Surxondaryo viloyati hokimligi
24.6K subscribers
32K photos
3.18K videos
1 file
13.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumanida bo‘lib, 1 gektar maydonda issiqxona tashkil etish, ko‘chatchilik va sabzavot mahsulotlari yetishtirish, ushbu sohada aholini o‘qitish, 2024-yilda dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun ajratiladigan 1 353 gektar yer maydoni, shuningdek, Leto” korxonasiga ajratish uchun taklif etilgan 100 gektar maydon taqdimoti bilan tanishdi.

Sohada katta tajribaga ega tadbirkorlar bilan suhbat qilinib, issiqxona xo‘jaligini tashkil etish, unda aholi bandligi, mahsulotlar yetishtirish yechimlari yuzasidan tavsiyalar olindi.

Shuningdek, Angor tumanida suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan 14,1 gektar yer maydoni ko‘zdan kechrilib, yangi suv nasosi o‘rnatish uchun zarur mablag‘ ajratish topshirildi. Jarqo‘rg‘on tumanida 318 gektar yer maydonini o‘zlashtirish va kooperativlar tashkil etish loyihasi bilan ham tanishildi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirayotgan aholi xonadonlaridagi issiqxonalar, ko‘chatchilik faoliyati ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1870

#Surxondaryo #issiqxona #taqdimot #LETO #kooperativ

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarda amalga oshirilayotgan loyihalar va korxonalar faoliyati bilan tanishish maqsadida Muzrabot tumaniga tashrif buyurdi. Tashrif davomida g‘alladan bo‘shagan maydondan otaliqqa olingan yoshlarga yer ajratish hamda ko‘makka muhtoj, oilaviy sharoiti og‘ir bo‘lgan xotin-qizlarga bug‘doy topshirish tadbirlari o‘tkazildi.

Shuningdek, RossiyaningLeto” kompaniyasi tasischiligidagi “Bless S.R” MChJ  qo‘shma korxonasi tomonidan 200 gektar maydonda tashkil etilgan issiqxona, agrologistika markazi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish faoliyati bilan tanishildi. Karam va piyoz mahsulotlari yetishtiruvchi yirik dehqon xo‘jaliklari hamda tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

"Navbahor" dehqon va chorva mollari bozoridagi sharoitlar ko‘zdan kechirilib, majmuani zamonaviy ko‘rinishga keltirish, hududni obodonlashtirish, sotuv nuqtalarini zarur sharoitlar bilan ta’minlash bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqib taqdimot qilish vazifasi yuklandi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2100

#Surxondaryo  #yoshlargayer  #LETO  #bozor

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X