AZAMAT KAMOLOV
1.08K subscribers
7.98K photos
1.11K videos
51 files
3.47K links
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
#Xalqaro_hamkorlik
#UNICEF

Bugun vazirligimiz tomonidan UNICEF hamda Ta'lim bo‘yicha global hamkorlik tashkiloti (GPE) bilan birgalikda tashkil etilgan “Mahalliy ta'lim guruhi”ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

❗️Unda xalqaro va mahalliy mutaxassislar bilan birga 2023–2026-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi ta'lim sohasini isloh qilishning Milliy yo‘l xaritasi (National Compact)ni ishlab chiqish jarayonlari haqida so‘z yuritdik.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, so‘nggi yillarda Davlatimiz rahbari boshchiligida mamlakatimizda ta'lim sohasini rivojlantirish maqsadida katta islohotlar amalga oshirilmoqda.

✔️Biz zamonaviy ko‘nikmalarga ega, kreativ fikrlaydigan, keng dunyoqarashli yangi avlodni tarbiyalashni maqsad qilib oldik va ushbu maqsadga erishish uchun barcha kuch, bilim, sharoit va imkoniyat safarbar etamiz.

⚡️Ta'lim sohasini isloh qilishning Milliy yo‘l xaritasini ishlab chiqish jarayoni xalqaro hamkorlar bilan birgalikda ta'lim islohoti dasturini amalga oshirish yo‘lidagi birinchi qadamdir.

Umid qilamanki, yurtimizdagi ta'lim tizimini yanada isloh etishda bu kabi ko'plab loyihalar ustida birgalikda ishlaymiz. Maqsadimiz bitta - yoshlarimizning jahon standartlariga mos ta'lim olishlarini ta'minlashdir.
_______
📌Ma'lumot o'rnida, bugun maktabgacha va maktab ta'limi tizimida salkam 40 mingta ta'lim tashkilotlarida 8,4 million nafar farzandlarimizga 700 ming nafarga yaqin pedagog xodimlar ta'lim va tarbiya berib kelmoqda.

👇Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😇🥰🥰🥰😇🥰🥰🥰

📣 Farzandingizni kitob o‘qishga qiziqtira olmayapsizmi?

🇺🇿 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tavsiya etadi!

📖 Endilikda 1-11-sinflar kesimidagi maktab darsliklari hamda eng sara kitoblarni Kitob.uz platformasida topishingiz mumkin.

📱Kitob.uz mobil ilovasini yuklab oling. 📚3 mingdan ziyod elektron kitoblarni o'qing va 1000 dan ortiq audio kitoblarni 🎧 bepul tinglang.

KITOB.UZ ilovasini yuklab olish ⬇️
🍏 Apple Store | 🛒 Google Play

Mazkur portalning qulayliklari:⬇️

➡️bolani chalg'ituvchi reklama va cheklovlarsiz kitoblarni o'qish va tinglash;
➡️adabiy janrlarning boy tanlovi;
➡️portaldan elektron va audio kitoblarni yuklab olib, ularni oflayn rejimda o‘qish imkoniyati;
➡️kitoblarni izlash qulayligi.

Beeline, Mobiuz, Ucell, Uzmobile - aloqa operatori abonentlari Kitob.uz platformasidan trafik sarfisiz foydalanishi mumkin.

#kitob_uz #bepul_kitoblar #elektron_va_audio_formatda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
БАХТ НИМА ?

Минг бўлакка бўлиб дунёни
Туғилгандан бахтни излаймиз.
Қўлларидан тутиб рўёни
Атрофда бахт, баъзан билмаймиз!

Бахтлар билан безатилган тахт,
Худойимга етса бас зоринг
Кимдир сени соғинса, шу Бахт,
Бахт аслида дунёда боринг!

Кимларнидир Севиб, Соғиниб,
Интизор-ла уни кутганинг.
Бахт аслида томоғинг билан
Шу бир қултум сувни ютганинг!

Ҳамма ерда Бахтларинг сочиқ
Бахорлардан гўзаллик йиққан,
Бахт эмасми? Кўзларинг очиқ?
Осмонга боқ, кўкка ой чиққан!

Сенга яна нима етмайди?
Ҳаттоки Бахт - елиб толмоқлик
Ҳаммага ҳам насиб этмайди
Тонгда туриб нафас Олмоқлик!!!

© Эркин Воҳидов

👉@azamatkamal81👈
#оталарга_савол

​​​​Сиз тарбиячиларнинг қайси турига мансубсиз?

▪️Фарзандингизни ўйнатиб, сайр қилдирсангиз, демак сиз яхши отасиз.

▪️Фарзандингиз ўзи ўйнаб вақтичоғлик қилишига рухсат берсангиз, демак сиз сабрли отасиз.

▪️Фарзандингиз тафаккур қилиши, ривожланиши ва ихтиролар қилишига шароит яратиб берсангиз, демак сиз кашфиётчи отасиз.

▪️Фарзандингиз билан гаплашиб, унинг ўй-фикрлари ва ташвишларини эшитсангиз, демак сиз софдил отасиз.

▪️Фарзандингиз билан китоб ўқиб, унга ҳаёт ҳақиқатларидан сабоқ беришга вақт топсангиз, демак сиз меҳрибон отасиз.

☝️Кимдаки буларнинг барчаси жамланган бўлса, ўша инсон фарзандлари учун самимий, ёқимли, беминнат ва бебаҳо тарбиячидир.

👉@azamatkamal81👈
Президент Шавкат Мирзиёев энергия таъминотини яхшилаш масалалари бўйича йиғилиш ўтказди ҳамда гидроэнергетика тармоғидаги режалар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам улучшения энергоснабжения и ознакомился с презентацией планов по гидроэнергетической отрасли.

#Mirziyoyev #yigilish #energetika #Uzbekgidroenergo

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#хушхабар

Нодирбек Абдусатторов шахмат қироли Магнус Карлсенни мағлуб қилди.

Нидерландияда ўтаётган классик шахмат бўйича “Tata Steel Chess-2023” турнирида олимпиада чемпиони, ҳамюртимиз Нодирбек Абдусатторов жаҳон чемпиони Магнус Карлсен устидан ғалаба қозонди.

👉@azamatkamal81👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning farzandlarini maktablarga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati ishga tushirildi

Chet el fuqarolari va chet elda yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning
farzandlarini umumtaʼlim maktablariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati yo‘lga qo‘yildi.

Buning uchun chet el fuqarolari va chet elda yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining elektron xizmatlar portali (my.maktab.uz) orqali onlayn so‘rovnomani to‘ldirgan holda ariza yuboradi.

Ariza avtomatik tarzda hududiy boshqarmalar huzuridagi chet el fuqarolari farzandlarini umumtaʼlim maktablariga qabul qilish bo‘yicha Ishchi guruhga yuboriladi.

Ishchi guruhi 7 ish kunida arizani ko‘rib chiqib, yo‘llanmani (QR-kod qo‘yilgan) rasmiylashtiradi hamda elektron portal orqali ariza beruvchiga elektron ravishda yuboradi.

Natijani ariza beruvchi o‘zi murojaat qilgan my.gov.uz yoki my.maktab.uz portali orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.

🟢Davlat xizmatini ko‘rsatish BEPUL amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, shu vaqtga qadar shahodatnoma dublikatini olish va xorijda taʼlim olganlik to‘g‘risidagi hujjatni (nostrifikatsiya) tan olish bo‘yicha davlat xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan.

2023-yil davomida eksternat tartibida imtihonlarni topshirish uchun ariza berish hamda o‘quvchilarni bir maktabdan boshqasiga o‘tkazish davlat xizmatlari ham ishga tushiriladi.

Qabul jarayonlari boʼyicha qoʼshimcha maʼlumotlarni @mymaktab_uz telegramm kanali yoki ☎️71 203-07-04 telefon raqami orqali olish mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
RASMIY MUNOSABAT

Angrendagi maktabga borgan va Angren shahar prokurori deya ta’kidlanilayotgan shaxsning o‘qituvchilarga munosabati internet tarmoqlarida keng salbiy muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Ma’lumki, pedagog xodimlarni xizmat majburiyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilish taqiqlangan. Ushbu videolavha Bosh prokuraturaga yuborilgan va holat hozirda o‘rganilmoqda.

Jamiyatda o‘qituvchining obro‘sini oshirishni har birimiz o‘zimizdan boshlashimiz lozim. Bu borada kattalar yoshlarga o‘rnak bo‘lishi va har doim barchamizga bilim bergan ustozlarga hurmat bilan muomalada bo‘lishimiz shart.

O‘rni kelganda, Prezidentimiz tomonidan o‘qituvchilarning nufuzini oshirish borasida qator topshiriqlar berilganini va “O‘qituvchini hurmat qilmaganni men ham hurmat qilmayman” deganlarini alohida ta’kidlash lozim.

Shuningdek, “Zo'rlab ishlatish yoki majburiy mehnat to‘g‘risida”gi Konvensiyaning (Jeneva, 28.06.1930) 6-moddasiga asosan ma’muriyat amaldorlari, hatto ularning vazifasi ularga ishonib topshirilgan aholini qandaydir mehnat shakli bilan band qilishga ko‘maklashishdan iborat bo‘lsa-da, ushbu aholi yoki alohida shaxslarni xususiy shaxslar, kompaniyalar yoki tashkilotlar uchun ishlashga majbur qilishi mumkin emasligi belgilangan.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 10-maydagi 349-son qaroriga muvofiq Bosh prokuraturaga O‘zbekiston Respublikasi hududida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni kuchaytirish, bu boradagi tekshiruvlar samaradorligini oshirish va majburiy mehnat holatlari aniqlanganda esa aybdor shaxslarga nisbatan tegishli javobgarlik choralarini qo‘llash tavsiya etilganligini eslatib o‘tamiz.
Forwarded from Hilola Umarova
Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan holat bo‘yicha o‘zimning munosabatimni bildirib o‘tmoqchiman.

Bosh Prokuratura rahbariyati bilan yuzaga kelgan noxush vaziyat yuzasidan gaplashdim, holat ayni damda nazoratga olingan va o‘rganilmoqda.

Prezidentimizning tegishli Qarorlariga asosan pedagog xodimlarini xizmat majburiyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilish qat’iyan taqiqlanganini eslatib o‘taman.

O‘qituvchi qadrlanmagan yurt hech qachon taraqqiy etmaydi. Shu bois barchadan jumladan mutasaddi rahbarlarimizdan bugun Davlatimiz Rahbari tomonidan olib borilayotgan o‘qituvchilarni ulug‘lash va jamiyatda eng obro‘li inson qilish Davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlab, bu borada eng avvalo o‘zimiz o‘rnak ko‘rsatishimizni so‘rab qolaman.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bayonot

Toshkent viloyati prokuraturasining rasmiy bayonoti.

Angren shahar prokurori U.Xabiljonovga faoliyatda yoʻl qoʻygan xato va kamchiliklar uchun intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев мактабларда хорижий тиллар ва касб ўргатиш тизимини ривожлантириш масалалари бўйича кенгайтирилган йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел расширенное совещание по вопросам развития системы преподавания иностранных языков и профессионального обучения в школах.

#Mirziyoyev #yigilish #talim #maktab

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter