Surxondaryo viloyati hokimligi
24.6K subscribers
32.1K photos
3.18K videos
1 file
13.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Qishloq xo‘jaligi ekinlari, xususan chigit ekish tadbirlari oldidan soha faxriylari va faollari hamda nuroniylarning maslahat va tavsiyalarini olish maqsadida Termiz tumanidagi “Al-Hakim At-Termiziy” majmuasida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, viloyat va tumanlar sektor rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, qishloq xo‘jaligi sohasi faxriylari va fidoyilari hamda diniy soha vakillari, nuroniylar ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida viloyat rahbari barchani kirib kelayotgan muborak Ramazon oyi bilan qutlab, o‘tgan yili yaratilgan “Surxondaryo tajribasi”ni joriy yilda ham davom ettirish, hududlar rahbarlariga diniy soha vakillari, joylardagi imomlar bilan ko‘makka muhtoj oilalar holidan xabar olib, moddiy va ma’naviy yordamlar ko‘rsatish vazifasini topshirdi.

Shuningdek, chigit ekish mavsumi oldidan ehson uchun jonliq so‘yildi. Yurt tinchligi va farovonligini, yaxshi niyatlar bilan yerga qadalayotgan urug‘lar hosilining mo‘l-ko‘lchiligini so‘rab duoga qo‘l ochildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1922

#Surxondaryo #Ramazonoyi #chigitekishmavsumi #ehsontadbirlari

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter