Surxondaryo viloyati hokimligi
24.6K subscribers
31.9K photos
3.17K videos
1 file
13.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Termiz tumani “Surxon Namuna” hududida 2024-yil paxta hosili uchun chigit ekish mavsumi oldidan soha mutasaddilari, hududlar rahbarlari, “Zoom” platformasi orqali tumanlardagi klaster va fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirokida ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.

Unda chigit ekish mavsumini qisqa muddatda uyushqoqlik bilan o‘tkazish, agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri amalga oshirish, uni xatosiz, sog‘lom va erta undirib olish, g‘o‘za parvarishi hamda turli zararkunandalardan himoya qilish bilan bog‘liq tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Viloyat rahbari Termiz tumanida tashkil etilgan “Suvchilar maktabi” faoliyati bilan ham tanishdi. Xitoy davlatiga tashrif davomida suvdan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi sohalarida erishilgan loyihalar doirasida tajriba uchastkalarini tanlab olish, vohaning iqlim va tuproq sharoitlarini chuqur o‘rgangan holda suv tejovchi texnologiyalarning samaradorligini o‘rganish, shu asosda loyihani ommalashtirish topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1913

#Surxondaryo #chigitekish #seminar #Suvchilarmaktabi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter