Surxondaryo viloyati hokimligi
24.4K subscribers
33K photos
3.28K videos
1 file
14.2K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Ulug‘bek Qosimov: Eng achinarlisi yashirin iqtisodiyot sabab ishchilar kelgusida pensiyaga chiqishlari uchun zarur bo‘lgan ish stajlaridan mahrum bo‘lmoqda!

Surxondaryo viloyati hokimi rahbarligida qurilish sohasidagi dasturlar va “Tashabbusli byudjet” dasturining 2023-yil 2-mavsumi ijrosi hamda “yashirin iqtisodiyot”ga qarshi kurash masalalari muhokama qilindi.

Loyihalarni “shablon” ishlab chiqmasdan, hududning o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib, birinchi navbatda kelgusida uning samaradorlik ko‘rsatkichlarini hisobga olish, “yashirin iqtisodiyot”ga qarshi qat’iy kurashish, korxonalarni sog‘lomlashtirish, tadbirkorlarga halol faoliyat yuritish har tomonlama foydali ekanligini tushuntirish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, Surxondaryo daryosi o‘zanidan noqonuniy foydalanish holatlarini zudlikda to‘xtatish, buning ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish vazifalari topshirildi.

Batafsil: surxondaryo.uz/uz/blog/1781

#Surxondaryo #qurilish #dasturlarijrosi #yashiriniqtisodiyot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter