Surxondaryo viloyati hokimligi
24.4K subscribers
32.2K photos
3.22K videos
1 file
14K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi “San’at saroyi” majmuasida tashkil etilgan tadbirda hududlarda aholining madaniy hordiq olishi uchun xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, madaniyat bo‘limlarining moddiy-texnika bazasi hamda sharoitlarini yaxshilash maqsadida Madaniyat vazirligi tomonidan ajratilgan 6 ta "Damas" avtomashinasi kalitlarini tuman Madaniyat bo‘limlariga tantanali topshirdi. Shuningdek, ushbu madaniyat bo‘limlariga 5 turdagi musiqa asboblari ham berildi.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil dekabr oyida Termiz shahri va beshta tuman madaniyat bo‘limlariga xizmat avtomashinalari topshirilgan edi.

Shundan so‘ng, viloyat rahbari O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi shodiyonalariga tayyorgarlik jarayonlari hamda viloyatning asosiy bayram dasturi taqdimotlari bilan tanishdi. Soha mas’ullari va mutasaddilarga bayram tadbirlariga yuqori saviyada hozirlik ko‘rish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.

Tadbir yakunida joriy yil 27-30-iyun kunlari Jizzax viloyatida o‘tkazilgan II xalqaro maqom san’ati anjumanida Surxondaryo viloyatining tashkiliy va ijodiy jamoasining faol ishtiroki uchun sharoitlar yaratib berganligi uchun viloyat hokimiga Madaniyat vazirligining tashakkurnomasi topshirildi.

#Surxondaryo #Madaniyat #xizmatavtomashinalari #bayramdasturi #taqdimot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X