Baxtiyorjon Akbaraliyev | ADU rektori
180 subscribers
59 photos
6 videos
43 links
Download Telegram
🟨🟨🟨  🟥🟥🟥

💐Assalomu alaykum, muhtarama ayollar, hurmatli opa-singillar, aziz talaba-qizlar!

Shu qutlug‘ ayyom – 8-mart bayrami munosabati bilan, sizlarni va sizlarning timsolingizda butun mamlakatimizning muhtarama ayollarini, onaxonlarimizni, qadrli opa-singillarimizni, go‘zal qizlarimizni chin qalbimdan muborakbod etaman.

Ayol – insoniyatning yorqin yulduzi, go‘zallikning timsoli, mehr-oqibatning manbai. Siz, aziz ayollar, nafaqat oila va jamiyatning mustahkam poydevori, balki dunyo yuzini yoritar qudratga egasiz. Sizning mehnatingiz, sabringiz va mehringiz barcha qiyinchiliklarga qaramay, har doim hayotni yanada go'zal va mazmunli qiladi.

Sizlarga dunyodagi eng oliy ne'mat – oilaviy baxt, tinchlik va farovonlik, farzandlar va nabiralar kamoloti bilan to‘lib-toshgan baxtli hayot tilayman. Sizning hayotingizda mehr-oqibat, ezgulik va sog‘lik doimo birgalikda bo‘lsin. Qalbingiz doimo bahordek yashnab, har bir yangi kuningiz hayotning eng go‘zal lahzalari bilan to‘lsin! Bayramingiz yana bir bor muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Baxtiyorjon Akbaraliyev — Andijon davlat universiteti rektori


🌐 Facebook 🌐 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👏2😁2🔥1🥰1🎉1🙏1
Forwarded from Adu.uz | Rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😄

😄 Andijon davlat universitetida talabalar uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida zamonaviy arxitekturaga ega yangi o‘quv binosi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligida foydalanishga topshirildi.


✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Андижондаги ОТМлар ва “Ўзмиллийбанк” АЖ “Келажакка қадам” маркази ўртасида ҳамкорлик шартномалари имзоланди

Андижон давлат университетида “Ўзмиллийбанк” АЖ томонидан олий таълим муассасалари битирувчиларининг ишга жойлашишига кўмаклашишга йўналтирилган “Келажакка қадам” дастури доирасида махсус марказнинг тантанали очилиши ҳамда вилоятдаги олий таълим муассасалари билан ҳамкорлик шартномаларини имзолаш маросими ўтказилди.

Унда “Ўзмиллийбанк” АЖ ҳузуридаги “Келажакка қадам” маркази ва Андижон вилоятидаги 7 та олий таълим муассасаси ўртасида битирувчиларнинг бандлигини таъминлаш, касбий таълим дастурларида иштирок этиш, ишлаб чиқариш объектларида амалиёт ўташ ҳамда чет эл олий таълим ташкилотларида қисқа муддатли ўқув курсларида қатнашишни молиялаштириш масалаларини қамраб олган ҳамкорлик шартномалари имзоланди.

👉 Vodiy1.uzга уланиш учун https://t.iss.one/Vodiy1uzofficial. Водийнинг 1- рақамли каналига аъзо бўлинг
👍3
🟨🟨🟨  🟥🟥🟥

Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar, qadrli hamkasblar va talaba-yoshlar!

Ona tabiat, yashil libosga burkanib, yurtimizga fasli navbahor kirib keldi. Bu faslda butun borliq uygʻonib, nafaqat tabiatda, balki qalbimizda ham yangilanish, yasharish hissi, olam-olam orzu-umidlar joʻsh urmoqda. Men shunday baxtiyor lahzalarda barchangizni bahor ayyomi – Navroʻzi olam bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Mana shu ulugʻ ayyom, sharqona yangi yil bilan siz azizlarni — muhtaram otaxon va onaxonlarni, munis va mehribon opa-singillarimizni, jondan aziz suyukli farzandlarimizni va butun Andijon ahlini chin yurakdan samimiy muborakbod etaman!

Xalqimizning baxt-u saodati, Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida fidokorona mehnatlaringizda zafarlar yor boʻlsin. Navro‘z ayyomi ona zaminimizga to‘kin-sochinlik, xonadonlarga qut-baraka olib kelsin, osmonimiz musaffo, xalqimiz tinch, hayotimiz farovon bo‘lsin. Navroʻzi olam yana bir bor muborak boʻlsin!

Hurmat bilan,
Baxtiyorjon Akbaraliyev — Andijon davlat universiteti rektori


🌐 Facebook 🌐 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏21🎉1
🟨🟨🟨  🟥🟥🟥

Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar, qadrli hamkasblar va talaba-yoshlar!

Sizni va siz orqali barcha oila a'zolaringizni, yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlarni qalblarimiz quvonchga, ezgu niyatlarga to‘lgan ushbu saodatli va munavvar damlarda muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Avvalo, bayramni tinch va osuda muhitda, oilamiz, el-yurtimiz bilan hamjihatlikda kutib olayotganimiz uchun Yaratganga shukronalar aytamiz. Ushbu ulug' ayyomda xonadoningizdan fayz-u baraka, sog'lik-salomatlik, oilaviy baxt, yuzingizdan tabassum, qalbingizdan mehr-muhabbat va yaxshiliklar hech qachon arimasin. Barchangizni o'qish va ishlaringizga rivoj, faoliyatingizga muvaffaqiyatlar tilayman.

Muborak Ramazon hayiti barchamizga muborak boʻlsin!

Hurmat bilan,
Baxtiyorjon Akbaraliyev — Andijon davlat universiteti rektori


🌐 Facebook 🌐 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2👏2🔥1
#rektor_minbari

📰 Ko'z o'ngimizda o'zgarayotgan Andijon

Andijon davlat universiteti rektori, texnika fanlari doktori, dotsent Baxtiyorjon Akbaraliyevning "Xalq so‘zi" gazetasining 2025-yil 23-apreldagi №82 sonida e'lon qilingan maqolasi bilan tanishing.

👉🏻Batafsil:Ushbu havola orqali o'qishingiz mumkin.

🌐 Facebook 🌐 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
#rektor_minbari

📰Xalqaro hamkorlik — yuksalish omili

"Andijon davlat universiteti faoliyatida xalqaro hamkorlikni yaxshilashga, kengaytirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu ta'lim sifatini sezilarli darajada oshirish, innovasion tadqiqot va ta'lim usullaridan foydalanish imkonini beradi. Bundan tashqari, xalqaro loyihalarda ishtirok etish akademik aloqalarni mustahkamlab, xorijiy talabalar va professor-o'qituvchilar sonini oshirmoqda".


Andijon davlat universiteti rektori, texnika fanlari doktori Baxtiyorjon Akbaraliyevning "Hurriyat" gazetasining № 18-sonida e'lon qilingan maqolasi bilan tanishish uchun havola:

📱 Havola

🌐 Facebook 🌐 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
🟨🟨🟨  🟥🟥🟥

🎗Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar, aziz ustozlar!

Siz, azizlarni 9-may – Xotira va qadrlash kuni, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk Gʻalabaning 80 yilligi munosabati bilan chin yurakdan tabriklayman!

Bu unutilmas sana – o‘z jonini fido qilgan, bugungi tinch hayotimiz uchun kurashgan jasur ajdodlarimizni yod etish, ularning mardligi, sabr-toqati va fidoyiligi oldida chuqur ehtirom bajo keltirish kunidir. Ayniqsa, urush yillarida frontda va front ortida jonbozlik ko‘rsatgan yurtdoshlarimiz, shifokorlar, o‘qituvchilar, mehnatkash xalqimizning o‘rni tariximizda bebaho.

Bugungi kunda biz tinchlik va osoyishtalik sharoitida ilm-fan, taʼlim-tarbiya, taraqqiyot yo‘lida izchil harakat qilyapmiz. Bu imkoniyatlar, avvalo, mard ajdodlarimiz jasorati va xalqimiz birlik-inoqligiga tayanadi. Shu bois bu sana har birimiz uchun saboq, ilhom va masʼuliyat manbai bo‘lishi lozim.

Barchangizni bu ulug‘ ayyom bilan yana bir bor samimiy muborakbod etar ekanman, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy tinchlik, ilmiy va ijodiy yutuqlar, ezgu ishlaringizda zafarlar tilayman. Yurtimiz ravnaqi va farovonligi yo‘lida faol bo‘laylik, yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalaylik!

Hurmat bilan,
Baxtiyorjon Akbaraliyev — Andijon davlat universiteti rektori


🌐 Facebook 🌐 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
🟨🟨🟨  🟥🟥🟥

Universitetimiz faxri bo‘lgan g‘olib talabalar, aziz farzandlarim!

Futbol bo‘yicha “Talabalar ligasi” respublika final musobaqasida munosib ishtirok etib, CHEMPIONlik unvonini qo‘lga kiritgan Andijon davlat universiteti jamoasi aʼzolari bo‘lgan Siz azizlarni chin yurakdan tabriklayman!

Ushbu yutuq – sizlarning mehnatingiz, fidoyiligingiz va g‘alabaga bo‘lgan ishonchingizning amaldagi samarasidir. Bugungi g‘alaba nafaqat sport sohasidagi muvaffaqiyat, balki universitetimiz yoshlarining irodasi, jamoaviy birdamligi va yuksak salohiyatini yaqqol namoyon etdi.

Ayniqsa, jamoamizga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatgan, ularni musobaqalarga puxta tayyorlagan tajribali murabbiy Abduxoliq Xoliqovning xizmatlarini alohida e’tirof etmoqchiman. Sizlar bilan faxrlanamiz!

Bu g‘alaba universitetimiz tarixida yana bir yorqin sahifani ochdi. Ishonamanki, sizlarning bu kabi yutuqlaringiz bardavom bo‘ladi va boshqalar uchun ham namuna bo‘lib xizmat qiladi.

Yana bir bor tabriklayman! Yangi marralar sari dadil odimlang!

Hurmat bilan,
Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev

🌐 Facebook 🌐 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍54🎉3
📺📺

🇺🇿 🇦🇿O'zbekiston – Ozarbayjon oliy ta'lim muassasalari rektorlari I forumi: imkoniyat va istiqbollar

😄 O'zbekiston – Ozarbayjon oliy ta'lim muassasalari rektorlari I forumini yuqori saviyada o'tkazish uchun universitetimizda zarur barcha tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi. Ishonch bilan ayta olamanki, anjuman samarali va yuqori ishchanlik ruhida o'tadi.

Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyevning “Imkoniyat va istiqbollar” sarlavhali maqolasi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi saytida chop etildi. Unda O‘zbekiston va Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari haqida fikr yuritilgan.

🖌Ushbu maqola bilan batafsil: Oʻzbekiston Milliy axborot agentligining rasmiy veb-sayti orqali tanishishingiz mumkun.


🌐 Facebook 🌐 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#tashakkurnoma

Hurmatli jamoa a’zolari!


Universitetimiz mezbonligida o‘tkazilgan xalqaro forumning muvaffaqiyatli va samarali yakunlangani munosabati bilan har biringizga chuqur minnatdorchiligimni bildiraman.

Mazkur forum nafaqat ilmiy va akademik hamkorlikni mustahkamlashda, balki muassasamiz nufuzini xalqaro miqyosda yanada oshirishda muhim qadam bo‘ldi. Ushbu yutuqqa sizlarning fidokorona mehnatingiz, yuksak mas’uliyat bilan yondashganligingiz va jamoaviy ruhda amalga oshirgan ishlaringiz sabab bo‘ldi.

Tashkilotchilikdagi puxta rejalashtirishdan tortib, mehmonlarga ko‘rsatilgan samimiy munosabatgacha – har bir bosqichda sizlarning professional yondashuvingiz alohida e’tirofga loyiq.

Kelgusida ham shunday yirik xalqaro tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etishda sizlarning bilim va tajribangizga tayanamiz.

Yana bir bor barchangizga samimiy minnatdorchilik bildiraman. Sog‘ bo‘ling, ishlaringizga muvaffaqiyat tilayman!

Hurmat bilan,
Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev

🌐 Facebook 🌐 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8👏41
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺📺 🙋‍♂️

🇺🇿 🇦🇿Maxsus reportaj: Birinchi O`zbekiston - Ozarbayjon oliy ta`lim muassasalari rektorlari forumi

📺📺🙋‍♂️

🇺🇿 🇦🇿Special Report: The First Forum of Rectors of Higher Education Institutions of Uzbekistan and Azerbaijan

🌐 Facebook 🌐 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
🟨🟨🟨  🟥🟥🟥

Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar, qadrli hamkasblar va talaba-yoshlar!

Siz azizlarni va butun xalqimizni, tinchlik, mehr-oqibat hamda hamjihatlik fazilatlari bilan tobora obod va munavvar bo‘layotgan yurtimizga kirib kelgan muborak Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Ezgulik va saxovat ayyomi har bir xonadonga, jonajon yurtimizga qut-baraka, sog'lik-salomatlik, oilaviy baxt, tinchlik-xotirjamlik olib kelsin.

Ushbu muborak ayyomda universitetimizda faoliyat olib borayotgan fidoyi insonlarning yurtimiz ravnaqi, diyorimizning osoyishtaligi, shuningdek, yosh avlodni ilm-u fan va hayot sirlarini o‘rgatishdek ulug‘ va mas’uliyatli ishlarida Yaratganning o‘zi doimo madadkor bo‘lishini tilayman.

Siz, azizlarni muqaddas Qurbon hayiti bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka tilayman.

Ulug‘ ayyom barchamizga muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Baxtiyorjon Akbaraliyev — Andijon davlat universiteti rektori


🌐 Facebook 🌐 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥2
#tashakkurnoma

Hurmatli “Universal” jamoasi a’zolari!


Sizlarni “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining Vodiy bosqichida erishgan yuksak g‘alabangiz — chempionlik bilan universitet jamoasi nomidan chin qalbimdan tabriklayman!

Bu muvaffaqiyat nafaqat sizning — ijodkor yoshlarimizning, balki butun universitetimizning yutug‘idir. Sizlar nafosat, topqirlik, madaniyat va hazil-mutoyibani uyg‘unlashtirib, tomoshabinlarga quvonch, g‘urur va ilhom bag‘ishladingiz. Bu yutuq — ijodiy izlanishlaringiz, mehnatingiz va sahnadagi fidoyiligingiz samarasidir.

Andijon davlat universiteti o‘zining iqtidorli talabalari bilan doimo faxrlanadi va ularning har birining yuksak marralarga erishishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishda davom etadi.

Yana bir bor g‘alabangiz bilan tabriklayman!
Sizlarga mustahkam sog‘lik, ijodiy parvoz, bardavom muvaffaqiyatlar tilayman!

Hurmat bilan,
Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev

🌐 Facebook 🌐 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3😁1
#Tabrik

Qadrli jurnalistlar, matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari, blogerlar!


Siz, azizlarni 27-iyun – “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari” kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etib, barchangizga chuqur hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni bildiraman.

Bugun dunyoda tahlikali vaziyat hukm surayotgan bir vaqtda kuchli huquqiy davlat va pirovardida fuqarolik jamiyatini qurish maqsadimiz ustuvor bo’lib qolaveradi. OAV, jurnalistlar va blogerlar huddi oyna kabi yuzimizga kamchiliklarimiz va muammolarimizni ko‘rsatib bermoqdaki, bu barchaga birdek foydali va manfaatli bo‘lmoqda. Bugun Andijon davlat universiteti barcha turdagi OAV hamda blogerlar bilan samarali hamkorlik olib bormoqda va bundan keyin ham doimo ochiq muloqotda bo‘lishini bildirib o‘tmoqchiman.

Sizlarni Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan yana bir bor samimiy tabriklayman.

Barchangizga sihat-salomatlik, ezgu faoliyatingizda yutuq va omadlar, oilaviy baxt, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka tilayman.

Baxtiyorjon Bakirovich Akbaraliyev Andijon davlat universiteti rektori

👉🏻rektorning telegram sahifasi
1
🟨🟨🟨 🟥🟥🟥

Assalomu alaykum, qadrli talabalar hamda aziz yoshlar!

Avvalo, siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun O‘zbekiston yoshlarini mamlakatimizda keng nishonlanayotgan qutlug‘ ayyom Yoshlar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etaman!

Ushbu bayramni sizlar bilan birgalikda katta shodu- hurramlik bilan o‘tkazayotgan ota-onalaringiz, ustoz-murabbiylaringizni samimiy qutlab, barchangizga o‘zimning yuksak hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni bildiraman.

Biz ta'lim dargohimizda qanday yutuqlarga erishmaylik, avvalo, siz kabi yoshlarga, sizlarning kuch-g‘ayratingizga suyanamiz. Barchangizga ma’lumki, ta'lim muassasamiz oldiga ulkan marralar qo‘yilgan. Bularning barchasiga siz kabi yoshlarning shijoati bilan erishamiz.

Barchangizni yana bir bor chin yurakdan tabriklab, Sizlarga sog‘lik-salomatlik, tinchlik-totuvlik, baxtli kelajak, o‘qish va ishlaringizda omad va zafarlar tilayman!

Baxtiyorjon Bakirovich Akbaraliyev Andijon davlat universiteti rektori

👍 rektorning telegram sahifasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤‍🔥1🔥1😁1🤩1
🟦🟦

📰 Azaliy rishtalar yanada mustahkamlanmoqda

Andijon davlat universiteti rektori, texnika fanlari doktori, dotsent Baxtiyorjon Akbaraliyevning O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi ta’lim va ilmiy sohalardagi hamkorlik haqida fikr bildirgan maqolasi "Xalq so‘zi" gazetasining №138 (9033) sonida chop etildi.

➡️ Batafsil: ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin

🌐 Facebook 🌐 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2😁2❤‍🔥1🔥1🎉1🤩1👌1
#rektor_minbari

📰 Yoshlar yurt taraqqiyotining tayanchi

“Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz — yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat”.


Andijon davlat universiteti rektori, texnika fanlari doktori, dotsent Baxtiyorjon Akbaraliyevning "Hurriyat" gazetasining №28 (1455) sonida e'lon qilingan maqolasi bilan tanishing.

➡️ Batafsil: ushbu havola orqali oqishingiz mumkin

🌐 Facebook 🌐 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2😁2👍1🔥1👏1🎉1🤩1
🟨🟨🟨  🟥🟥🟥

🇺🇿🟢Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyevning universitetimiz bitiruvchilariga tantanali bitiruv marosimida yo‘llagan bayram tabrigi

✏️ Tabrik

🇷🇺🟢Праздничное поздравление ректора Андижанского государственного университета Бахтиёржона Акбаралиева выпускникам нашего университета на торжественной церемонии выпуска

✏️ Поздравление

🇬🇧🟢Congratulatory message from the rector of Andijan State University, Bakhtiyorjon Akbaraliyev, to our university graduates at the graduation ceremony

✏️ Congratulation

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤‍🔥2🔥1🥰1🎉1🤩1😍1💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Exclusive

“Дунё садолари” фестивали - дунё юлдузлари билан

Бобур юрти Андижонда ўтказиладиган III “Дунё садолари” халқаро миллий эстрада санъати фестивалига сиз севган ўзбек эстрадаси ва жаҳон юлдузлари ташриф буюради.

Президентимиз қарорига асосан Хонобод шаҳрининг туризм салоҳиятини ошириш, шунингдек, халқаро ҳамжамият миқёсидаги туризм шаҳрига айлантириш мақсадида ташкил этилган мазкур фестивалнинг бу йилги тадбирлари 15-16-17-август кунлари бўлиб ўтади.

Халқаро фестивалга барчангизни таклиф этиб қоламиз!

Саҳифа: @sh_abdurahmonov
👍2😍2🔥1🎉1🤩1