🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
1.85K subscribers
9.04K photos
581 videos
142 files
1.7K links
Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Official site: Coming soon...
Telegram:https://t.iss.one/BagatPSchool
Facebook:https://fb.com/BagatPSchool
Instagram:https://instagram.com/BagatPSchool
YT:https://www.youtube.com/@BagatPSchool
Download Telegram
#my_prezident

Tavallud ayyomingiz muborak!
Umringiz uzoq bo'lsin, Muhtaram Prezident!
🎉19👍106
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔹 Bugun — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavallud topgan kun.

Mazkur videolavhada Yangi Oʻzbekiston bunyodkori rahbarligida soʻnggi 8 yilda amalga oshirilgan eng muhim islohotlar aks ettirilgan.

Bizni kuzating:

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Oq oltin» balosi: O‘zbekistonda paxta qulligi tarixi, oqibatlar va bugungi kun haqida

Sobiq sovetlar davrida O‘zbekiston tom ma’noda paxta plantatsiyasiga aylantirilgandi. Bu davr oqibatlari mustaqillikdan keyingi o‘n yilliklarga ham ta’sir qildi. Kun.uz hamkorligida tayyorlangan hujjatli filmda taniqli ekspertlar O‘zbekiston qachon va qanday qilib paxta yetishtiruvchi mamlakatga aylanib qolgani, o‘zbeklar paxta tufayli qanday azob-uqubatlarga duchor bo‘lgani, paxtachilik mamlakat xo‘jaligi va genofondida qanday asoratlar qoldirgani haqidagi savollar yuzasidan fikrlarini bildirishgan.

Shuningdek, mustaqillik yillarida vaziyat qanday o‘zgarib borgani va prezident Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelgan ilk yillarda bu muammoga qanday chek qo‘ygani eslab o‘tilgan.

Bizni kuzating:
Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1👏1
#Bogʻot_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi

🎓 Yutuqlar sari dadil qadam!

🗓 14–23-iyul kunlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilgan BMBA test sinovlarida maktabimiz bitiruvchilari faol ishtirok etishdi.

🤩Maktabimizning 2024–2025-o‘quv yili 11-sinf bitiruvchilaridan:

🔹 47 nafar o‘quvchi bitiruvchi sifatida ro‘yxatga olingan;

🔹 Ulardan 2 nafari muddatidan avval talaba bo‘lish baxtiga muyassar bo‘ldi!

🔹 45 nafar bitiruvchi esa test sinovlarida qatnashdi va ular umumiy hisobda o‘rtacha 152.2 ball to‘plashdi!

📈 Bu natijalar – maktabimizda berilayotgan puxta bilim, o‘qituvchilarimizning yillardavomidagi fidokorligi va o‘quvchilarimizning mehnatsevarligidan darak beradi.

💥 Barchaga – o‘qituvchilarimizga, ota-onalarga va, albatta, aziz bitiruvchilarimizga – chuqur minnatdorchilik bildiramiz!

🎉 Kelgusida ham bunday yutuqlar bardavom bo‘lishiga ishonamiz!

📖 Ilmga intilgan yoshlar bizning faxrimiz!


📍Bizni kuzatishda davom eting

✈️ @BagatPSchool
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
28👍18🏆7🕊3🥰2🤝2🔥1👏1🎉1
Forwarded from Xushnudbek.uz
❗️826 nafar abituriyent maksimal 189 ball to‘pladi
#abituriyent

Bu shubhasiz, rekord natija. Hatto bunkerlar gullab-yashnab, abituriyentlar o‘rniga professional ustozlar testlarni yechib bergan davrlarda ham maksimal ball olganlar soni bunchalar ko‘p bo‘lmagandi, adashmasam. Yoshlarimizga qoyil!

Albatta, maksimal ball to‘plashda xalqaro va milliy sertifikatlarning tan olinishi ham katta rol o‘ynamoqda. Ammo sertifikatni ham ashula aytgani yoki raqs tushgani uchun emas, bilimi borligi uchun berishadi. Ya’ni sertifikati bor abituriyentda yetarli darajada bilim bor degani. Bu meni juda xursand qiladi. Yana bir bor ilmga chanqoq yoshlarimizga qoyil!

Eng ko‘p maksimal ball biologiya+kimyo fani majmuasida (tibbiyot yo‘nalishi desak ham bo‘ladi), undan keyin ingliz tili+ona tili fanlari majmuasida (ingliz tili filologiyasi yo‘nalishi).

Fanlar majmuasi hamda tillar kesimida 189 ball to‘plaganlar soni quyidagicha:

🔹Biologiya + kimyo fanlari majmuasida (259 nafar)


O‘zbek tili: 227 nafar
Rus tili: 18 nafar
Qoraqalpoq tili: 14 nafar

🔹Ingliz tili + ona tili va adabiyot fanlari majmuasida (234 nafar)

O‘zbek tili: 227 nafar
Rus tili: 4 nafar
Qoraqalpoq tili: 3 nafar

🔹Tarix + chet tili fanlari majmuasida (146 nafar)

O‘zbek tili: 145 nafar
Rus tili: 1 nafar

🔹Matematika + chet tili fanlari majmuasida (139 nafar)

O‘zbek tili: 133 nafar
Rus tili: 4 nafar
Qoraqalpoq tili: 2 nafar

🔹 Davlat va huquq asoslari + chet tili fanlari majmuasida (26 nafar)

O‘zbek tili: 22 nafar
Rus tili: 3 nafar
Qoraqalpoq tili: 1 nafar

🔹Ona tili va adabiyot + chet tili fanlari majmuasida (16 nafar)

O‘zbek tili: 9 nafar
Rus tili: 4 nafar
Qoraqalpoq tili: 3 nafar

🔹Matematika + fizika fanlari majmuasida (5 nafar)

O‘zbek tili: 5 nafar

🔹 Fizika + matematika fanlari majmuasida (1 nafar)

O‘zbek tili: 1 nafar

ℹ️ Izoh: yuqoridagi ro‘yxatga “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilarining natijasi kiritilmagan, chunki ular uchun alohida kvota beriladi.


👉 @xushnudbek 👈
12👍6🔥5
#Jasorat_maktabi

📣 Hurmatli ota-onalar!

Joriy yilning 29-iyul kuni "Jasorat maktablari"ga kirish imtihon natijalari boʻyicha teng ball toʻplagan nomzodlar uchun jismoniy tayyorgarlik sinovlari boʻlib oʻtadi!

⚡️ Jarayonlar joriy yilning 29-iyul kuni soat 8:00 da ushbu havoladagi manzillarda boshlanadi.

Maʼlumot uchun: ushbu sinovlarda har bir oʻquvchiga 5 tadan jismoniy mashq beriladi hamda “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarining turlari va mezonlariga muvofiq 50 ballik tizim asosida baholanadi.

Natijalar yuzasidan qiziqtirgan savollar bo'lgan taqdirda belgilangan tartibda tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta'limi bo'limida tashkil etilgan komissiyaga murojaat etishi mumkin.

❗️ Bu muhim: talabgorlar imtihon boshlanishidan 1 soat oldin tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari shart.


📞 Qoʻshimcha maʻlumotlar uchun
tel: 1206


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati (Гулом Ахмедов)
#Prezident_maktablari

Cambridge Assessment International Education tashkilotining vakillari O'zbekistonda

🤩Ixtisoslashlashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablarining 2-bosqich imtihonlarini o‘tkazish maqsadida yurtimizga Angliyaning Cambridge Assessment International Education tashkiloti vakillari yetib kelishdi.

☁️ Uchrashuv davomida xorijlik mutaxassislar imtihon o'tkaziladigan hududlarga borib, imtihon o‘tkazish jarayoni va tayyorgarlikni ko'zdan kechirishdi.

📌Eslatib o‘tamiz, Prezident maktablari imtihonlarining 2-bosqichi 27-iyul kuni soat 9:00 da bo‘lib o‘tadi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
4
#imtihon_2025
#prezident_maktablari

🤩 Prezident maktablari imtihonlarining 2-bosqichi bo‘lib o‘tdi!

📎Eslatib o‘tamiz, Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqich natijalari imtihon o‘tkazilgan kundan boshlab 30 kun ichida Cambridge xalqaro tashkiloti tomonidan e’lon qilinadi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
RAHBAR VA PEDAGOG KADRLAR TANLOVIGA HUJJATLAR QABULI DAVOM ETMOQDA!

🔍 Kelajak innovatsion ta’limini birga quramiz!

👩‍🎓 Ta'lim tizimida o‘zgarish qilishga, innovatsion g‘oya olib kirishga tayyormisiz? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun!

📢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi – ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga innovatsion fikrlovchi, ilg‘or va mas’uliyatli rahbar va pedagog kadrlarni ishga taklif etadi!

📆 Hujjat qabul qilish 30-iyulga qadar davom etadi.
🌐Platforma: job.piima.uz va job2.piima.uz

💡 Bizni tanlashingiz uchun 3 ta asos:

🎓 Shaxsiy va kasbiy o‘sish uchun keng imkoniyatlar – xalqaro tajriba, zamonaviy metodikalar, mentorlik va professional rivojlanish.

🌍 Mahalliy va xorijiy ekspertlar bilan treninglarda – bevosita ishtirok etish, xalqaro IELTS, SAT kabi sertifikatlarga ega bo‘lish imkoniyati.

💼 Ta’limda global yondashuv – sizda xalqaro tan olingan dasturlar asosida dars jarayonlarini tashkil etish imkoniyati bo‘ladi.

📎 Talab qilinadigan hujjatlar:
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport);
Bakalavr yoki magistr diplomi;
Shaxsiy ma’lumotnoma (obyektivka);
IELTS / CEFR sertifikati (agar mavjud bo‘lsa).

Biz qanday nomzodni izlayapmiz?
🔹 Halol, fidoyi va mas’uliyatli;
🔹 kuchli liderlik salohiyatiga ega;
🔹 jamoa bilan ishlay oladigan va AKT sohasida zamonaviy bilimlarga ega rahbar.

Kelajak ta’limida sizning o‘rningiz bor!
🌟 Endi sizning navbatingiz - yangi bosqichga birinchi qadamni tashlang!

Sizdek nomzodlarning tanlovimizda ishtirok etishidan xursandmiz!

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🏆1