AZAMAT KAMOLOV
1.11K subscribers
7.92K photos
1.1K videos
51 files
3.43K links
Download Telegram
#Конституция_ўзимизники

Sirdaryolik 1000 nafardan ortiq direktor va o‘qituvchilar ishtirokida “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki” shiori ostida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

📍 Bugun Sirdaryo viloyati Guliston shahrida joylashgan Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki” shiori ostida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartishlarning mazmun-mohiyati, ta’lim rivoji va o‘qituvchilar hayotidagi o‘rniga doir muhim jihatlar xususida ma’lumot berildi.

Qayd etilganidek, yangilanayotgan Konstitutsiyaviy qonun loyiha matnining 50- va 52-moddalarida maktab va maktabgacha ta’limni rivojlantirish bo‘yicha qator huquqiy asoslar keltirib o‘tilgan.

✔️ Jumladan, davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishi, bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olish kafolatlanishiga doir muhim jihatlar qayd etilgan.

Shuningdek, o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligini ta’minlashga qaratilgan asosiy jihatlar tilga olingan.

❗️ Muloqot davomida mazkur huquqiy o‘zgartirishlarning soha rivojidagi o‘rni va jamiyat faravonligini oshirishdagi o‘rni xususida ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Конституция_ўзимизники
#Jizzax

Jizzaxlik 1000 nafarga yaqin direktor va o‘qituvchilar ishtirokida “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki” shiori ostida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

Yangilanayotgan Bosh Qomusimiz mazmun-mohiyati va unda nazarda tutilgan ta’lim sohasiga doir o‘zgartirishlar tahliliga bag‘ishlangan mazkur tadbirda hududdagi maktab rahbarlari va o‘qituvchilar ishtirok etdi.

📍Tadbirda iqtidorli o‘quvchilar ishtirokida badiiy chiqishlar va gala-konsert ham tashkil qilinib, 1000 nafarga yaqin pedagog xodimlar qatnashdi.

Unda Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartishlarning mazmun-mohiyati, ta’lim rivojiga doir muhim jihatlar xususida ma’lumot berildi.

❗️Qayd etilganidek, yangilanayotgan Konstitutsiyaviy qonun loyiha matnining 50- va 52-moddalarida maktab va maktabgacha ta’limni rivojlantirish bo‘yicha qator huquqiy asoslar keltirib o‘tilgan.

Tadbir davomida, shuningdek mazkur huquqiy o‘zgartirishlarning soha rivojidagi o‘rni xususida ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from Edu.uz
Taʼlim-fan jamoatchilik kengashining ilk yigʻilishi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida 27-mart soat 14:00 da Taʼlim-fan jamoatchilik kengashining birinchi yigʻilishi oʻtkaziladi.

Taʼlim-fan jamoatchilik kengashiga oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim hamda ilm-fanga oid islohotlarga befarq boʻlmagan tashabbuskor fuqarolar oʻz xohishlariga koʻra ariza yuborish orqali nomzodlarini berganlar va ular keng jamoatchilik tomonidan ovoz berish yoʻli orqali tanlab olingan.

Kengash yigʻilishida hududlardan qatnashish istagida boʻlganlarga hududiy boshqarmalardagi studiyalardan ZOOM platformasi orqali ishtirok etish imkoniyati yaratiladi.

Taʼlim-fan jamoatchilik kengashining birinchi yigʻilishiga OAV vakillari, jurnalistlar, blogerlarni ham taklif etamiz.



Состоится первое заседание Общественного совета по образованию и науке

27 марта в 14:00 в Министерстве высшего образования, науки и инноваций пройдет первое заседание Общественного совета по вопросам образования и науки.

Кандидатуры в Общественный совет по образованию и науке подали инициативные граждане, неравнодушные к реформам высшего, среднего специального и профессионального образования, а также науки. Они отобраны путем голосования широкой общественности.

Остальные 200 активистов будут приняты в состав Рабочей группы Общественного совета по вопросам образования и науки. Желающим принять участие в заседании совета от регионов будет предложена возможность участия из студий региональных управлений через платформу ZOOM.

Приглашаем представителей СМИ, журналистов и блогеров на первое заседание Общественного совета по вопросам образования и науки.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
AZAMAT KAMOLOV
Taʼlim-fan jamoatchilik kengashining ilk yigʻilishi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida 27-mart soat 14:00 da Taʼlim-fan jamoatchilik kengashining birinchi yigʻilishi oʻtkaziladi. Taʼlim-fan jamoatchilik kengashiga oliy, oʻrta maxsus va professional…
#жамоатчилик_фаолияти

Олий таьлим, фан ва инновациялар вазирлигида Таьлим-фан жамоатчилик кенгашининг биринчи йиғилишида Кенгаш аьзоси сифатида иштирок этмоқдамиз. Вазирга Кенгаш фаолиятини самарали ташкил этиш бўйича ўз таклифларимизни билдириб ўтамиз.

👉@azamatkamal81👈
Forwarded from Ta'lim va Kasb
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Ta’lim va kasb – 2023” qaytmoqda!

Joriy
yilning 7-aprelidan 19-mayiga qadar “Ta’lim va kasb – 2023” XXIII Xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi, unda dunyoning 50 dan ortiq oliy o‘quv yurtlari ishtirok etadi.

Ko'rgazma o'tkaziladigan shaharlar:
📍Toshkent 7-8-aprel,
📍
Samarqand 10-aprel,
📍
Navoiy 12-aprel,
📍
Buxoro 14-aprel,
📍
Urganch 17-aprel,
📍
Nukus 19-aprel,
📍
Fargʻona 15-may,
📍
Andijon 17-may,
📍
Namangan 19-may.

Tadbir davomida abituriyentlar va ularning ota-onalari universitet mutasaddilaridan individual maslahatlar oladilar; o'zlariga mos yo'nalishlarni tanlash, o'qishga kirish, ta'lim sifati va talabalar hayoti haqida kerakli ma'lumotlarni olish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Ko'rgazma O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ko‘magida o'tkazilmoqda.

❗️Ko'rgazmalarga kirish bepul!
Telegram bot orqali ro'yxatdan o'tish talab etiladi @myfair_regbot

📌 2023-yil bahori uchun tadbirlar jadvali bilan bizning saytimizda tanishib chiqishingiz mumkin:
www.myfair.events/uz

Tel: +998 (90) 972-55-25
Tel: +998 (90) 392-04-40

🇷🇺 Телеграм-канал на русском языке: @myfair_ru

📲 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Taʼlim sohasida yangi va qulay elektron xizmatlar ishga tushiriladi

Maktabgacha va maktab taʼlimi, Raqamli texnologiyalar hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirliklari mutaxassislari ishtirokida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni raqamlashtirish, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatilayotgan elektron xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va yangi xizmatlarni joriy etish masalalari muhokama etildi.

❗️Xususan, aholiga qulaylik yaratish maqsadida quyidagi elektron xizmatlarni tez orada ishga tushirish kelishib olindi:

✔️ Maktab o‘quvchilarni 1-sinfga onlayn qabul xizmati;
✔️ O‘quvchilarni maktabdan maktabga onlayn ko‘chirish xizmati;
✔️ Elektron shahodatnomani yuklab olish xizmati;
✔️ Talabalarni yotoqxonaga onlayn joylashish xizmati;
✔️ Talabalarga taʼlim kreditini onlayn ajratish xizmati va boshqalar.

Maktabgacha taʼlim tashkiloti, maktab, oliy taʼlim tizimlarida yangi elektron xizmatlari joriy etiladi. Barcha takliflar tahlil etilib, qulay xizmatlarni joriy etish choralari ko‘riladi.

🎓Taʼlim sohasida joriy etilgan elektron xizmatlardan - Taʼlim sohasida elektron xizmatlar havolasi orqali foydalanish mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM