AZAMAT KAMOLOV
1.07K subscribers
7.99K photos
1.11K videos
51 files
3.47K links
Download Telegram
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida navbatdan tashqari ta’til e’lon qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli yig‘ilish bayoniga asosan, ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida mavsumiy gripp kasalligi, shamollashning keskin ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun 2023-yil 10-18-yanvar kunlari navbatdan tashqari ta’til e’lon qilinadi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati
Nаvbаtdаn tаshqаri tа'til kunlаri dаvomidа tа'lim tаshkilotlаridа fаoliyat yuritаyotgаn xodimlаrning ish hаqi toʼliq toʼlаnаdi

SAVOL: Men maktabda oʼqituvchi boʼlib ishlayman. Qishki taʼtil kunlarining uzaytirilishi mening oylik ish haqimga taʼsir qilmaydimi?


Javob: Oʼzbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli yigʼilish bayoniga asosan, 2023-yil 10-18-yanvar kunlari beriladigan navbatdan tashqari taʼtil kunlari davomida taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan rahbar xodimlar, tarbiyachilar, pedagoglar, professor oʼqituvchilar va boshqa xodimlar, jumladan, mehnatiga soatbay haq toʼlanadigan xodimlarga amaldagi ish haqi toʼlovlari saqlangan holda toʼlanadi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati
Farzandi maktabgacha taʼlim tashkilotiga borayotgan byudjet tashkilotlarida ishlaydigan ayollarning ish vaqti ish haqi kamaytirilmagan holda qisqartiriladi

Joriy yilning 10-18-yanvar kunlari maktabgacha taʼlim tashkilotlarida navbatdan tashqari taʼtil eʼlon qilinishi munosabati bilan maktabgacha taʼlim yoshidagi (3-7 yoshli) bolalari bor, byudjet hisobidan moliyaviy jihatdan taʼminlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollarga mehnat shartnomasi shartlariga binoan mehnatga toʼlanadigan haqni kamaytirmasdan, ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati
MUHIM!

🟢Ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli maktab o‘quvchilarining qishki ta’til kunlari uzaytiriladi;

🟢Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida navbatdan tashqari ta’til e’lon qilinadi;

🟢Nаvbаtdаn tаshqаri tа'til kunlаri dаvomidа tа'lim tаshkilotlаridа fаoliyat yuritаyotgаn xodimlаrning ish hаqi toʼliq toʼlаnаdi;

🟢Farzandi maktabgacha taʼlim tashkilotiga borayotgan byudjet tashkilotlarida ishlaydigan ayollarning ish vaqti ish haqi kamaytirilmagan holda qisqartiriladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Hurmatli professor-oʻqituvchilar, qadrli ota-onalar va talaba-oʻquvchilar!

Gidrometeorologiya xizmati markazi xabariga asosan 10-yanvardan boshlab, havo haroratining keskin pasayishi davrida aholi oʻrtasida, ayniqsa taʼlim tashkilotlarida mavsumiy gripp kasalligining keskin koʻpayishining oldini olish maqsadida oliy va professional taʼlim muassasalari, akademik litsey talaba-oʻquvchilari uchun qishki taʼtil muddati 2023-yil 18-yanvarga qadar uzaytirildi.

Dars mashg‘ulotlari 18-yanvardan boshlanadi.

Bu davrda taʼlim tashkilotlari pedagog va boshqa xodimlarga amaldagi ish haqi toʻlovlari saqlanib qoladi.

Shuningdek, taʼtil kunlari talabalar uchun ilmiy maqolalar tayyorlash boʻyicha onlayn seminarlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkaziladi.

Talaba-oʻquvchilarning oʻz taʼlim muassasalariga qaytishlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida avia hamda temir yoʻl chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 2023-yilning 18-yanvariga qadar uzaytirildi.

Eng asosiysi, 9-yanvargacha xarid qilingan avia va temir yoʻl chiptalari bepul tarzda tegishli muddatga almashtirib beriladi.

Bundan tashqari, taʼtil uzaytirilishi munosabati bilan avia hamda temir yoʻllarda qoʻshimcha joy (reys)lar ajratiladi.

Ushbu davrda belgilangan dars mashgʻulotlari oʻquv yili davomida tigʻizlashtirib oʻqitiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
⚠️Ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli e’lon qilinayotgan qishki ta’til kunlari xususiy ta’lim tashkilotlari o’quvchilariga ham taalluqli

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli yig‘ilish bayoniga asosan, ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli 2023-yilning 17-yanvarigacha davom etadigan qishki ta’til kunlari xususiy ta’lim tashkilotlariga ham tegishli ekanligini ma’lum qilamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from XURSHID DAVRON KUTUBXONASI (Xurshid Davron)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Кумуш Абдусаломованинг "Қақнус"да ўқиган бу шеъри юрагимни жизиллатиб юборди. Унинг йўли порлоқ бўлишини Оллоҳдан сўрадим.
Uzaytirilgan qishki ta’til kunlari maktablarda o‘quvchilar ishtirokida to‘garaklar tashkil etilmaydi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi qishki ta’til davrida umumta’lim maktablarida o‘quvchilar uchun to‘garaklar tashkil etish yuzasidan topshiriqlar berilmaganligini ma’lum qiladi.

Vazirlik tasarrufidagi respublika tashkilotlari — Bolalar kutubxonasi, "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan barcha loyihalar onlayn tarzda tashkil etilmoqda.

Hukumatining tegishli yig‘ilish bayonida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, qishqi ta’til davomida o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida kitob mutolaasini oshirishga qaratilgan onlayn intelektual viktorinalar, radio eshittirishlar hamda teleko‘rsatuvlar namoyish etilishi ko‘zda tutilgan.

Shu o‘rinda vazirlik hududiy bo‘linmalari hamda vazirlik tarkibidagi barcha ta’lim muassasalari rahbarlaridan qishgi ta’til kunlari o‘quvchilar ishtirokida turli to‘garaklar tashkil etilmasligini shaxsiy nazoratga olishlari so‘raladi.


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati
#КУН_ҲИКМАТИ
❗️шунчаки муҳим...

Ишга бораман!

Жуда оддий ва соддагина эшитиладиган бу сўзнинг замирида муҳташам ҳақиқатлар бор!

❗️Тинчлик - Агарки юртда тинчлик бўлмаса, ишга бора олармидик?!

❗️ Соғлик - Танимиз соғ экан, биз ишга отланаяпмиз!

❗️ Хотиржамлик - Оиламиз хотиржамлиги учун кўнглимиз тинч ишга кетяпмиз!

❗️Шукроналик - Дунёда ишга боролмайдиган ва ёки ишсиз яшаётганлар қанча!

❗️ Фаровонлик - Ишга бораяпсизми, демак хонадонингизга ризқ олиб келасиз. Ҳалол ризқ!

Қадрдонлар, сиз ҳам ишга отланаяпсизми?! Демак, айтилган мана шу ҳақиқатлар сизга ҳам дахлдордир.
Ишингиз бароридан келсин!

🖊Тошкент вилояти Халқ таълими бошқармаси Ахборот хизмати
Каналга уланиш 👉
@toshkentvxtb
#ибрат

Китоб ҳақида буюкларнинг сўзлари

Яхши ёзадиган муаллифларнинг китобини ўқиб чиқсангиз, яхши гапиришга одатланасиз.

© Ф. Вольтаир

Маданият – ўқиган китобларнинг сони эмас, балки тушунганларнинг сонидир.

© Фазил Искандер

Китоб ўқиган одамлар доимо телевизорни томоша қилганларни назорат қиладилар.

© Ф.Жанлис

Қанча кўп ўқисангиз, шунча камроқ тақлид қиласиз.

© Жулес Ренард

Одамлар икки тоифага бўлинади: китоб ўқиган ва ўқиганларни тинглайдиганлар.

© Бербер Бернард

👉
@azamatkamal81👈
#ибрат

Оталар болаларига китоб ўқиб бериши муҳим(ми)?

Болаларга уйқудан аввал китобни оналар эмас, оталар ўқиб берса, болалар яхшироқ ривожланади. Бундай хулосага Гарвард университети тадқиқотчилари келишди.

Уйқудан аввал фарзандларга китоб ўқиб бериш одатда оналар билан боғлиқ, лекин оталар ўқиганда алоҳида таъсир кўрсатар экан.

Тадқиқот устида ишлаган Элизабет Дуурсма таъкидлашича, эркаклар ва аёллар бу вазифага турлича ёндашишар экан. Аёллар кўпроқ фактлар билан боғлиқ саволлар берар экан. Масалан: “Нечта олма кўряпсан?” Оталар эса бола тасаввурини кенгайтирадиган саволлар берар экан. Масалан: “О, қара! Олма! Эсингдами фермага олма тергани боргандик?”

Бу ўз ўрнида бола луғат бойлиги ошишига олиб келади, чунки бола ота берган саволларга жавоб бериш ва сухбатни давом эттириш учун янги сўзлар қидиришга ҳаракат қилади.

Тадқиқотчи айтишича, оталар ўз фарзандларига 2 ёшга тўлмасдан китоб ўқишни бошласа, бола тезроқ ривожланар экан. Оталар китоб ўқишидан айниқса қизлар кўпроқ ривожланиши кузатилган.

👉@azamatkamal81👈
#табрик

Прокуратура органларининг барча ходимларини касб байрами билан муборакбод этамиз. Қонун устуворлигини таьминлаш, жамиятдаги салбий иллатларга қарши курашиш борасидаги машаққатли фаолиятингизда сизларга куч-қувват, мустаҳкам соғлиқ ва муваффақиятлар тилайман.
Шиорингиз адолат, қарорингиз оқибат бўлсин!
Байрамингиз муборак бўлсин!

👉@azamatkamal81👈
​​Олтиндек қимматли фикрлар

—  Бир хил ҳаракатни такрорлайвериб, ундан ҳар хил натижа кутиш ақлсизликдир.

—  Ҳаракатсизликнинг асосий сабаби фикрламасликдир.

—  Истеъдодсиз бола йўқ, эътиборсиз ота-оналар бор, холос.

—  Китоб ўқиш фикрлашга ўргатади.

—  Атрофимизда сиздан ҳам фазилатли одамлар борлигини унутманг.

—  Раҳбарнинг обрўси унинг шахсий ибратидадир.

—  Жоҳиллик илмсизликдан, бошқаларнинг қалбини, фикрини, қадрини билмасликдан бошланади.

https://t.iss.one/joinchat/Tyrq4tUQpesrTBVw
#эслатма

Ҳеч кимга насиб этиб турган ризқинг ҳақида ҳикоя қилма.

Ҳеч кимга бахтиёрлигинг, саодатингни кўз-кўз қилиб ҳикоя қилма.

Ҳеч кимга ютуқларинг, фойдаларинг ҳақида ҳикоя қилиб сўзлама.

Ҳеч кимга оила аъзоларинг, уй аҳлинг ҳақида ҳикоя қилма, мақтанма.

Ҳеч кимга хилофларинг, ёқтирмаган, рози бўлмаган нарсаларинг ҳақида сўзлама.

Ҳеч кимга фарзандларингни мақтаб, улар ҳақида ҳикоя қилма.

Ҳеч кимга қилаётган ишларинг, тижоратларинг ҳақида ҳикоя қилма.

Ҳеч кимга саломатлигинг яхшилиги, қувватинг ҳақида сўзлама.

Ҳеч кимга ейдиган овқатларингни мақтаб, ҳикоя қилма.

Ҳеч кимга сарфлаганларинг ва нифоқларинг ҳақида ҳикоя қилма.

Ҳеч кимга эришган ютуғинг ва муваффақиятинг ҳақида сўзлама.

Ҳеч кимга ҳаётингдаги барча гўзал нарсалар ҳақида ҳикоя қилма, ҳеч кимга эр-хотинлик сирларингни ҳикоя қилма, ҳикоя қилма, ҳикоя қилма...

Менга ишон, бир кун келади, ҳеч кимга бу санаб ўтганларим ҳақида сўзлама, буни фақатгина ўз тажрибасидан ўтказгангина ва қалбини очгани сабаб унинг бадали, қийматини тўлаган инсонгина тушунади, англайди.

PATRUL_UZ

👉@azamatkamal81👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Бугун Волгабўйи ҳудудларидан совуқ ҳаво кириб кела бошлайди.

Республиканинг шимолий қисмида ёғингарчилик кутилмайди. Ўзбекистоннинг бошқа ҳудудларида эса ёғингарчилик кутилади. Ёғинлар ёмғир-қор кўринишида бўлади.

Ҳаво ҳарорати  шимолда -3 -8 даража совуқ, жанубда +5 +10 даража илиқ атрофида бўлади. Бошқа ҳудудларда эса +2 +7 даражагача илиқ кутилади.

Жойларга туман тушади. Тоғларда кучли қор ёғиши мумкин.

👉@yuz_official
— Қизингиз IELTS топширганми?
— Ҳа.
— Listening'дан неччи балл олган?
— 8.5
— Жуда соз. Қулоғига гап кирадиган қиз экан. Келин қиламиз.
Ичида:
— Худога шукр, Speaking'дан 9.0 олганини сўрашмади!

* Listening — эшитиш;
* Speaking — гапириш.

@jaydari_hazillar | халқона ҳазиллар
Forwarded from Ulug'bek Farxodovich
⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️

ONLAYN SPORT TANLOVI 

🇺🇿Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda O‘zbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan “Biz sportchilar oilasimiz” shiori ostida o‘quvchilar uchun sport tanlovini e’lon qiladi!

🔰I. SHARTLARI QANDAY

👨‍💻➡️ BU JUDA ODDIY

1️⃣ Bunda maktab o‘quvchilari o‘z oila a'zolari bilan ishtirok etishlari lozim. O‘quvchilar uyida umum rivojlantiruvchi mashqlarni bajarish orqali sportning insonga foydali tomonlarini ochib berishlari kerak bo‘ladi.

2️⃣ Ishtirokchilar tanlov davomida ko’rsatilayotgan mashqlar takrorlanmasligi hamda ko’rsatayotgan mashqlari aniq va sifatli bajarilishi, mashqlarni ketma-ketlik asosida bajarishlari talab etiladi.

3️⃣ Ishtirokchilar onlayn tanlov jarayonini video tasvirga
(3 daqiqadan oshmasligi talab etiladi) olgan holda 2023-yil 9-17 yanvargacha  @t.iss.one/yoshlikmk telegram kanaliga a’zo bo’lib, uning admini @Yoshlik_mk telegram manziliga yuborishlari zarur. 😀

😀II. G‘OLIBLARNI ANIQLASH TARTIBI QANDAY

Tanlov natijalari quydagicha aniqlanadi, eng sifatli, shartlarni aniq va to‘g’ri bajargan, belgilangan daqiqadan oshmagan holda yuborilgan  video roliklar saralanib 2023-yil 17-yanvar kunidan boshlab @t.iss.one/yoshlikmk telegram kanaliga joylashtiriladi hamda 2023-yil 20-yanvar kuni Markaziy kengash tomonidan  g’oliblar aniqlanadi va telegram kanalda e'lon qilinadi.
 
🎁III. G‘OLIBLAR QANDAY MUKOFOTLANADI

🥇🖥1-o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘quvchiga TELEVIZOR topshiriladi.

🥈🚲2-o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘quvchiga sport VELOSIPED topshiriladi.

🥉🚲3-o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘quvchiga VELOSIPED topshriladi.

Quydagilar talab etiladi.
1️⃣ O‘quvchining F.I.O
2️⃣ Yashash manzili, ta’lim olayotgan maktab raqami

😀Quyidagilar taqiqlanadi.
1️⃣  Tanlovga mos bo‘lmagan videoroliklar.
2️⃣  Bitta o‘quvchi tomonidan bir necha videorolikni yuborish.
3⃣ Belgilangan vaqtdan oshmasligi.

O‘zbekiston "Yoshlik" JTSJ Markaziy kengashi matbuot xizmati

🕊Telegram | 📱Instagram |📱Facebook | 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ruzimurat Choriyev
Совуқ кунлар остонасидаги маслаҳатлар:

Шунчаки қават-қават кийинмасдан, тананинг оёқ, бел ва бўйин қисмини иссиқ ушлашга ҳаракат қилинг. Хонага кирганингизда ечиб қўйиш осон ҳамда терлаб, сўнгра совуқ қотишнинг олдини олган бўласиз.

Тўйимли ва сифатли овқатланиш – совуқда организм касалланмаслигининг асосий омилларидан.

Иссиқ қаҳва, какао ёки қора чой ичиш баданни иситишга кўмаклашади.

Енгил бадан тарбия баданда қон айланишини яхшилаб, мушаклар исишига ёрдам беради.

Совуқ ҳавода ўпкани тўлдириб, аммо вазмин ва фақат бурун орқали нафас олиш – асаб тизимини тинчлантириб, совуқ иқлимни организм учун стресс эмас, балки яхши кайфият бахш этувчи омил сифатида қабул қилишга кўмаклашади.

Хуллас, қишнинг ҳар бир куни сизга яхши кайфият улашаверсин...

👉
https://t.iss.one/Ruzimuratchoriev
Qishki taʼtil davrini uzaytirish vakolati hududdagi ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda mahalliy hokimliklarga berildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoniga asosan hududdagi ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga maktabgacha, umumtaʼlim, o‘rta maxsus, professional hamda oliy taʼlim tashkilotlarida qishki taʼtil davrini uzaytirish yoki uzaytirmaslik vakolati berilganligini maʼlum qilamiz.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi “Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonunda Mahalliy davlat hokimiyati organlariga taʼlim sohasida ayrim vakolatlar berilgan.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Ҳиндистон Республикаси Бош вазири Нарендра Модининг таклифига биноан 12 январь куни “Глобал Жануб овози” онлайн-саммитининг ялпи мажлисида иштирок этади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Премьер-министра Республики Индия Нарендры Моди 12 января примет участие в пленарном заседании онлайн-саммита «Голос глобального Юга».

#Mirziyoyev #sammit #Hindiston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter