Surxondaryo viloyati hokimligi
24.6K subscribers
32K photos
3.18K videos
1 file
13.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda vohada amalga oshirilayotgan yirik loyihalarning ishga tushirilishi, bu yo‘nalishda tadbirkorlar duch kelayotgan muammolar, yangi ish o‘rinlarining yaratilishi holati tanqidiy tahlil qilindi.

Mutasaddilarga viloyatning eksport va investitsiya ko‘rsatkichlari, qishloq xo‘jaligidagi topshiriqlar ijrosi hamda kommunal xizmatlar sifatini yanada oshirish vazifalari topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1757

#Surxondaryo #yirikloyihalar #kommunal

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumanida amalga oshirilayotgan yirik loyihalar, ishlab chiqarish korxonalari va tibbiyot maskanlari faoliyati bilan tanishdi.

Xususan, yaxna ichimliklar, sport kiyimlari ishlab chiqarish, chorvachilik kompleksi, xususiy tibbiyot klinikasi hamda Denov nogironligi bo‘lgan erkaklar muruvvat uyi faoliyati bilan tanishildi. Xususiy maktab va tikuvchilik sexi loyihalari taqdimoti ko‘rib chiqildi.

Chorvachilik fermer xo‘jaliklari bilan uchrashuvda ularning mavjud muammolari tinglandi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2116

#Surxondaryo #yirikloyihalar #ishlabchiqarish #klinika #muruvvatuyi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumaniga tashrifi davomida og‘ir hudud toifasidagi mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, energiya resurslaridan samarali foydalanish hamda qishloq mahallalarida BSKlar faoliyatini tashkil etish taqdimotlari bilan tanishdi.

Tumandagi “Xangaronsoy” sel-suv ombori, “Mustaqillikning 25 yilligi” gaz-kimyo majmuasi, “Manguzar–Jarqo‘rg‘on–Bandixon–Oltinsoy–Denov” avtomobil yo‘lining 111 km qismida semento-beton qoplamasi yotqizish hamda “Kemping” xizmatlari ko‘rsatuvchi turizm majmuasi qurilishi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, “Zoom” platformasi orqali Termiz shahri va tumanlarda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj, davlat g‘amxo‘rligiga olingan 56 nafar yoshlarga uy-joy kalitlarini topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2117

#Surxondaryo #yirikloyihalar #taqdimotlar #uyjoytopshirish #qurilish

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X