscored the big potential in our cooperation that we have to jointly utilize through promising projects not only in Uzbekistan, but also on a regional and global scales. Appreciate Dr. Salim Al-Malik’s candid words about the incredible contributions of our region’s scholars to the prosperity of humanity.
***
Рады встретиться с Е.П. Салимом бин Мухаммедом аль-Маликом, генеральным директором Организации образования, науки и культуры Исламского мира. Подчеркнули огромный потенциал нашего сотрудничества, который мы должны совместно использовать путем реализации перспективных проектов не только в Узбекистане, но и в региональном и глобальном масштабах. Высоко ценим искренние слова доктора Салима Аль-Малика о вкладе великих мыслителей нашего региона в процветание человечества.

X | Facebook | Instagram | Telegram
“Xiva – 2024-yilda islom dunyosining turizm poytaxti” xalqaro tadbirida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha janoblari bilan samarali uchrashuv oʻtkazdik. O‘zbekistonning IHT bilan hamkorligiga doir dolzarb mavzular, dunyo bo‘ylab kuzatilayotgan chaqiriqlar, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, shuningdek, ma’rifiy Islomni targ‘ib qilish masalalariga alohida e’tibor qaratdik.
***
Had a productive meeting with the Secretary General of the Organization of Islamic Cooperation H.E. Hissein Brahim Taha who came to take part in the international event titled Khiva - the tourism capital of the Islamic world in 2024. We focused on the acute topics of Uzbekistan’s cooperation with the OIC, current challenges around the world, ensuring peace and stability, as well as promoting enlightened Islam.
***
Провели плодотворную встречу с генеральным секретарем Организации исламского сотрудничества Е.П. Хусейном Ибрагимом Таха, прибывшим в нашу страну для участия в международном мероприятии «Хива — туристическая столица исламского мира 2024 года». Уделили особое внимание актуальным вопросам сотрудничества Узбекистана с ОИС, текущим вызовам во всем мире, обеспечению мира и стабильности, а также продвижению просвещенного ислама.

X | Facebook | Instagram | Telegram
Bugun Vazirlikda Tailand Qirolligining Oʻzbekistondagi yangi tayinlangan Elchisi Sasivat Vongsinsavat janoblari bilan uchrashib, uning ishonch yorliqlarini qabul qildik. Siyosiy maslahatlashuvlarni faollashtirish, iqtisodiy hamkorlikni jadallashtirish, o‘zaro tovar aylanmasi hajmini oshirish, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, turizm, xalq diplomatiyasi va madaniy aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildik. Biz janob Elchini mazkur lavozimga tayinlangani bilan tabriklaymiz va unga diplomatik missiyasini amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tilaymiz.
***
Today at the MFA of Uzbekistan welcomed the newly appointed Ambassador of the Kingdom of Thailand to Uzbekistan H.E. Sasiwat Wongsinsawat and received his credentials. Discussed the ways of intensifying political consultations, facilitating better economic cooperation, finding more avenues to increase bilateral trade, connecting business communities, promoting mutual tourism, people-to-people and cultural ties. Congratulate Mr. Ambassador on his assignment and wish all the success during his tenure.
***
Сегодня в Министерстве провели встречу с вновь назначенным Послом Королевства Таиланд в Узбекистане Е.П. Сасиватом Вонгсинсаватом и получили его верительные грамоты. Обсудили пути активизации политических консультаций, наращивания экономического сотрудничества, поиска новых возможностей для увеличения двусторонней торговли, укрепления контактов между деловыми кругами, развития взаимного туризма, народной дипломатии и культурного взаимодействия. Поздравляем господина Посла с его назначением и желаем успехов в его дипломатической миссии.

X | Facebook | Instagram | Telegram
Filippinning O‘zbekistondagi Elchisi etib tayinlangan Roberto G.Manalo janoblarining ishonch yorliqlarini qabul qilishdan mamnunmiz. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki va ko‘p tomonlama munosabatlar yuzasidan fikr almashdik. Shubhasiz, o‘zaro hamkorlik kun tartibini barcha yo‘nalishlarda kengaytirish uchun ulkan imkoniyatlar mavjud. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi janob Elchining O‘zbekiston-Filippin munosabatlarida foydalanilmagan ulkan salohiyatni ro‘yobga chiqarishga hissa qo‘shish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
***
Pleased to receive the credentials of H.E. Roberto G. Manalo, Ambassador of the Philippines to Uzbekistan. Exchanged our views on bilateral and multilateral relations between our countries. Undoubtedly, there is a big room for us to fulfill the agenda of cooperation between our two nations in all directions. The MFA stands ready to support Mr. Ambassador in his efforts to tap into the significant potential of Uzbekistan-Philippines ties.
***
Рады получить верительные грамоты Е.П. Роберто Г. Манало, Посла Филиппин в Узбекистане. Обменялись мнениями по вопросам двусторонних и многосторонних отношений между нашими странами. Несомненно, существует огромный потенциал для расширения повестки дня сотрудничества между нашими двумя странами во всех направлениях. Министерство иностранных дел готово поддержать г-на Посла в его стремлении внести вклад в реализацию огромного потенциала узбекско-филиппинских отношений.

X | Facebook | Instagram | Telegram
Hindistonning O‘zbekistondagi Elchisi etib tayinlangan Smita Pant xonim bilan uchrashish va uning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilishdan mamnunmiz. Turli sohalarda, jumladan, qishloq xo‘jaligi, turizm, transport, logistika va boshqa yo‘nalishlarda aloqalarni kengaytirish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarimizni muhokama qildik. Savdo va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish asosiy maqsadimiz bo‘lib qoladi. Elchi xonimga ikki tomonlama munosabatlarimizning foydalanilmagan salohiyatini kashf etishda muvaffaqiyatlar tilaymiz.
***
Pleased to welcome the newly appointed Ambassador of India to Uzbekistan H.E. Smita Pant and receive copies of her credentials. We discussed our joint efforts to enhance cooperation across various sectors, including agriculture, tourism, transport, logistics, and more. Our primary goal is to facilitate trade and investment cooperation. Wish Madam Ambassador success in unlocking the untapped potential of our bilateral relations.
***
Рады приветствовать вновь назначенного Посла Индии в Узбекистане Е.П. Смиту Пант и получить копии ее верительных грамот. Обсудили наши совместные усилия по укреплению взаимодействия в различных сферах, включая сельское хозяйство, туризм, транспорт, логистику и другие. Нашей главной целью остается развитие торгово-инвестиционного сотрудничества. Желаем госпоже Послу успехов в раскрытии неиспользованного потенциала наших двусторонних отношений.

X | Facebook | Instagram | Telegram